Zebunniso begim
Zebunniso begim (forscha: زیبالنسا; 1638-yil 15-fevral — 1702-yil 26-may; Shohjahonobod, hozirgi Dehli[1]) — shoira, maʼrifatparvar. Boburiylar sulolasidan Avrangzebning qizi. Onasi Dilrasbonuning shajarasi Safaviylarga va Boburning qizi — Gulbadan begimga borib taqaladi. „Maxfiy“ taxallusi bilan ijod qilgani taxmin qilinadi .
Zebunniso begim | |
---|---|
forscha: زیبالنسا | |
Zebunniso begim portreti. Hozirda Nyu Yorkdagi Metropoliten-muzeyda (The Metropolitan Museum of Art) saqlanadi | |
Tavalludi |
15-fevral 1638-yil Shohjahonobod (hozirgi Dehli) |
Vafoti |
26-may 1702-yil (64 yoshda) |
Fuqaroligi | Boburiylar davlati |
Kasbi | shoira, maʼrifatparvar, musiqachi |
Dini | islom, sunniylik |
Turmush oʻrtogʻi | turmushga chiqmagan |
Otasi | Avrangzeb |
Onasi | Dilrasbonu begim |
Zebunniso begim Vikiomborda |
Zebunniso begim hayoti va ijodi haqida Bareliy, Sherxoni Ludiy, Hakimxon toʻra kabi tarixchi va tazkiranavis olimlar asarlarida maʼlumotlar keltirilgan .
U yetti yoshida Qurʼonni toʻliq yod olgan, keyinchalik falsafa, mantiq, yulduz ilmi, tarix, fiqh fanlarini yaxshi oʻzlashtirgan, nastaʼliq, nasʼh, shikasta xatlarini mahorat bilan yozgan, bir necha marta husnixat bilan Qurʼonni koʻchirgan .
Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarini oʻrganib, sheʼriyatga boʻlgan ixlosi oshgan, atrofidagi shoir va olimlariga turli tarjimalar, qoʻlyozmalarni koʻchirishni buyurtma qilgan, ularni maosh bilan taʼminlab kelgan. Zebunniso begimning kutubxonasi oʻz davri kutubxonalari ichida eng kattasidir .
Malika bobosining istagiga koʻra oʻz amakivachchasi Sulaymonshukuh bilan unashtirilgan. Amakivachchasi vafot etgach, umrining oxiriga qadar boshqa turmush qurmagan .
Ismi
tahrirZebunniso begimning ismi forscha „زیب“ — „Zēb“; arabcha „goʻzallik“ yoki „zeb-ziynat“ va arabcha „نساء“ — „Nissa“ yaʼni ayollar degan maʼnoni anglatadi, arabchada „Zebunniso“ — „barcha ayollarning eng goʻzali“ degan maʼnoni beradi[2].
Tarjimai holi
tahrirYoshlik yillari
tahrirZebunniso begim 1638 yoki 1643-yilda Shohjahonobod (hozirgi Dehli) shahrida tugʻilgan. U tugʻilgan davrda otasi – boburiy shahzoda Avrangzeb Olamgir (1618–1707) Shoh Jahon saltanatining shahzodasi va Dekan viloyatining hokimi edi[3]. Zebunnisoning yoshlik davri murakkab, ziddiyatli voqealarga boy boʻlgan. U 19 yoshidayoq koʻplab ayanchli voqealarga guvoh boʻlgan. Avrangzeb taxt uchun kurashda akasi Doroshukuhni yengib Dehli taxtini egallagan (1658), ukasi Murodbaxshni avval qamab, keyin boshini oldirib, kasalmand otasi Shoh Jahonni uy qamogʻida saqlagan. Boshqa ukasi Shoh Shujo Birma tuproqlariga qochib ketib, qaroqchilar qoʻlida oʻlim topgan[3]. Oʻz oʻgʻli Akbarni taxtni egallashga intilishda ayblab uy qamogʻida saqlagan[4].
Avrangzeb toʻngʻich farzandi Zebunniso begimni juda yaxshi koʻrgan, baʼzida u bilan maslahatlashib ish koʻrgan[5]. Ammo keyinroq, shahzoda Akbar bilan ziddiyatga borib, Zebunnisoni ham u bilan hamfikrlikda ayblagan va Dehlidagi Salimgarhi (Asirgarh) qoʻrgʻonidan tashqariga chiqarmagan[4][6].
Shoiraning hayoti va ijodi haqidagi maʼlumotlar Bareliy („Tazkirai shoiroti urdu“ – „Urdu shoirlarining tazkirasi“), Sherxoni Ludiy („Mirot ul-xayol“ – „Xayol oynasi“), Hakimxon Hoji Muhammadxon („Muntaxab ut-tavorix“ – „Tanlangan tarixlar“) va boshqa tarixchi va tazkiranavis olimlar asarlarida uchraydi[4].
Taʼlimi
tahrirZebunniso begim yoshligida Hafiza Maryam Bonu qoʻlida savod chiqargan[7]. Uch yilda Qurʼonni toʻliq yod olib, yetti yoshida hofizalik darajasiga erishgan[8]. Bundan xabar topgan Avrangzeb oʻsha kunni davlat bayrami deb eʼlon qilib, katta toʻy-u tomosha tashkillashtirgan, harbiylar ham bayram qilgan, kambagʻallarga pul ulashilgan, bayram munosabati bilan davlat idoralari ikki kun ishlamagan[9]. Shuningdek, Avrangzeb malika Zebunnisoga 30 000 oltin tanga hadya qilgan[10], uning sevimli qizini hofiza qilgan Hafiza Maryam Bonuga ham 30 000 oltin tanga va „hurmatli ustoz“ martabasini bergan[11].
Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, Bobur asarlarini sinchiklab oʻrgangan, ularga havas qilib sheʼrlar mashq qilgan[4]. Qizida sheʼr va shoirlikka qiziqishni sezgan Avrangzeb, oʻzining shoirlikka ixlosi yoʻqligi, saroy va maktablarda Hofiz Sheroziy asarlarini oʻqishni taqiqlagan boʻlishiga qaramay, qizi uchun istisno qilib, butun Hindiston, Kashmir va Fors boʻylab koʻzga koʻringan shoirlarni topishni va Dehliga taklif qilishni buyurgan[9]. Oʻsha davrning mashhur olimlari hisoblangan Mullo Muhammad Ashraf Isfaxoniy va Mullo Jevonni Zebunniso begimga muallim qilib tayinlagan[12]. Bu olimlarning tarbiyasida Zebuniso begim shoira, tanbur chertuvchi sozanda, olima va xattot[13] boʻlib yetishgan[7][14]. Keyinchalik, Zebunniso begim ilohiyotga oid bir asar yozib, uni shu ustozi Mullo Muhammad Ashraf Isfaxoniyga bagʻishlagan[14].
Zebunniso begim falsafa, matematika, astronomiya[15], mantiq, fiqh, tarix fanlarini hamda fors va arab tillarining morfologiya va sintaksisini (sarfu nahv) yaxshi oʻzlashtirgan. U nastaʼliq, shikasta va nasʼh xatlarini mahorat bilan yoza olgan. Husnixat bilan bir necha marta Qurʼonni koʻchirgan[7]. Qurʼonga tafsir yozmoqchi boʻlgan, lekin otasi bunga qarshilik qilgan[9].
Homiyligi
tahrirZebunniso begimning shaxsiy kutubxonasi ham oʻz davri kutubxonalarining eng yirigi hisoblangan. U shoirlar, olimlar hamda sanʼat ahllarini oʻz atrofida toʻplab, ular uchun maosh tayinlagan va ularga gʻamxoʻrlik qilgan. Sheʼriy asarlar yozgan adiblar, qoʻlyozma koʻchirgan hattotlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlagan[15]. Oʻz zamonida ilm va sanʼatning rivojlanishiga taʼsir koʻrsatgan. Shuning uchun ham ayrim tarixchilar uning shaxsiga yuqori baho berganlar. Jumladan, „Olami Islom“ tazkirasida „Zebuniso begim otasi hukmdorlik bilan qozona olmagan shuhratni ilm va odob bilan qozongan“, deb yozilgan[7][14].
Zebunniso begim tarixda sof qalbli, muhtojlarga yordam beruvchi shaxs sifatida qolgan. U bevalarga, yetim-yesirlarga yordam bergan, har yili odamlarni Makka va Madinaga haj safariga yuborgan. Bundan tashqari, Zebunniso begim musiqa bilan ham shugʻullangan, manbalarda qayd etilishicha, mahorat bilan qoʻshiq ham kuylagan[16].
Shaxsiy hayoti
tahrirZebunniso begim bobosi Shoh Jahonning istagi bilan amakivachchasi Sulaymonshukuh (Doroshukuhning oʻgʻli) bilan unashtirilgan[17]. Lekin bu ish Avrangzebga yoqmagan[9]. Manbalarda keltirilishicha, Avrangzeb akasi Doroshukuhga qarshi isyon qilib, taxtni egallagani sababli toʻy qoldirilgan[18] Sulaymonshukuh 1662-yilda asirlikda vafot etgan, bu paytda Zebunniso begim 24 yoshda boʻlgan[6].
Eron shohi Abbos II ning oʻgʻli Mirzo Farruh ham Zebunniso begimga turmush qurish taklifini bildirgan[17]. Zebunniso begim maktub yozib, uni Dehliga chaqirgan. Dehlidagi bogʻda Mirzo Farruh va Zebunniso (yuzida parda bilan) uchrashishgan, uchrashuvda shahzoda Farruh forschada oʻpishish maʼnosini ham beruvchi shirinlik nomini aytib soʻz oʻyini qilgan, Zebunniso esa „istagan narsangizni oshpazlarimizdan soʻrang“, deb javob bergan. Ziyofatdan soʻng Zebunniso otasiga bu yigitga turmushga chiqmasligini aytgan[9].
Koʻplab shahzodalar, amirzodalar, bekzoda va yirik mulkdorlar Zebunniso begimga uylanish taklifini bildirishgan, lekin Zebunniso begim ularning hech biriga unamagan[5]. Umrining oxiriga qadar turmushga chiqmagan[19].
„Muntahab-ut tavorix“ asarida yozilishicha, Zebunniso begim opasinikiga mehmonga borganida opasini toʻlgʻoq tutib, qattiq azoblanayotganini koʻrgan. Shunda u — juftlikning oqibati shu boʻlsa, olamdan toq oʻtganim boʻlsin, — deb ahd qilgan[14].
Shivaji
tahrirHindiston tarixida oʻziga xos iz qoldirgan, Marathalar davlatiga asos solgan Shivaji (1627/30—1680) Boburiylar davlatiga qarshi urushlarda magʻlubiyatga uchrab, oʻziga qarashli boʻlgan 35 qalʼadan 23 tasini topshiradi. 1666-yil Avrangzeb Shivajini poytaxt Agraga asir sifatida olib keltirgan. Sarkarda Shivajini koʻrgan Zebunniso begim otasiga yuzlanib, agar Shivaji islom diniga eʼtiqod qila boshlasa, unga turmushga chiqishini aytgan. Bu taklifga Shivaji rozi boʻlmagan[20].
Oqilxon Roziy
tahrirZebunniso begim hayoti yoritilgan koʻplab tarixiy va badiiy asarlarda malika Oqilxon Roziy ismli shoirtabiat yigit bilan ishqiy munosabatda boʻlgani keltiriladi. Roziyning oʻlimi haqida bir qator manbalarda turlicha fikrlar yozilgan[5][21].
Manbalardan birida aytilishicha, 1662-yil Avrangzeb bir kasalga chalinganida tabiblar unga havo almashtirishi kerakligini aytishgan. Shunda u oilasi va saroy aʼyonlari bilan Lohur shahriga borib joylashgan. Bu vaqtda Lohurni shoh vazirlaridan birining oʻgʻli Oqilxon Roziy boshqargan[22]. Lohurda uchrashib, bir-birlarini yoqtirib qolishgan, bir-birlariga ishqiy misralar yozib turishgan, keyinroq, ular Dehlida, bogʻda uchrashib turganlarida Avrangzeb bogʻga kirib keladi. Qiz va yigit darhol yashirinishga chogʻlanadilar. Shohning gʻazabidan qoʻrqqan Oqilxon Roziy berkinish uchun panaroq joy izlab, bogʻning chekkasidagi ziyofatlar uchun hozirlab qoʻyilgan doshqozon ichiga kirib, ustidan qopqoqni yopib oladi. Buni sezgan shoh Avrangzeb toʻgʻri kelib qopqoqning ustiga chiqib oladi va bakovulni chaqirib, qozon tagida olov yoqishni buyuradi. Olov yoqilib, qozon qiziydi qozon ichidan hech qanday ovoz eshitilmaydi ammo kuygan hid bilan tutun chiqadi. Avrangzeb qopqoqdan tushib, qopqoq ochilganida qozon ichida Oqilxonning kuygan jasadi koʻrinadi[9]. Bu voqea boʻlib oʻtgani aniq tasdigʻini topmagan[23], lekin shoh Avrangzeb bu yigitni oʻziga kuyov qilishdan or qilib, uni qatl qildirgan degan taxminlar bor[24].
„Tazkirati shoiroti urdu“ asarida Oqilxon Roziy qatl qilinishi vaqtida Zebunnisoga atab bir gʻazal oʻqigani yozilgan[25].
„Maosiri Olamgiriy“ asarida keltirilishicha, tanholikda umr kechirish yoʻlini (goʻshanishinlik) tanlagan Oqilxon Roziyga 9000 rupiy miqdorida nafaqa tayinlangan[21].
Eronda chop etilgan „Hunar va mardum“ jurnalida Oqilxon Roziy Avrangzebning yetti vaziridan biri sifatida tasvirlangan. Unda yozilishicha, Zebunniso begim Oqilxon Roziyni yoqtirib qoladi. Bir kuni ular maxfiy tarzda uchrashib ahdu-paymon qiladilar. Soʻng doimiy ravishda bir-birlariga mushoira tarzida sheʼrlar yozib soʻzlashadilar. Bu gapdan xabar topgan Avrangzeb gʻazablanadi lekin mish-mishlar rost yoki yolgʻonligini tekshirib koʻrishni istaydi. Shu sababli yetti vazirini bir kecha-kunduzdan saroyda navbatchilik qilishini talab qiladi va Oqilxon Roziyning ortidan kuzatuvchi qoʻyadi. Oqilxon shohning maqsadini anglab, oʻzini kasallikka soladi va Zebunniso begim bilan uchrashuvga chiqmaydi[19].
Uy qamogʻida saqlanishi va oʻlimi
tahrirManbalarda Zebunniso begimning uy qamogʻida saqlanishiga doir turli fikrlar mavjud. Ayrim manbalarga koʻra, Oqilxon Roziy bilan qizining munosabatlaridan norozi boʻlgan Avrangzeb Zebunniso begimni Salimgarhi saroyida tutqunlikda saqlagan[26].
Boshqa manbalarda Zebunniso begimning uy qamogʻida saqlanishiga uning oʻta erkin fikrli shoiraligi va musiqachiligi sabab boʻlgani yoziladi, uning bu xususiyatlari oʻta dindor boʻlgan otasining qarashlariga mos kelmagan[27][28].
Yana boshqa manbalarga koʻra, Zebunniso begimning tutqunlikda saqlanishiga uning 1681-yilda Avrangzebga qarshi bosh koʻtargan shahzoda Akbarni (Zebunniso begimning ukasi) qoʻllab-quvvatlab, unga xat yozishi sabab boʻlgan. Zebunniso begim uy qamogʻiga tashlangach, uning bor boyligi musodara qilingan, unga ajratiladigan 4 lakx miqdoridagi nafaqa ham toʻxtatilgan. Zebunniso begim vafotiga qadar Salimgarhi saroyida uy qamogʻida yashagan[29].
Shohjahonobod shahridagi Salimgarhi saroyida 20 yillik uy qamogʻida saqlangan Zebunniso begim 7 kun davom etgan xastalikdan soʻng vafot etgan. Uning vafot yili ayrim manbalarda 1701-yil, ayrimlarida 1702-yil deb yozilgan[29][30].
„Olami Islom“ asarida yozilishicha, malikaning vafotiga bagʻishlab fors tilida, abjad hisobida quyidagi gʻazal bitilgan:
Oh, Zebunniso ba hukmi qazo,
nogahon az nigoh maxfiy shud.
Manbai ilm-u fazl va husn-u jamol,
Hamchu Yusuf bachoh Maxfiy shud.
Soli taʼrix az hirad justam,
guft hotif ki moh Maxfiy shud.
Mazmuni: „Oh, Zebunniso qazo hukmi bilan nogahon koʻzdan yashirindi. Ilm-u fazl va husn-u latofat manbai Yusuf kabi chohga yashirindi. Vafot yilini aqldan qidirdim, gʻoyibdan oy yashirindi, degan ovoz keldi“. Tadqiqotchilar shu abjad hisobiga koʻra Zebunniso begimning vafot yilini hijriy 1113, milodiy 1702-yil deb qabul qilganlar[31].
Zebunniso begim Dehlidagi „Zarzariy“ qabristoniga (boshqa manbada „Oʻttiz ming daraxt“ bogʻi[32]), Nizomiddin Avliyo va Amir Xusrav Dehlaviy qabri yoniga dafn etilgan[4][19]. Keyinchalik, temir yoʻl vokzali qurilishi munosabati bilan qabristonning bir qismi buzilgan. Zebunniso begimning hoki Agra yaqinidagi Iskandariya (Sikandra) mavzesida joylashgan Akbar maqbarasining kirish qismidagi daxmalardan biriga qayta koʻmilgan[33][32].
Qabri boshqa joyga koʻchirilgunicha Zebunniso begimning Dehlidagi qabrtoshida oʻzining qalamiga mansub ushbu bayt yozilgan boʻlgan:
Bagʻayri sabza napoʻshad kase mazori maro,
Ki qabrpoʻshi gʻaribon hamin giyoh bas ast.
Mazmuni: „Mening qabrim ustini oʻt-oʻlandan boshqa hech narsa qoplamasin, gʻariblar qabrini yopmoq uchun shu giyohning oʻzi yetarli“[34].
Zebunniso begimning maqbarasi Pokistonning Lohur shahrida deb yozilgan manbalar ham bor lekin olimlar u maqbaraning Zebunniso begimga tegishliligiga shubha qiladilar[35].
Tashqi koʻrinishi
tahrirManbalarda Zebunniso begimning tashqi koʻrinishi „uzun boʻyli, qomati kelishgan, tanasi oq rangda, yumaloq yuzli, chap yanogʻida ikkita xoli boʻlgan, koʻz qorachiqlari va sochi quyuq qora, lablari ingichka, tishlari kichkina“ deb taʼriflanadi. Pokistondagi Lohur muzeyida Zebunniso begimning shu taʼrifga mos portreti saqlanadi. Odmi uslubda, oq rangli kiyim kiygan, uning yagona bezagi – boʻyniga ilingan marvarid munchogʻi boʻlgan[9].
Zebunniso begim turkistonlik ayollar kiyadigan kiyimni Hindiston sharoitiga moslab kiygan (angya kurti) va uni urfga kirgizgan birinchi ayol sifatida ham eslanadi[9][16].
Ijodi
tahrir Zulfi halqa-halqa-u, koʻzi qaro bu yerdadir,
Boqishi shafqatli-yu, nozik ado bu yerdadir.
Kiprigi xanjar, karashma tigʻu koʻz tashlash yashin,
Gar shahid boʻlmoqchi ersang, Karbalo bu yerdadir.
Bersa ham jannatni, aldanma kishilar soʻziga,
Bir qadam mayxonadin jilmaki, jo bu yerdadir.
Kaʼbaga bormoq ne hojatdir, agar dil ovlasang,
Behuda yoʻllar kezar bu xalqu, jo bu yerdadir.
Husniga boshdin-ayoq boqqanda har bir nuqtadin,
Dilni tortib, har karashma derki: jo bu yerdadir.
Izladim bir-bir jahonda har necha boʻlsa kitob,
Koʻrdimu xattingni dedim: muddao bu yerdadir.
Istasang husning zakotini berarga mustahiq,
Kelki, bu Zebunniso yangligʻ gado bu yerdadir.
Zebunniso begimning shoira sifatida kamolotga yetishida saroydagi muhit, akasi Aʼzamshohning adabiyotga qiziqishi, saroyda boʻlib turadigan mushoiralar ham taʼsir koʻrsatgan. U saroyda Mirzo Abdulqodir Bedil bilan mushoiralar qilgan, Bedilning yolgʻiz qizini tarbiyalab, kamolga yetkazgan[4].
Mamlakatdagi notinch hayot, toj-u taxt uchun birodarkushlik kurashlarining avj olishi shoira dunyoqarashini tubdan oʻzgartiradi, bu uning asarlarida ham oʻz aksini topadi. Zebunniso begim jodida ijtimoiy-falsafiy fikrlar oʻrin ola boshlaydi. U haqqoniylik, roʻstgoʻylikni targʻib qiladi, firibgarlik, aldamchilikdan nafratlanadi. Bir gʻazalida „Bersa ham jannatni, aldanma kishilar soʻziga“, deb yozadi. Zebunniso begim ijodining ayrim tomonlari Bedil falsafasiga oʻxshash. U insonning goʻzalligi — uning qilgan yaxshiliklarida, mehnati orqali insoniyatga keltirgan foydasida, deb biladi[4].
Zebunniso begim fors va arab tillarida ijod etgan. Dastlab tasavvuf falsafasi va ilohiyotga oid „Munis ul-arvoh“ („Arvohlarning sodiq doʻsti“) hamda „Zeb ut-tafosir“ („Goʻzal tafsirlar“) asarlarini yozgan[4].
Zebunniso begimning adabiy merosi bizgacha toʻliq yetib kelmagan[37]. Uning ijodidan hozirgi kungacha 8000 misradan iborat bir devon, besh tarjeʼband, bir muxammas va yetti qasida yetib kelgan. Zebunniso qalamiga mansub deb hisoblanadigan „Devoni Maxfiy“ Hindiston, Pokiston hamda Afgʻonistonda bir necha bor qayta nashr qilingan. Bu devon 1958-yil Tojikistonda „Majmuai sheʼrho“ nomi bilan chop etilgan[4]. Zebunniso begimning „Injost“ radifli gʻazali „Samarqand ushshogʻi“ qoʻshigʻining asosiga aylangan[38].
Zebunniso begimning koʻplab gʻazallarini D. Muhammadqulov va M. Muinzoda fors tilidan oʻzbek tiliga tajrima qilishgan[4].
„Kobul“ jurnalining 1922-yil chop etilgan 10-sonida Zebunniso haqida shunday maʼlumotlar yozilgan: „Zebunniso begimning chiroyli bir devoni boʻlgan. Yana tasavvuf falsafasiga oid „Munis ul-arvoh“ asari ham bor. Tafsir sohasida 769 varaqli „Zeb at-tafsir“ni („Goʻzal tafsirlar“) yozdi. Bundan tashqari ilohiyotga doir „Zeb an-nashaot“ nomli asar yozib, uni ustozi xotirasiga bagʻishladi. Hindiston musulmonlari orasida dasturulamal boʻlib qolgan „Fatavoyi olamgiriy“ („Shariat qonunlari majmuasi“) asarini fors tiliga tarjima qildirdi“[5].
1724-yilda, yaʼni Zebunniso begim vafotidan bir necha yil oʻtib, uning sheʼrlari „Devoni Maxfiy“ nomi bilan bir kitob holiga keltirilgan. Devonda 421 gʻazal va 4 ruboiy boʻlgan. 1730-yilda bu devonga boshqa gʻazallar ham qoʻshilgan. Bu devon Hindiston va Forsda koʻplab nusxada qoʻlyozma tarzida koʻchirilgan, ayrim nusxalar bezakdorligi bilan ajralib turgan[9].
„Maxfiy“ taxallusi
tahrirBaʼzi manbalarda Zebunniso begim „Maxfiy“ (forscha: مخفی) taxallusi bilan ijod qilgani taʼkidlansa[4][39], ayrim manbalar buni keskin rad etadi[40]. Shunga koʻra, Zebunniso ijodiga oid deb qaraladigan „Devoni Maxfiy“ ham Zebunniso begimning emas, balki uning saroyida yashab ijod etgan bir nechta shoir va shoiralarning ijod mahsuli ekani aytiladi[41].
„Tazkirai xavotin“ asari muallifi ham Maxfiy Zebunniso begim emas, uning xizmatkori, deb taʼkidlagan[40]. XIX asrda yashagan tarixchi Hakimxon toʻra oʻzining „Muntaxab ut-tavorix“ asarida shoira Maxfiy aslida Shoh Jahon davrida xizmat qilgan sarkarda Sherafkanning xotini — Nurijahon begim ekanini yozgan[42]. „Maxfiy“ taxallusi bilan ijod qilgan yana bir ayol — Humoyunning nabirasi Salima begim[43].
Afgʻonistonda chop etilgan „Kobul“ jurnalining bosh muharriri vazifasini bajaruvchi Gʻulom Jilonixon 1934-yilda „Maxfiy“ taxallusi xususida fikr yuritib, Zebunniso begim „Maxfiy“ taxallusi bilan sheʼr yozmagan, „Devoni Maxfiy“ bir nechta erkak va ayol shoirlarning ijodiy toʻplamidir, degan fikrni olgʻa surgan[41].
Merosi
tahrirZebunniso begim tomonidan Lohurda qurdirilgan Chorburji (Toʻrt minorali) bogʻining devor va darvozalari hozirgacha saqlanib qolgan[44].
Xotirasi
tahrirXX asrda oʻzbek shoiri Uygʻun „Zebunniso“ nomli pyesa yozgan[45]. Markaziy Osiyo respublikalarida, xususan Oʻzbekiston va Qirgʻiziston teatrlarida Zebunniso begimga bagʻishlangan sahna asarlari namoyish etilgan[46][47].
Oʻzbekiston va Tojikistonning bir qancha shaharlarida „Zebunniso“ nomida koʻchalar[48][49][50], maktab va bogʻchalar mavjud[51][52][53]. Dushanbe shahrida „Zebunniso“ nomidagi kinoteatr faoliyat yuritadi[54].
Ajdodlari
tahrirZebunniso begimning ajdodlari | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
|
Asarlari
tahrir- Princess Zeb-un-nissa. Divan-i Makhf (Persian). Lahore Amrit Press, 1920.
- Zeb-un-nissa; Tr. by Paul Whalley. The Tears of Zebunnisa: Being Excerpts from 'The Divan-I Makhf'. W. Thacker & Co., 1913.
Manbalar
tahrir- ↑ Sir Jadunath Sarkar. A short history of Aurangzib, 1618–1707. Orient Longman, 1979 — 14-bet.
- ↑ Sarkar, Jadunath. Studies in Aurangzib's Reign, Third, Sangam Books Limeted, 1989 — 90-bet. ISBN 9780861319671.
- ↑ 3,0 3,1 Файзиев 1994, s. 32.
- ↑ 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 4,10 „Зебуннисо бегим“, Oʻzbek sovet ensiklopediyasi: 4-jild (Dehnav — Industriya). Toshkent: „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ Bosh redaksiyasi, 1973 — 640-bet.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 Файзиев 1994, s. 34.
- ↑ 6,0 6,1 Yuldashev 2022, s. 190.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 Файзиев 1994, s. 33.
- ↑ Lal & Westbrook 1913, s. 8.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 9,5 9,6 9,7 9,8 „The Diwan of Zeb-un-Nissa: Introduction“. sacred-texts.com.
- ↑ Sir Jadunath Sarkar. History of Aurangzib: Mainly based on Persian sources, Volume 1. M.C. Sarkar and Sons, 1912 — 69-bet.
- ↑ Raman, Sista Anantha. Women in India A Social and Cultural History. Library of Congress Catologing –in – Publication Data, 2009 — 10-bet. ISBN 978-0-275-98242-3.
- ↑ Mirsa, Rekha. Women in Mughal India. Munshiram Manoharlal, 1967 — 90-bet.
- ↑ Hadi, Nabi. Dictionary of Indo-Persian Literature. Indira Gandhi National Center for the Arts, Shakti Malik Abhinav Publications, Tara Chand Sons, 1995 — 638–639-bet. ISBN 81-7017-311-6.
- ↑ 14,0 14,1 14,2 14,3 Жалолов 1970, s. 14.
- ↑ 15,0 15,1 „WISE: Muslim Women: Past and Present – Zebunnisa“. 2011-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-sentyabr.
- ↑ 16,0 16,1 Nath 1990, s. 163.
- ↑ 17,0 17,1 Nath 1990, s. 150.
- ↑ Journal of the Research Society of Pakistan, Volume 12. Research Society of Pakistan. 1975. p. 26.
- ↑ 19,0 19,1 19,2 Файзиев 1994, s. 37.
- ↑ Yuldashev 2022, s. 191–192.
- ↑ 21,0 21,1 Yuldashev 2022, s. 191.
- ↑ Lal & Westbrook 1913, s. 14.
- ↑ Файзиев 1994, s. 34–35.
- ↑ Файзиев 1994, s. 36.
- ↑ Файзиев 1994, s. 35.
- ↑ Lal & Westbrook 1913, s. 17.
- ↑ Annie Krieger Krynick; Enjum Hamid. Captive Princess; Zebunissa, Daughter of Emperor Aurangzeb. Qaraldi: 2009-yil 31-may. „The book revolves around Princess Zebunissa (1638–1702) who is defined as the symbol of female power of the Mughal dynasty and portrays their stature in the court life in the seventeenth century...For her the name signified a life dramatically suppressed, cut off from the world. Her mysterious and unexpected imprisonment is also described in this book: Zebunissa's fate changed drastically when she was sent to prison by her father Aurangzeb, where she died leaving a landmark near the Red Fort of Delhi.“
- ↑ „Memories of Ferghana“ (2005-yil 22-may). — „MUSIC and dance? But wasn't that '‘unIslamic'’ in a country celebrating an Islamic revival, I'd thought back then, as I twirled at an Uzbek soiree at Kokand in the Ferghana Valley. My hostess had snatched up a daf (dafli in India) and was dancing slowly to a sad Persian song by Zebunisa 'Makhfi', an Uzbek-Tajik favourite. She was a princess of Delhi via Ferghana; Aurangzeb's daughter, whom he jailed for 20 years in Salimgarh, next to the Red Fort, because of her Sufi sympathies. Aurangzeb had killed music in his realm. Zebunisa's voice sang in her ancestral homeland, though lost to Delhi.“. Qaraldi: 2009-yil 31-may.
- ↑ 29,0 29,1 Misra, Rekha. Women in Mughal India. Delhi: Munshiram Manoharlal, 1967 — 51-bet. ISBN 9788121503471. OCLC 473530.
- ↑ Smith, paul. Makhfi The princess Sufi Poet Zebunnissa. Book Heaven, 2012 — 25-bet. ISBN 978-1480011830.
- ↑ Файзиев 1994, s. 38.
- ↑ 32,0 32,1 Raza Rumi. DELHI BY HEART: Impressions of a Pakistani Traveller. HarperCollins Publishers India, 10 May 2013. ISBN 978-93-5029-998-2.
- ↑ Yuldashev 2022, s. 193.
- ↑ Жалолов 1970, s. 17.
- ↑ Modern Librarian. Pakistan Library Association, 1930 — 100-bet.
- ↑ Жалолов 1970, s. 35.
- ↑ „Зебуннисо бегим“. Qomus info. Qaraldi: 14-yanvar 2024-yil.
- ↑ Шерматов, Саттор (2019). „Зебуннисо зийнати“. Жаҳон адабиёти. № 12.
- ↑ Lal & Westbrook 1913, s. 20.
- ↑ 40,0 40,1 Жалолов 1970, s. 19.
- ↑ 41,0 41,1 Жалолов 1970, s. 24–25.
- ↑ Жалолов 1970, s. 20.
- ↑ Жалолов 1970, s. 21.
- ↑ „Chauburji Gate, Lahore, Pakistan“. Asian Historical Architecture website. Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
- ↑ Mirvaliyev, S.; Shokirova, R.. Oʻzbek adiblari. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016.
- ↑ „Вновь на сцене известная поэтесса Зебуннисо“. UzA. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (2022-yil 21-mart). Qaraldi: 14-yanvar 2024-yil.
- ↑ „Ўзбек ва қирғиз халқлари дўстлиги янада мустаҳкамланади“. UzA. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (2023-yil 24-aprel). Qaraldi: 14-yanvar 2024-yil.
- ↑ „Улицы Ташкента: Зебонисо“ (ruscha). moigorod.uz. Мой город (2010-yil 25-iyun). Qaraldi: 11-mart 2024-yil.
- ↑ „Компании и организации на ул. Зебунисо, Самарканд“. goldenpages.uz. Golden Pages. Qaraldi: 11-mart 2024-yil.
- ↑ „улица Зебуниссо“. yandex.ru. Qaraldi: 11-mart 2024-yil.
- ↑ „Гимназия "Зебунисо"“. mino.tj. Qaraldi: 11-mart 2024-yil.
- ↑ „Зебуннисо“. yandex.ru. Qaraldi: 11-mart 2024-yil.
- ↑ „"Zebiniso" nomli 22-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi“. statsnet.co. Statsnet. Qaraldi: 11-mart 2024-yil.
- ↑ „Зебуннисо“. yandex.ru. Qaraldi: 11-mart 2024-yil.
Adabiyotlar
tahrir- Lal, Magan; Westbrook, Jessie Duncan. The Diwan of Zeb-un-Nissa. London: John Murray, 1913.
- Nath, Renuka. Notable Mughal and Hindu women in the 16th and 17th centuries A.D., 1. publ. in India., New Delhi: Inter-India Publ., 1990. ISBN 9788121002417.
- Yuldashev, Botir. Boburiy malikalar. Toshkent: Ochun, 2022 — 208-bet. ISBN 978-9943-6805-9-3.
- Жалолов, Тўхтасин. Ўзбек шоиралари. Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти, 1970 — 344-bet.
- Файзиев, Турғун. Темурий маликалар. Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 1994 — 40-bet.
Havolalar
tahrirVikiiqtibosda Zebunniso begimga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Vikiomborda Zebunniso begim haqida turkum mavjud |