Zaytundoshlar (Oleaceae) — doim yashil daraxt va butalar oilasi. Gullari roʻvaksimon toʻpgulda oʻrnashgan, toʻgʻri, qoʻshgulqoʻrgʻonli, ikki, baʼzan ayrim jinsli, kosachasi mayda, koʻpincha, toʻrt tishli. Changchisi ikkita, urugʻchisi bitta. Urugʻkurtagi ikki yoki undan ortiq boʻlib, odatda, faqat bittasigina uruqqa aylanadi. Mevasi har xil — koʻsakcha, qanotcha, danakcha yoki rezavormeva. Z.ning 600 turini birlashtirgan 29 turkumi bor. Tropik, subtropik va moʻʼtadil iqlimli mamlakatlarda, asosan, Shimoliy yarim sharda koʻp. Ekiladigan Z.ning mevasi tuzlangan va konservalangan holda isteʼmol qilinadi. Dorivor va yirik gulli zaytundan efir moyi olinadi. Nastarin, ligustrum va b. manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil