Qal’ai Zahhoki Moron
Zahhoki Moron — Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri temir yoʻl stansiyasi yaqinida joylashgan qadimiy qalʼa-shahar xarobasi hisoblanadi. Zahhoki Moron qadimiy qalʼa-shahar harobasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1].
Zahhoki Moron | |
---|---|
Qadimiy vayrona | |
38°49′15.49″N 65°47′0.89″E / 38.8209694°N 65.7835806°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Viloyat | Qashqadaryo |
Shahar | Qarshi |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbek |
|
Hozirgi kunda Qal’ai Zahhoki Moron Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri „Zahhoki Moron MFY“da joylashgan boʻlib qalʼa-shahar xarobasi mahalliy aholi uylari bilan oʻralgan.
Tarixi
tahrirZahhoki Moron qalʼa-shahar xarobalari Qarshi shahar hududidagi vokzalda joylashgan. Aholi punkti nomi Eron mifologiyasidagi afsonaviy ilon podshosi — Zahhok nomiga borib taqaladi[2].
Arxeologik tadqiqotlar natijalariga koʻra, Qal’ai Zahhoki Moron oʻrnida aholi punkti miloddan avvalgi II asrda paydo boʻlganligi aniqlandi. Yodgorlik toʻrtburchak shakldagi yirik shahar qoldiqlaridan iborat. Shaharning maydoni 65 × 65 metr boʻlgan katta kvadrat shakldagi qal’a boʻlib, devor ichidagi yoʻlaklar uch qator istehkomlar bilan oʻralgan. Birinchi devor 200 × 200 metr, ikkinchisi 400 × 400 metr maydonga ega va qal’a tashqarisida taxminan 6 km uzunlikdagi qal’a devori bilan oʻralgan (yon tomondan 1,5 x 1,5 km). Shaharning umumiy maydoni qariyb 225 gektar boʻlib, V—VI-asrlarda hajmi boʻyicha Oʻrta Osiyoda Yerqoʻrgʻondan keyin ikkinchi oʻrinda turgan[3]. IX—X-asrlarga oid sopol idishlar topilishi vayron boʻlgan Zahhoki Moronning bir qismi oʻrta asrlarda ham maʼlum darajada rivoj topib, madaniy jihatdan yuksalganini koʻrsatadi.[4] Aholi punktining maydoni 16 gektar, balandligi 15 metr boʻlgan[5].
Shaharga koʻchmanchi yuechji qabilalari asos solgan[6]. Zahhoki Moron joylashishdan koʻrinib turibdiki, ichki qal’ada davlat elitasi vakillari yashagan va tashqi shahar hududida esa koʻchmanchi jangchilarning bir necha ming chodirlari egallagan.
Zahhoki Moron oʻrnida joylashgan shahar qariyb yetti asr davomida Quyi Qashqadaryoning siyosiy markazi sifatida faoliyat koʻrsatgan. 562-564 yillarda eftaliylarning boshqa shaharlari kabi turk — sosoniy ittifoqi va eftaliylar davlati oʻrtasidagi urush natijasida shahar butunlay vayron boʻlgan[7].
Zahoki-Maron tepa — Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti. Arxeologiya yodgorligi. Obyekt davri: I-II asrlar. Qashqadaryo viloyatining Qarshi shaharda joylashgan. Obyekt manzili: „Zahhoki Moron“ MFY. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq: Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[8][9].
Manbalar
tahrir- ↑ „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
- ↑ Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi, st. „Zahhoki moron“ (oʻzb.)
- ↑ Suleymanov R. X. Drevniy Naxshab. — Tashkent, 2000.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi, st. „Zahhoki moron“ (oʻzb.)
- ↑ Suleymanov R. X. Drevniy Naxshab. — Tashkent, 2000.
- ↑ Turebekov M. Arxeologicheskoe izuchenie oboronitelnix soorujeniy gorodiщa Kalai-Zoxaki-Maron / Istoriya materialnoy kulturi Uzbekistana, vip. 15. — Tashkent, 1979.
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 21-iyul 2022-yil.
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Backend.madaniymeros.uz. Qaraldi: 21-iyul 2022-yil.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |