Yashin Babayev

oʻzbekistonlik olim, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor

Yashin Amanovich Babayev (1967-yl 26-mart, Romitan tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori[1], professor.

Yashin Babayev
Tavalludi 26-mart 1967-yil (1967-03-26) (57 yosh)
Romitan tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
Taʼlimi Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti
Ilmiy darajasi qishloq xoʻjaligi fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Yashin Babayev 1967-yil 26-mart kuni Romitan tumani Toshmachit qishlogʻida ziyoli oilasida tugʻilgan[2]. Toshkent qishloq xoʻjaligi institutining agronomiya fakultetini tamomlagan (1991). 1992—1993-yillarda Oʻzbekiston Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy-tadqiqot instituti „Tezpishar va past boʻyli gʻoʻza navlari seleksiyasi“ laboratoriyasi laboranti, 1993—2001-yillarda ushbu laboratoriyaning kichik ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi, 2001—2005-yillarda shu institutning ilmiy kotibi, 2005—2006-yillarda institutning bosh direktori, 2007—2012-yillarda institutning „Gʻoʻza urugʻchiligi va urugʻshunosligi“ laboratoriyasi mudiri, 2012—2013-yillarda institut direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, 2013—2014-yillarda institutning „Gʻoʻza urugʻchiligi va urugʻshunosligi“ laboratoriyasi mudiri, 2015—2016-yillarda Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti „Intensiv tipga mansub gʻoʻza navlari sseleksiyasi“ laboratoriyasi mudiri, 2016—2020-yillarda Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kotibi, 2021-yildan Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining „Intensiv gʻoʻza navlari seleksiyasi“ laboratoriyasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda[2].

Ilmiy faoliyati

tahrir

Olim analitik, transgressiv va konvergent seleksiya usullarini qoʻllash hamda ularni takomillashtirish asosida intensiv, tezpishar, yuqori mahsuldor, vertitsillium va fuzarium vilt zamburugʻlarining yangi virulent patogenlariga bardoshli, tola chiqimi yuqori (38-40%) va sifati IV—V tipga javob beradigan yangi gʻoʻza navlarini yaratish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi. 115 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar hamda 1 ta risola gʻoʻzaning S-8290, S-8294, S-8295, S-8296 va S-8292, S-8297 navlari muallifi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi va 2019-yilda esa Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Список соискателей, утвержденных в ученой степени доктора наук (DSc)“.
  2. 2,0 2,1 2,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet.