Andoza:Wikidata image

Yelena Smolyanova
Shaxsiy ma'lumotlar
Millati  Oʻzbekiston
Tug'ilishi 1986-yil 16-fevral (36 yosh)
Angren, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR
Sport
Sport Yengil atletika
Medallari va yutuqlari
Osiyo o'yinlari (yopiq)
Kumush Ashxobod 2017 yadro
Osiyo chempionati (yopiq)
Oltin Tehron 2018 yadro

Yelena Aleksandrovna Smolyanova (oʻzbekcha: Elena Aleksandrovna Smolyanova; 1986-yil 16-fevral, Angren, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) — Oʻzbekiston yengil atletikachisi, yadro uloqtirish boʻyicha ixtisoslashgan. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro toifadagi sport ustasi. Yadro uloqtirish boʻyicha Osiyo chempioni, Yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari sovrindori, 2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.  

Sportdagi faoliyati

tahrir

2009-yildan boshlab u xalqaro arenada chiqishni boshladi. Bu yil Bishkekda (Qirgʻiziston) yadro uloqtirishda 14,85 m natija bilan ikkinchi oʻrinni egalladi[1].  

2012-yilda Bishkekda (Qirgʻiziston) Olimpiya chempioni — Tatyana Kolpakova sovrinlari uchun oʻtkazilgan xalqaro musobaqada 17,02 natija bilan birinchi oʻrinni tutadi. Olmaotadagi yengil atletika boʻyicha Qozogʻiston chempionatida ham u 17,68 natija qayd etib,  birinchilikka chiqadi. Biroq, Londonda (Buyuk Britaniya) XXX yozgi Olimpiya oʻyinlarida u saralash bosqichida 14,43 m natija bilan ham turnir finaliga chiqa olmay, bor-yoʻgʻi 30-oʻrinni egalladi[2].

2014-yilda Incheon (Koreya Respublikasi) yozgi Osiyo oʻyinlarida 15,45 m natija bilan yettinchi oʻrinni oladi[3].

2016-yilda u uchun oʻta omadsiz yakunlanadi va Toshkent kubogida yadro uloqtirishda 13,48 m natija bilan ikkinchi boʻladi.  

2017-yilda Ashxobodda (Turkmaniston) Yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarida yadro uloqtirish bahslarida 15,60 m natija bilan kumush medalni qoʻlga kiritadi[4]. Olmaotada (Qozogʻiston) „Gʻusman Koʻsanov xotirasi“ xalqaro musobaqasida 15,06 m natija bilan bronza medaliga sazovor boʻladi.  

2018-yilda Tehronda (Eron) oʻtkazilgan yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida yadro uloqtirishda 15,54 metr natija qayd etib, oltin medal sohibasi boʻladi[5]. Jakartada (Indoneziya) yozgi osiyo oʻyinlarida u yadro uloqtirishda 15,74 m natija bilan ammo atigi beshinchi oʻrinni egalladi[6]. Bishkekda (Qirgʻiziston) Olimpiada chempioni — Tatyana Kolpakova sovrinlari uchun oʻtkazilgan xalqaro musobaqada 17,12 m natija bilan birinchi, Toshkentdagi Oʻzbekiston kubogida esa 16,27 m natija bilan birinchi oʻringa sazovor boʻladi.  

2019-yilda sport faoliyatini tugatib, Oʻzbekiston Milliy gvardiyasida xizmat qilishga joʻnab ketadi[7].

Manbalar

tahrir
  1. „Yelena SMOLYANOVA | Profile | World Athletics“. www.worldathletics.org. 11-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-avgust 2021-yil.
  2. IOC. „London 2012 shot put women Results - Olympic athletics“ (inglizcha). Olympics.com. 11-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-avgust 2021-yil.
  3. „Result | AT | Sports“. web.archive.org (27-dekabr 2014-yil). 27-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-avgust 2021-yil.
  4. „Источник“. 2-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-avgust 2021-yil.
  5. 2018-02-02 15:30:00. „Елена Смольянова принесла ещё одну золотую медаль в копилку сборной Узбекистана“ (ruscha). sports.uz (2-fevral 2018-yil). Qaraldi: 11-avgust 2021-yil.[sayt ishlamaydi]
  6. „Athletics - Women's Shot Put | Asian Games 2018 Jakarta Palembang“. web.archive.org (26-avgust 2018-yil). 26-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-avgust 2021-yil.
  7. „Смольянова Елена Александровна“. www.milliygvardiya.uz. 11-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-avgust 2021-yil.