Ziroat Mirziyoyeva

Oʻzbekiston birinchi xonimi
(Ziroatxon Hoshimovadan yoʻnaltirildi)

Ziroat Mahmudovna Mirziyoyeva (Hoshimova) – 2016-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining birinchi xonimi, prezident Shavkat Mirziyoyevning rafiqasi.

Ziroat Mirziyoyeva
O’zbеkistоn Rеspublikаsi birinchi xonimi
Mansab davri
2016-yil 14-dekabrdan
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Tatyana Karimova
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 4-dekabr 1964-yil (1964-12-04) (59 yosh)
Fargʻona

Tarjimai hol

tahrir

1964-yilning 4-dekabrida Fargʻona vodiysi Qoʻqon shahrida tugʻilgan. Otasi Mahmudjon Hoshimov Fargʻona vodiysidagi boy amaldorlardan boʻlib, Qoʻqondagi Oʻrta Osiyo temiryoʻl taʼminoti boshqarmasini boshqargan[1][2]. Ziroatning oʻzi esa Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oʻqiydi va shu yerda birinchi turmush oʻrtogʻini uchratadi[3][4]. Baʼzi manbalarga koʻra Ziroatning oila aʼzolari uning turmushiga qarshi boʻlishgan[1]. Muhandis-iqtisodchi malakasiga ega[5].

Birinchi xonim

tahrir
 
First Lady of Azerbaijan Mehriban Aliyeva met with First Lady of Uzbekistan Ziroat Mirziyoyeva

U Oʻzbekistonning hozirgi Prezidenti va sobiq Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga turmushga chiqadi. Islom Karimov davrida, Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir boʻlgan davrda davlat televideniyesida koʻrinish bermagan va omma oldiga chiqishdan oʻzini chetga olgan[6], turmush oʻrtoʻgʻi prezident etib tayinlangandan soʻng unga bir qator xorijiy safarlarda, jumladan, Qirgʻiziston, Xitoy, Janubiy Koreya, AQSh va Turkiyada hamrohlik qiladi[7].

Jamoat ishlari

tahrir

„Zamin“ xalqaro jamoat fondi vasiylik kengashi raisi. Jamgʻarma nomidan onlayn nutqlarining birida u nogironlik „endi tibbiy muammo emas, balki inson huquqlari muammosi ekanligini“ aytib oʻtgan[8].

Manbalar

tahrir