Zigʻirak (Salvia deserta) — yalpizdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Boʻyi 60—80 sm. Bargi nashtarsimon. Guli qisqa bandchalarda 2—3 tadan joylashgan. Gultojbarglari binafsha rangli, uz. 11–12 mm. Mevasi yumaloquchburchak, qora. May—avgustda gullab, iyun—sentabrda urugʻlaydi. Toshkent, Fargʻona, Surxondaryo viloyatlarining bogʻlarida, togʻ yon bagʻirlarida, vohalarida koʻp tarqalgan. Yuqori sifatli qimmatbaho efir moyi olish uchun ekiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil