Yunus surasi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Yunus surasi (arabcha: سورة يونس, nomining maʼnosi — Yunus (nom) [8][9]) — Qurʼonning 10-surasi. Makkiy suralardan biri, 109 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 208–221[10]-sahifasida va 11-juzida joylashgan. 51-boʻlib nozil boʻlgan.
Yunus surasi — سورة يونس | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Yunus (nom) [1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Makkiy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 208–221[4] | ||||||||||||
Juz | 11 | ||||||||||||
Sura raqami | 10 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 109 | ||||||||||||
Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 11[5] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | Alif, lom, ro.[6] | ||||||||||||
Soʻzlar soni | 1841 | ||||||||||||
Harflar soni | 7425 | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 51[7] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy maʼnosi
tahrirUshbu surada islomiy aqidaning asl mohiyati: Allohga iymon keltirish, Uning kitoblariga, paygʻambarlariga, qayta tirilishga va qiyomat kunidagi jazo-mukofotga ishonish haqida soʻz boradi. U ilohiy kitoblarga, xususan Qurʼoni Karimga iymon keltirishga qizgʻin daʼvat qilishi bilan boshqa suralardan ajralib turadi.
Bu sura boshlab paygʻambarlik va paygʻambarlar haqida soʻzlab, Alloh avvalu oxir hamma bandalariga Oʻz paygʻambarini yuborganini, binobarin, oxirgi paygʻambar Muhammad alayhis-salomning kelishlaridan ajablanishga oʻrin yoʻqligini uqtiradi. Keyin xudo va bandaning haqiqati bayon qilinib, yaratgan bilan yaralgan orasidagi aloqa qanday boʻlishi lozimligi aytiladi va odamlarga haqiqiy Parvardigorlari qanday zot ekanligi tanitilib, faqat Ungagina ibodat qilishlari durust va zarur ekanligi taʼkidlanadi. Yana bu surada mushriklarning Qurʼonga boʻlgan munosabatlari haqida hikoya qilinib, bu Kitob haqiqiy ilohiy moʻʻjiza ekani aytiladi, Va “uni Muhammad oʻzi toʻqib yozgan”, deb unga oʻxshash birgina sura yozib bersinlar, asossiz ekanligi oshkor etiladi.
Surada Nuh, Muso, Yunus kabi paygʻambarlarning qissalari zikr qilinadiki, suraning nomi ham ulardan biri — Yunus paygʻambar ismlari bilan atalgandir. Sura nihoyasida esa paygʻambar alayhis-salomga faqat Allohning koʻrsatma-vahiylariga amal qilish va Alloh yoʻlida chekiladigan ozor-mashaqqatlarga sabru toqat qilish amr etiladi.
Manbalar
tahrir- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
YUNUS SURASI (Wayback Machine saytida 2012-06-30 sanasida arxivlangan)
Keyingisi: Hud surasi | 10-sura — arabcha matni | Oldingisi: Tavba surasi |