Zafar Hoshimov
Zafar Hoshimov (Зафар Ҳошимов, 1968-yil 29-iyunda Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek tadbirkori, tarkibiga Korzinka.uz, Korzinka Diskont, Smart doʻkonlari kiruvchi „Anglesey Food“ MChJ XK asoschisi[1][2].
Zafar Hoshimov | |
---|---|
Tavalludi |
29-iyun 1968-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi |
Toshkent universiteti (1992) Sasseks universiteti (1994) |
Faoliyati
tahrir1992-yilda Toshkent universitetida ehtimollar nazariyasi va matematik statistika boʻyicha taʼlim olgan.
1992-yildan 1994-yilgacha Sasseks universitetida (Brayton, Angliya) oʻqigan.
1992-yildan 1995-yilgacha „UzEX“ masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori sifatida faoliyat yuritgan.
1995-yildan 1997-yilgacha „Balton Trading (Asia)“ shirkatining biznes rivojlanishi boʻyicha direktor lavozimida faoliyat yuritgan[3].
1996-yil dekabrda „Anglesey Food“ brendiga asos soldi. 1997-yilda tadbirkor Anglesey Food brendi ostida ilk doʻkonni ochdi va Oʻzbekistonda supermarketlar tarmogʻi rivojlanishi uchun poydevor qoʻydi[4][5][6].
2005-yilda tarmoq rebrendingi amalga oshirildi. Shu vaqtdan boshlab, supermarketlar „korzinka.uz“ brendi ostida rivojlana boshladi. 2010-yilda kompaniya Smart uy doʻkonlarini, 2016-yilda esa korzinka.uz Diskont ulgurji savdo supermarketlarini alohida boʻlimlarga boʻlib, xizmat koʻrsatish shakllarini xilma-xillashtirishni boshladi[7].
2018-yilda Oʻzbekistonda ilk bor „FLO“ multibrend turk poyabzal doʻkoniga asos soldi[8].
2019-yilda Toshkentda Oʻzbekistonda savdo-koʻngilochar markaziga qoʻshimcha sifatida emas, balki alohida gastronomik loyiha sifatida ochilgan ilk fudkort hisoblangan Five fudkortni ochdi[9].
2019-yil noyabr oyida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki „korzinka.uz“ supermarketlar tarmogʻi operatori „Anglesey Food“ MChJ aksionerlik kapitaliga toʻgʻridan-toʻgʻri 40 million AQSh dollarigacha sarmoya kiritishi maʼlum boʻldi. Investitsiyalar tarmoqni mavjud 50 supermarketdan 2025-yilga qadar 140 supermarketgacha kengaytirish dasturini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, faoliyat samaradorligi va korporativ boshqaruv standartlarini xalqaro standartlarga mos holda yaxshilash uchun yoʻnaltiriladi. 2020-yilning fevral oyida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan shartnoma imzolandi[10][11][12].
2020-yil may oyida Hoshimov Oʻzbekistondagi ilk tadbirkorlik universiteti — TEAM Universityning hamasoschisi va Vasiylik kengashi aʼzosiga aylandi[13][14][15].
Biznesga oid qarashlari
tahrirZafar Hoshimovning biznes haqida intervyularida aytgan quyidagi iqtiboslari uning qarashlarini ifodalaydi:
Biznesda eng muhimi — yaxshi javoblarni bilish emas, balki toʻgʻri savollar berishdir[16].
Men doim xaridlarni korzinka.uz dan amalga oshiraman. Siz, albatta, oʻz biznesingizni mazasini tatib koʻrishingiz kerak[16].
20 yoshlik paytimdagi yigitga maslahatim: „Mutaxassis boʻlish juda muhim. Oʻrdak kabi boʻlmang — u uchishni, suzishni va yurishni biladi, lekin hamma narsani yomon qiladi. Yaxshisi yo uching, yo suzing yoki piyoda yuring: faqat bitta xizmatni amalga oshiring[16]“.
Ijtimoiy tarmoqlarda
tahrirOʻzbekistonda koronavirus pandemiyasi boshlangandan soʻng, bir qancha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan „korzinka.uz“dan banan sotib olmaslik kerakligi, banan orqali virus yuqishi ehtimoli borligi haqida gap-soʻzlar tarqalgan. Shundan soʻng „korzinka.uz“da banan savdosi uch barobarga tushib ketgan. Zafar Hoshimov bu mish-mishlar yolgʻon ekanligini, banan Xitoydan emas Ekvadorda yetishtirilishi va Atlantika okeani orqali Boltiq dengizi portlariga, u yerdan Toshkentga olib kelinishi haqida aytgan hamda fuqarolarni yolgʻon maʼlumotlarga ishonmaslikka chaqirgan[17][18][19].
Zafar Hoshimov Shavkat Mirziyoyevning qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) stavkasini kamaytirish boʻyicha topshirigʻiga izoh berib, soliq stavkalari, birinchi navbatda, QQS stavkasining soliq toʻlovchilar bazasini parallel ravishda kengaytirish va ushbu soliq boʻyicha barcha imtiyozlarning bekor qilinishi jarayonida pasaytirilishi yashirin iqtisodiyot sektorining qisqarishiga yordam berib, soliq solishni biznes uchun yanada adolatli qilishi haqida fikrlarini bildirib oʻtgan va bu ijtimoiy tarmoqda katta muhokamalarga sabab boʻlgan[20][21].
Manbalar
tahrir- ↑ Video. Zafar Xashimov i Anvar Irchaev: „Budte gotovi k vnutrenney transformatsii“
- ↑ U vas smetali grechku, u nas — kartofel
- ↑ Istoriya Korzinka.uz i sekreti roznichnoy torgovli. Bolshaya beseda s Zafarom Xashimovim
- ↑ „Korzinka.uz: O nas“. 2020-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-iyun.
- ↑ „korzinka.uz supermarketlar tarmogʻiga ISO 9001 va 22000 milliy va xalqaro sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi“. 2020-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-iyun.
- ↑ TORGOVAYa SYeT KORZINKA.UZ POLUChILA SYeRTIFIKATI ISO 9001 I ISO 22000
- ↑ «Вся правда о маркетинге»: о чем говорил Зафар Хашимов на Adweeksport.uz
- ↑ Toshkentda ilk multibrend poyabzallar doʻkoni — FLO ishga tushdi
- ↑ Sirgʻalidagi „Five“ fudkorti: oilalar uchun yangi pazandalik loyihasi
- ↑ „Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki korzinka.uz’ga 40 million dollar pul tikmoqchi“. 2020-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-iyun.
- ↑ YTTB „Korzinka.uz“ supermarketlar tarmogʻiga 40 mln dollar investitsiya kiritadi
- ↑ YeTTB korzinka.uz supermarketlar tarmogʻiga 40 million dollargacha sarmoya kiritadigan boʻldi, 2020-06-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-06-23
- ↑ TEAM universiteti tashkil etildi[sayt ishlamaydi]
- ↑ Oʻzbekistonda yangi universitet tashkil etiladi
- ↑ V Uzbekistane otkroyut universitet dlya podgotovki biznesmenov i upravlensev
- ↑ 16,0 16,1 16,2 „Korzinka.uz asoschisi – Zafar Xoshimovdan biznesga oid iqtiboslar“ (2022-yil 1-mart). Qaraldi: 2022-yil 29-avgust.
- ↑ Zafar Hoshimov yolgʻon maʼlumotlar tarqatmaslikka chaqirdi
- ↑ Zafar Xashimov prizval ne poddavatsya dezinformatsii
- ↑ Zafar Xashimov viskazal svoe mnenie o koronaviruse i rasskazal, kak zaщititsya ot nego
- ↑ Zafar Hoshimov QQS stavkasini pasaytirish qanday taʼsirga ega boʻlishini baholadi
- ↑ „Zafar Hoshimov: „Xudo xohlasa, hammasi yaxshi boʻladi!““. 2020-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-iyun.
Havolalar
tahrir- Rasmiy sahifasi Facebookda
- Rasmiy sahifasi Instagramda
- Rasmiy sahifasi Telegramda
- Rasmiy sahifasi LinkedInda