Zagʻchakoʻz
oʻsimlik
(Zag`chako`zdan yoʻnaltirildi)
Zagʻchakoʻz (Myosotis L.) — govzabondoshlar oilasiga mansub bir–ikki yillik, baʼzan koʻp yillik oʻtlar turkumi. Bargi ketmaket joylashgan. Guli—gajak toʻpgul, havorang (chala ochilgani pushti). Changchisi nay ichida. Mevasi— toʻrt boʻlakchali danak. Yer yuzida 40 ga yaqin turi bor (koʻp turlari manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi), shundan Oʻzbekistonda 4 turi adir va togʻ zonalaridagi sernam, soya joylarda koʻp oʻsadi. Faqat bitta turi ekinlar orasida uchraydi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |