Yevgeniy Belov
Yevgeniy Vladimirovich Belov (1942-yil 18 -iyul, Krasnoyarsk, SSSR — 2015-yil 19-iyun, Moskva, Rossiya[1]) — rus diplomati. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Faxriy yorlig'i soʻvrindori (2010-yil).
Yevgeniy Vladimirovich Belov | |
---|---|
MDHda Rossiya Federatsiyasining doimiy vakili | |
Mansab davri 2003-yil 28-iyul – 2009-yil 14-avgustgacha | |
Prezident | Vladimir Putin |
Oʻtmishdoshi | Vyacheslav Vorobyov |
Vorisi | Sergey Kopeyko |
Rossiya Federatsiyasining Tojikistondagi favqulodda va Muxtor elchisi | |
Mansab davri 1996-yil 3-oktabr – 2000-yil 28-aprelgacha | |
Prezident |
Boris Yeltsin Vladimir Putin |
Oʻtmishdoshi | Mechislav Senkevich |
Vorisi | Maksim Peshkov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
18-iyul 1942-yil Krasnoyarsk, SSSR |
Mukofotlari | Andoza:Shon-sharaf belgisi ordeni |
Biografiya
tahrirYevgeniy 1942-yil 18-iyulda Krasnoyarsk oʻlkasining Znamenka shahrida tavallud topgan.
1959-yildan — Moskva viloyati 61-sonli mexanizatsiya boʻlimining duradgori.
1966-yil — Moskva energetika institutini tamomlagan. Oʻsha yildan — Moskva viloyati, Kaliningrad shahridagi eksperimental muhandislik markaziy konstruktorlik byurosining muhandisi.
1970-yildan — komsomol shahar qoʻmitasi birinchi kotibi.
1974-yildan — KPSS shahar qoʻmitasining sanoat va transport boʻlimi mudiri. Soʻngra, 1977-yildan KPSS Kaliningrad shahar qoʻmitasi kotibi etib tayinlangan.
1985-yil — SSSR Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasini tamomlagan.
1985-yildan esa SSSRning Mozambik Respublikasidagi elchixonasi maslahatchisi, SSSR Tashqi ishlar vazirligining katta maslahatchisi, Rossiyaning Turkmanistondagi elchixonasi maslahatchisi-elchisi.
1996-yil 3-oktyabr — 2000-yil 28-aprel — Rossiya Federatsiyasining Tojikiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi[2][3].
Yevgeniy Belov 2000-yil noyabrdan 2003-yil iyulgacha Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Federatsiya, parlament va ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar sub’ektlari bilan aloqalar departamenti direktori.
2003-yil 28-iyul — 2009-yil 14-iyul — Rossiya Federatsiyasining Minsk shahridagi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining normativ va boshqa organlaridagi doimiy vakili (Belarus)[4][5].
Yevgeniy Tarix fanlari nomzodi. Undan tashqari, u fransuz va portugal tillarini yaxshi bilardi.
Yevgeniy Vladimirovich Belov 2015-yil 19-iyunda Moskva shahrida vafot etgan.
Diplomatik daraja
tahrirMukofotlar
tahrir- "Faxriy" ordeni (1997-yil 1-iyul) — tojiklararo kelishuv masalalarini hal etishdagi faol ishtiroki uchun[8];
- "Shon-sharaf belgisi" ordeni;
- "Mehnatdagi farqi uchun" medali;
- „Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan“ medali;
- "Rossiya flotiga 300 yil" yubiley medali;
- "Moskvaning 850 yilligi xotirasiga" medali;
- "Hamdoʻstlikni mustahkamlash uchun" medali (Rossiya Mudofaa vazirligi);
- II darajali „Harbiy jasorat uchun“ medali (Mudofaa vazirligi);
- Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Faxriy yorlig'i (2010-yil 17-fevral) — xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi xizmatlari va koʻp yillik vijdonli mehnati uchun[9];
- Rossiya Federatsiyasi Prezidentining minnatdorchiligi (2001-yil 7-mart) — Rossiya Federatsiyasining tashqi siyosatini amalga oshirishdagi xizmatlari va koʻp yillik samarali diplomatik faoliyati uchun[10];
- Moskva viloyati, Korolev shahrining faxriy fuqarosi (2003)[11];
- „Doʻstlik“ ordeni (Tojikiston) — Rossiya-Tojikiston munosabatlarini mustahkamlashdagi xizmatlari, Tojikistonda tinchlik va milliy totuvlikni oʻrnatish toʻgʻrisidagi bosh kelishuvni amalga oshirishda shaxsiy yordami uchun;
- Lenin komsomol mukofoti;
- Dushanbe shahrining faxriy fuqarosi (Tojikiston).
Yana qarang
tahrir- Rossiya Federatsiyasining xalqaro tashkilotlardagi vakillari roʻyxati
- Rossiya Federatsiyasining Osiyo davlatlaridagi elchilari roʻyxati
Manbalar
tahrir- ↑ „МИД России | 06/19/2015 | O konchine Belova Ye.V“. 2015-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-iyun.
- ↑ „Указ Президента Российской Федерации от 03.10.1996 г. № 1419 "О назначении Белова Е.В. Чрезвычайным и Полномочным Послом Российской Федерации в Республике Таджикистан"“. 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-avgust.
- ↑ „Указ Президента Российской Федерации от 28.04.2000 г. № 760 "О Белове Е.В."“. 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-avgust.
- ↑ „Указ Президента Российской Федерации от 28.07.2003 г. № 845 "О назначении Белова Е.В. Постоянным представителем Российской Федерации при уставных и других органах Содружества Независимых Государств в Минске, Республика Белоруссия"“. 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-avgust.
- ↑ „Указ Президента Российской Федерации от 14 июля 2009 года № 802 «О Белове Е. В.»“. 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-avgust.
- ↑ „Указ Президента Российской Федерации от 16.10.1992 г. № 1251 "О присвоении Белову Е. В. дипломатического ранга Чрезвычайного и Полномочного Посланника 2 класса"“. 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-avgust.
- ↑ „Указ Президента Российской Федерации от 17.11.1997 г. № 1236 "О присвоении Белову Е.В. дипломатического ранга Чрезвычайного и Полномочного Посла"“. 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-avgust.
- ↑ Ukaz Prezidenta Rossiyskoy Federatsii ot 1-iyulya 1997 goda № 663 „O nagrajdenii gosudarstvennimi nagradami Rossiyskoy Federatsii“
- ↑ „Распоряжение Президента Российской Федерации от 17 февраля 2010 года № 105-рп «О награждении Почётной грамотой Президента Российской Федерации и объявлении благодарности Президента Российской Федерации»“. 2018-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-dekabr.
- ↑ Rasporyajenie Prezidenta Rossiyskoy Federatsii ot 7 marta 2001 goda № 113-rp „O pooщrenii Belova Ye. V.“
- ↑ „Решение «О присвоении звания „Почётный гражданин города“ Белову Е. В.»“. 2005-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 27-avgust.