Yoqubjon Xoʻjamberdiyev

yozuvchi, jurnalist, adabiyotshunos, shoir va tarjimon
(Yoqubjon Xo'jamberdiyevdan yoʻnaltirildi)

Yoqubjon Xoʻjamberdiyev (1947-yil 15-mart — 2022-yil 28-fevral) — yozuvchi, jurnalist, adabiyotshunos, shoir va tarjimon. 1990-yilda Qirgʻiziston janubida sodir boʻlgan „Oʻsh voqeasi“ etnik mojarolarning sabablari va oqibatlari haqida yozgan maqolalari bilan tanilgan[1][2].

Yoqubjon Xoʻjamberdiyev
Tavalludi 15-mart 1947-yil
Vafoti 28-fevral 2022-yil(2022-02-28)
(74 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi O‘zbekiston SSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti

Hayoti

tahrir

Yoqubjon Xoʻjamberdiyev 1947-yil 15-mart kuni Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyati (hozirgi Jalolobod viloyati) Suzoq qishlogʻida tugʻilgan. Oʻzbekiston milliy universiteti (avvalgi Toshkent davlat universitetini)ning oʻzbek filologiyasi fakultetini tamomlagan[3].

Ijodiy faoliyati

tahrir

Uning ilk kitobi 1981-yili "Zarurat" nomi bilan chop etilgan. Shundan soʻng uning sheʼriy "Oy toʻlgan tunlar", "Uyda tinchi boʻlsin yigitning", "Oʻzbeklar ishi" publitsistik maqolalar toʻplamlari chop etilgan. Yozuvchining "Oyning yorugʻ kunlari", "Qaldirgʻochlar bahorda keladi", "Sogʻuniy sogʻinchi" kabi qissalari va "Suzoqnoma" tarixiy-badiiy hamda Sharqiy Turkiston jumhuriyatiprezidenti Alixontoʻra Sogʻuniy haqida "Sogʻuniy" nomli[4][5] manoqib uslubidagi asari mavjud.

U 1998-yilda taniqli yozuvchi Chingiz Aytmatov va Muxtor Shoxonov qalamiga mansub "Choʻqqida qolgan ovchining ohi-zori" asarini yozuvchi Nabijon Boqiy bilan birgalikda oʻzbek tiliga oʻgirgan[3].

Jurnalist sifati „Qishloq haqiqati“, „Oʻzbekiston madaniyati“, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“, „Yoshlik“, „Saodat“, „Vatan“ kabi gazeta va jurnallarda faoliyat olib borgan. Uzoq yillar Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida jurnalist[6] va "Assalom, Oʻzbekiston" koʻrsatuvida bosh muharrir sifatida xizmat qilgan[7].

Yoqubjon Xoʻjamberdiyev 2022-yil 28-fevralda vafot qilgan[8][9].

Manbalar

tahrir
  1. Xurshid Davron. „Yoqubjon Xoʻjamberdiyev. Tilimiz himoyatda, dilimiz-chi?!“ (19-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 7-may 2024-yil.
  2. Malik Mansur. „O’sh va Jalol-Obodda qaltis vaziyatni ushlab turishdan kim manfaatdor?“ (1-avgust 2010-yil). Qaraldi: 7-may 2024-yil.
  3. 3,0 3,1 „O‘zimizning Aytmatov“ (5-sentyabr 2018-yil). Qaraldi: 7-may 2024-yil.
  4. Yoqubjon Xoʻjamberdiyev. Sogʻuniy. Toshkent: "Azon kitoblari" nashriyoti, 2021 — 628-bet. ISBN 978-9943-7272-7-4. 
  5. Zarifjon Arslonov. „ALIXONTOʻRA SOGʻUNIYNING ILMIY MЕROSINI OʻRGANISHDAGI ILMIY YONDASHUVLAR“. Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (28-dekabr 2022-yil). Qaraldi: 7-may 2024-yil.
  6. Ozodlik radiosi. „"Yoshlar" "mayda pashshachalar"dan tozalanmoqda“ (7-sentyabr 2010-yil). — „O‘zbekiston Milliy teleradiokampaniyasi jurnalisti Yoqubjon Xo‘jamberdiyev ikki hamkasbi iddaolarining ayrimlarini inkor qilib, ba‘zilarida jon bor, degan fikrni bildiradi.“. Qaraldi: 7-may 2024-yil.
  7. https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/yoqubjon-xujamberdiev/
  8. Gazeta.uz. „Xotira: 2022 yilda vafot etgan taniqli o‘zbekistonliklar“ (1-yanvar 2023-yil). — „Yoqubjon Xo‘jamberdiyev (1947−2022)“. Qaraldi: 7-may 2024-yil.
  9. Xurshid Davron. „To’g’riso’z adib Yoqubjon Xo’jamberdiyev vafot etdi“ (1-mart 2022-yil). Qaraldi: 7-may 2024-yil.

Havolalar

tahrir