Yaxshi (tuman)
Yaxshi tumani — Akmola viloyatining shimoli-gʻarbbiy qismida joylashgan. 1957-yili tashkil topgan. Maydoni 9,7 ming km². Aholisi 20,274 kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 2 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Yaxshi qishlogʻi. Tuman hududi orqali Pavlodar — Astana — Qarataldi (Qartali), Astana — Toʻbil — Qoʻstanoy temir yoʻllari, Astana — Otbosar — Qoʻstanoy, Qiyma — Yaxshi — Ruzaevka avtomobil yoʻllari oʻtadi. Barcha ovul okrug markazlari bilan avtobus aloqasi bor.
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Akmola viloyati |
Maʼmuriy markazi | Yaxshi |
Asos solingan sanasi | 1957-yil |
Akim | Qanat Suyundikov |
Rasmiy tillar | qozoq, rus |
Aholi (2013) | ▼20 272[1] |
Zichligi | 2 kishi./km² |
Millatlar tarkibi |
Qozoqlar - 46,02% Ruslar - 21,65% Ukrainlar - 16,13% Olmonlar - 4,94% Beloruslar - 2,89% boshqalar - 8,37%[2][3] |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar |
Maydoni | 9 700 km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 1635 [4] |
Pochta indeksi | 021000-021019[5] |
Avtomobil raqami kodi | C, 03 |
Xaritada | |
51°59′0″N 67°17′0″E / 51.98333°N 67.28333°E |
Aholisi
tahrirAholisi 20,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 2 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:(1-yanvar 2010-yil)[2][3]
- qozoqlar — 11 028 kishi (46,02 %)
- ruslar — 5 189 kishi (21,65 %)
- ukrainlar — 3 865 kishi (16,13 %)
- olmonlar — 1 184 kishi (4,94 %)
- beloruslar — 692 kishi (2,89 %)
- tatarlar — 431 kishi (1,80 %)
- mariylar — 430 kishi (1,79 %)
- boshqirdlar — 192 kishi (0,80 %)
- ingushlar — 184 kishi (0,77 %)
- moldavanlar — 169 kishi (0,71 %)
- ozarbayjonlar — 104 kishi (0,43 %)
- udmurtlar — 98 kishi (0,41 %)
- boshqalari — 397 kishi (1,66 %)
- Umumiy — 23 963 kishi (100,00 %)
Iqlimi
tahrirIqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 — 18 °C. Iyulniki 19 — 20 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 300 – 350 mm[6].
Ijtimoiy soha
tahrirTumanda 22 ta maktabgacha boʻlgan bolalar mahkamasi, 1 kasbiy-texnik, 14 ta boshlangʻich, 9 ta toʻliqsiz, 23 ta oʻrta maktab, 19 ta klub va madaniyat uyi, 13 ta kutubxona, tuman markaziy kasalxonasi, 30 ta feldsher-akusherlik punkt, 6 ta shifokorlik ambulatoriya, 2 ta uchaskalik kasalxona faoliyat koʻrsatmoqda (2000). 1955-yildan boshlab tuman roʻznomasi chiqariladi.
Katta qishloqlari
tahrir- Belagʻash qishlogʻi
- Yesil qishlogʻi
- Belovodskiy qishlogʻi
- Janaqima qishlogʻi
- Yaxshi qishlogʻi
- Zaporojskiy qishlogʻi
Manbalar
tahrir- ↑ Численность населения РК по областям, городам и районам Республики Казахстан на 1 июля 2013 года
- ↑ 2,0 2,1 Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года
- ↑ 3,0 3,1 Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
- ↑ Телефонные коды
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ Qozoq ensiklopediyasi
Havolalar
tahrir- Informatsiya o rayone na sayte oblasti (Wayback Machine saytida 2011-09-03 sanasida arxivlangan)
- Otchyot akima rayona
- Elektronniy pasport rayona