Zoya Schleining
Zoya Schleining 2013
Mamlakat

Sovet ittifoqi Ukraina

Germaniya
Tugʻilishi 6-sentyabr 1961-yil
Lviv, Ukraina
Saravha

Xalqaro usta (2016-yil)

Ayol grossmeyster
FIDE reyting [1] (fevral 2024)

Zoya Schleining (talaffuzi: Shlayning Zoya Avrumovna; 1961-yil 6-sentyabrda tugʻilgan), Ukrainada tugʻilgan nemis shaxmatchisi, xalqaro usta (IM, 2016) unvoniga ega.

Hayoti

tahrir

Zoya olti marta shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi SSSR chempionati finallarida qatnashgan (1981, 1982, 1986, 1987, 1988, 1989). Eng yaxshi natijaga 1986-yilda 4-5-oʻrinlarni boʻlgan vaqtida erishgan. 1984-yilda Tallin shahrida shaxmat boʻyicha ayollar kasaba uyushmalari oʻrtasidagi SSSR chempionatida gʻolib boʻlgan. 1986-yilda u ayollar shaxmati boʻyicha Ukraina chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 1990-yilda Zoya Schleining Drezden va Moskvada oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi xalqaro turnirlarda gʻolib boʻladi. Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin 1992-yildan 2000-yilgacha u Ukraina shaʼnini, 2000-yildan esa Germaniya nufuzini himoya qildi. 1995-yilda Zoya Drezdendagi turnirda yana gʻalaba qozondi. 2014-yilda u tez shaxmat boʻyicha ayollar chempionatida gʻolib boʻldi. Shuningdek 2015-yilda Bad Vissi shahrida boʻlib oʻtgan Germaniya ayollar shaxmat chempionatida Zoya Schleining eng yaxshi oʻyinchi sifatida etirof etildi.

Zoya Schleining ikki marta shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati zonalararo turnirlarida qatnashgan:

  • 1987-yilda Smederevska Palankadagi hududlararo turnirda 5-oʻrinni egalladi;[1]
  • 1993-yilda Jakartada boʻlib oʻtgan hududlararo turnirda 19-25-oʻrinlardan joy egalladi.[2]

Zoya Scheining Germaniya terma jamoasida ayollar shaxmat olimpiadalarida ishtirok etgan:[3]

  • 2014-yilda Tromsyo shahridagi 41-shaxmat Olimpiadasida (ayollar) ikkinchi oʻrinni egalladi (+2, =1, −3).

Zoya Schleining Germaniya terma jamoasida shaxmat boʻyicha Yevropa jamoaviy chempionatida ishtirok etgan:[4]

  • 2013-yilda Varshavada oʻtkazilgan 10-jamoaviy shaxmat chempionatida (ayollar) ikkinchi oʻrin (+1, =3, −2),
  • 2015-yilda Reykyavik shahrida oʻtkazilgan 11-jamoaviy shaxmat (ayollar) Yevropa chempionatida uchinchi oʻrin (+1, =3, −2).

1985-yilda u FIDE ayol xalqaro ustasi (WIM) unvoniga sazovor boʻldi va ikki yildan soʻng FIDE ayol grossmeyster (WGM) unvonini oldi.  2016-yilda u FIDE xalqaro ustasi (IM) unvoniga sazovor boʻldi.[5]

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir