Yurak ishemiyasi
Koronar ishemiya, miokard ishemiyasi, yoki yurak ishemiyasi koronar arteriyalar orqali koronar qon aylanishida qon oqimining kamayishi natijasida kelib chiqadigan patologik holat. Koronar ishemiya yurak kasalliklari va yurak xurujlari bilan bog'liq. Koronar arteriyalar kislorodga boy qonni yurak mushaklariga etkazib beradi. Koronar ishemiya bilan bog'liq bo'lgan yurakka qon oqimining pasayishi yurak mushagining kislorod bilan yetarlicha ta'minlanmasligiga olib kelishi mumkin. Yurak mushaklarning kislorodga bo'lgan talabini qondira olmasa, natijada koronar ishemiyaning xarakterli belgilari paydo bo'ladi, ularning eng keng tarqalgani ko'krak qafasidagi og'riqdir. Koronar ishemiya tufayli ko'krak qafasidagi og'riqlar odatda qo'l yoki bo'yniga tarqaladi. Agar koronar arteriyalar orqali qon yurakka butunlay kelmay qolsa, yurak mushaklari hujayralari o'ladi va bu holat miyokard infarkti yoki yurak xuruji deb ataladi.
Belgilari
tahrirKoronar ishemiyaning asosiy belgisi ko'krak qafasidagi og'riq yoki angina pektorisdir. Angina odatda klassik belgilar bilan yoki atipik tarzda kamroq yurak kasalligi bilan bog'liq bo'lgan alomatlar bilan namoyon bo'lishi mumkin. Atipik ko'rinishlar ayollar, diabetga chalinganlar va keksa odamlarda ko'proq uchraydi.
Tipik
tahrirAngina odatda to'sh suyagi ostida joylashgan. Angina bilan og'rigan shaxslar og'riqni turlicha tavsiflaydi, ammo og'riq odatda ezuvchi, siquvchi yoki yondiruvchi sifatida tavsiflanadi. Semptomlar bir necha daqiqa davomida kuchayishi mumkin. Oddiy angina jismoniy faoliyat yoki hissiy stress bilan kuchayadi va dam olish yoki nitrogliserin bilan bartaraf etiladi. Og'riq tananing boshqa qismlariga, ko'pincha chap qo'l yoki bo'yinga tarqalishi mumkin. Ba'zi odamlarda og'riq kuchsiz bo'lishi va uyqusizlik shaklida kuzatilishi mumkin. Kam holatlarda og'riq ikkala qo'lga, jag'ga yoki orqaga tarqalishi mumkin.
Atipik
tahrirAyollar, diabetga chalinganlar va keksa odamlarda ko'krak qafasidagi og'riqlardan tashqari atipik alomatlar ko'proq uchraydi. Ayollarda bel og'rig'i, nafas qisilishi, yurak o'ynashi, ko'ngil aynishi va qayt qilish mumkin. Ayollarda yurak xastaligi 60% hollarda jiddiy asoratlar keltirib chiqarmaguncha aniqlanmaydi. Yurak xurujiga duchor bo'lgan ayollar orasida ko'pchiligida ilgari ko'krak qafasi og'rig'i kuzatilmaydi.Sezuvchi yo'llardagi o'zgarishlar tufayli diabetga chalingan va keksa odamlar ham ko'krak qafasidagi og'riqlarsiz namoyon bo'lishi mumkin va ayollarda kuzatilganlarga o'xshash atipik belgilarga ega bo'lishi mumkin. Ishemiyaning bu turi yashirin ishemiya deb ham ataladi.
Tashxis qo'yish
tahrirAgar koronar ishemiya tashxisi taxmin qilinsa, tasdiqlash uchun bir qator testlar o'tkaziladi. Eng ko'p ishlatiladigan testlar elektrokardiyogram, mashqlar stress testi va koronar anjiyografidir . Kasallik tarixi, shu jumladan o'tmishdagi holatlar haqidagi so'rovlar olinadi masalan, ko'krak og'rig'i yoki nafas qisilishi kuzatilganmi yo'qmi. Belgilarning davomiyligi va chastotasi va uarni bartaraf etish uchun ko'rilgan har qanday choralar qayd etiladi.[1]
Davolash
tahrirKoronar ishemiyaga qarshi dori vositalari mavjud, ammo uni butunlay davolab bo'lmaydi. Turmush tarzini o'zgartirish orqali keyingi asoratlarni oldini olish mumkin. Turmush tarzini o'zgartirish, dori-darmonlar bilan birgalikda, salomatlikni yaxshilashi mumkin. Ba'zi hollarda koronar revaskulyarizatsiya operativ amaliyoti qo'llanilishi mumkin.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ „Diagnosis of Coronary Heart Disease“, Coronary Heart Disease.. Baltimore, Md: Johns Hopkins Medical Institutions, January 2008 — 18–25-bet. ISBN 978-1-933087-60-3.