Yuriy Alekseyevich Pudishev (, Kaliningrad, Moskva viloyati – 2021-yil 28-avgust, Borisov, Minsk viloyati) – sovet futbolchisi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan sovet, rus va belarus futbol murabbiyi[1].

Faoliyati

tahrir

Yuriy Pudishev 1954-yil 3-aprelda tugʻilgan. U otasiz oʻsgan, onasi sement zavodida ishlagan. Yuriy futbolchilik faoliyatini 1973-yilda Moskvaning „Dinamo“ jamoasida boshlagan. 1973-yilgi mavsumda 13 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan, jamoasi bronza medallarga ega chiqqan. 1976-yilda u Minskning „Dinamo“ jamoasiga oʻtdi va 1982-yilda SSSR chempioni boʻldi. 1984-1986-yillarda Moskvaning Dinamo jamoasida faoliyatini davom ettirdi. 1986 yilgi SSSR chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi. 1986-1994-yillarda SSSR va Rossiya quyi ligalarida Stavropol (1986-1988), Barnaul (1988), Samarqand (1989), Yakutsk (1991-1993) shaharlarining „Dinamo“ jamoalarida oʻynagan. 1992-yilda Nijnevartovskda Samotlor -XXI jamoasiga bosh murabbiy boʻlgan.

1984-yilda u SSSRning asosiy va olimpiya terma jamoalari safida bittadan oʻyin oʻtkazdi.

Belorussiyada BATE FK (1997-2003), MTZ-RIPO (2004-2009), 2010-yildan esa Brestning Dinamo klublarida bosh murabbiy boʻlib ishlagan. 2005-yildan Belarus yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi, 2006-yildan Belarus milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi. 2011-yildan 2018-yilgacha BATE FK oʻrinbosarlari jamoasida ishlagan. Yuriy Pudishev 2019-yildan boshlab BATE FK yoshlar jamoasiga murabbiy boʻldi.

2007-yil 16-avgustda 53 yoshida Belarus kubogi 1/16 oʻyinining 82-daqiqasida „PMK-7“ – MTZ-RIPO oʻyinida 3 sentyabrda maydonga tushdi[2][3].

2010-yil 25-oktyabrda u 56 yoshida BATE-Dinamo (Brest) uchrashuvida 90-daqiqada maydonga tushib, Belarus chempionatida oʻziga xos rekord oʻrnatdi[4][5].

Yuriy Pudishev 2021-yil 29-avgustda 68 yoshida vafot etdi[6]. U 31-avgust kuni Minskdagi Mixanovich qabristoniga dafn qilindi.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir