Yegor Zelenin
Yegor (Georgiy) Nikolayevich Zelenin (1818-yil 5-may – 1894-yil) – rus armiyasining isteʼfodagi podpolkovnigi, topograf. Oʻrta Osiyo yurishlari ishtirokchisi.
Yegor Zelenin | |
---|---|
Asl ismi | ruscha: Егор Николаевич Зеленин |
Tavalludi | 1818 yil 5-may |
Vafoti | 1894-yil |
Qoʻshin turlari | piyoda qoʻshinlar |
Xizmatdagi yillari | 1834—1872 |
Unvoni | podpolkovnik |
Qoʻmondonlik qilgan | Aleksandrov forti |
Jang/urush |
Turkiston yurishlari, Xiva yurishi (1839—1840), Kenesari Qosimov qoʻzgʻolonining bostirilishi, Adayev qoʻzgʻolonining bostirilishi (1870) |
Biografiyasi
tahrirKelib chiqishi
tahrirOrenburg viloyatining merosxoʻr zodagonlaridan boʻlib, harbiy oilasida tugʻilgan. Pravoslav mazhabiga eʼtiqod qilgan[1][2].
Harbiy faoliyati
tahrirOrenburg harbiy kantonistlar batalyonida taʼlim olgan, u yerdan 1834-yil 3-fevralda 4-sonli rotaning 1-topograflar yarimkampaniyasida 3-darajali topograf lavozimida xizmatga yuborilgan. Oʻz avtobiografiyasida „Xudo qonuni, grammatika, arifmetika, 3-darajali tenglamagacha algebra, trigonometriyaning dastlabki asoslari, rus geografiyasi, geometriyasi, chizma rejalari, instrumental va vizual oʻlchash“ fanlarini bilishini yozib qoldirgan. 1836-yil 1-yanvarda 2-darajali topograf darajasiga koʻtarilgan. 1837-yil 6-dekabr unter-ofitser unvonini olgan[1][3].
1839-yilda kasi Ivan (1819-yilda tugʻilgan, Orenburg harbiy kantonistlar batalyoni bitiruvchisi) bilan birgalikda alohida Orenburg korpusi qoʻmondoni, general-adyutant V. A. Perovskiy qoʻmondonligi ostida Xivaga qarshi qishki yurishda qatnashgan[2].
1841-yil 12-maydan 15-sentyabrgacha ukasi bilan birga podpolkovnik I. F. Blaramberg bosh shtabining Buxoro va Xiva xonliklariga boʻlgan yurishida qatnashib, oʻsha yurish paytida otryadning yoʻnalishini va fotosuratlarini qogʻozga tushirib borgan.
1842-yil 1-avgustdan 1843-yil 12-martgacha Zelenin polkovnik G. I. Danilevskiy boshchiligida Xivadagi Rossiya elchiligi tarkibida boʻlgan. Shu bilan birga u Xivaning, shuningdek, uning atrofi va vohalarining topografik xaritasini tuzish kabi yashirin topshiriqlarni ham bajargan. Rossiya elchiligining yaqin kuzatuvlari tufayli Zelenin topshiriqni maxfiy bajarishga majbur boʻlgan. Xivaliklarni biroz tushunib, koʻcha savdogarlaridan maʼlum sugʻorish ariqlari, kanallar, bogʻlar va hokazolarning nomlarini soʻrab, bilgan. Muhim nuqtalar orasidagi masofani qadamda oʻlchab, ularning sonini oʻzi sotib olgan qovun poʻstlogʻiga qalam pichoq bilan belgilab qoʻygan. Uyga qaytib, oʻzining „kabbalistik“ belgilarini va yozuvlarini qogʻozga tushirgan. I. N. Zaxaryin bu haqda „Bu masaladagi eng kichik xato yoki shunchaki beparvolik nafaqat Zeleninning oʻzi, balki butun elchilikning hayotiga zomin boʻlishi mumkin“ deb taʼkidlaydi[4].
Soʻngra Sibir maxsus korpusida Qozoq dashtlaridagi Kenesari Qosimovga qarshi P. D. Gorchakov boshchiligidagi yurishlarda qatnashgan[1][3]. Keyinchalik Ural kazaklari tarkibida Bukey oʻrdasiga qarshi yurishlarda ishtirok etgan[1]. I. F. Blaramberg boshchilik qilgan Mugʻojar togʻlarini oʻrganishdagi harbiylar tarkibida boʻlgan[3].
Isteʼfosi
tahrir1872-yil 25-yanvarda Oliy Farmon bilan Harbiy Farmonlar kodeksining qoidalariga muvofiq, Zelenin maʼlum bir lavozimga ega boʻlmagan holda qurolli kuchlar aʼzosi sifatida xizmatdan boʻshatilgan. Shu bilan birga, u lavozimga ega boʻlmaganligi, rahbarlarning tegishli arizasi yoʻqligi sababli harbiy forma va pensiyasiz ishdan boʻshatilgan[5].
Isteʼfoga chiqqanidan keyin Zelenin Orenburgdagi yogʻoch uyga joylashgan. U yerdan, 1872-yil iyul oyida hech boʻlmaganda emeritus fondidan pensiya olish uchun ariza topshirgan. Dogʻiston viloyati qoʻshinlari qoʻmondoni, general-adyutant knyaz L. I. Melikov bu masalaga shaxsan aralashib, Zeleninga harbiy forma va toʻliq pensiya tayinlanishini soʻrab murojaat qilgan. Koʻp oʻtmay, harbiy vazir, general-adyutant D. A. Milyutinning 1872-yil 6-sentyabrdagi qoʻlyozma qarori bilan Zeleninga podpolkovnik unvoni bilan harbiy forma va toʻliq nafaqa tayinlangan.
Zelenin 1894-yilda vafot etgan[6].
Adabiyotlar
tahrir- Захарьин И. Н. (Якунин). Хива. «Зимний поход в Хиву Перовского» в 1839 году и «Первое посольство в Хиву» в 1842 году. СПб.: Тип. Andoza:Ы, 1898.
- Захарьин И. Н. Зимний поход в Хиву в 1839 году. По рассказам и запискам очевидцев // Русский архив. — M.: Университетская тип., 1891. — № 4. — С. 513—598.
- „Зеленин Егор Николаевич“, Список майорам по старшинству, Исправлено по 1 января, СПб.: Военная тип., 1867 — 380-bet.
- Савинова Т. Н. Участники Хивинской экспедиции 1839—1840 гг.: Топографы // Известия Самарского научного центра РАН. — Самара: СамНЦ РАН, 2014. — Т. 16, № 5 (5). — С. 1815—1818. — ISSN 1990-5378.
- Семёнов В. Г „Участники миссии 1842—1843 гг. в Хиву — Г. И. Данилевский и Е. Н. Зеленин“, . Формирование и современное положение среднеазиатских диаспор в России: Материалы международной научно-практической конференции, НИИ истории и этнографии Южного Урала ОГУ, Оренбург: Университет, 2013 — 36—43-bet. ISBN 978-5-4417-0344-4.
- Турсунова М. С.. Казахи Мангышлака во второй половине XIX века.. Алма-Ата: Наука Казахской ССР, 1977. (Wayback Machine saytida 2019-09-14 sanasida arxivlangan)
- Юдин П. Л. Адаевский бунт на полуострове Мангышлак в 1870 г. // Русская старина. — СПб.: Тип. Общественная польза, 1894. — Т. 82, вып. 7. — С. 135—156.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 РГВИА, 1866.
- ↑ 2,0 2,1 Савинова 2014.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Семёнов 2013.
- ↑ Захарьин 1898.
- ↑ РГВИА,1872.
- ↑ Захарьин 1894.