Yerchoy

raʼnodoshlar oilasiga mansub turi

Yerchoy (Orthurus kokanicis) — raʼnodoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt, boʻyi 45 sm cha. Boʻgʻiz barglari oddiy, poyadagilari qisqa bandli yoki bandsiz. Gullari sariq, 2—7 tadan.burma toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi — murakkab, pista, Oʻzbekistonning togʻli tumanlarida oʻsadi. Ye.ning yer ostki qismi tarkibida gein glikozidi, 0,42% gacha efir moyi, 36% dan ortiqroq oshlovchi moddalar, organik kislotalar va b. bor. Efir moyining 85% chasi evgenol. Ye. xalq tabobatida tish kasalliklarini davolash va ogʻriqni qoldirishda, damlama va ekstrakti meʼda-ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil