Mushtum
Mushtum — Abdulla Qodiriy tomonidan tashkil etilgan hajv va kulgi jurnali. Jurnal 1923-yil 18-fevralidan beri chop etiladi. Toshkentda oyda 1 marta chiqadi. Mushtumning 1-soni 1923-yil 18-fevralda „Turkiston“ gazetasiga ilova (3 ming nusxada), 1924-yildan „Qizil Oʻzbekiston“ nashri sifatida chop etilgan.
Mushtum | |
---|---|
Sohasi | Hajviya, tanqid |
Davriyligi | |
Tili | Oʻzbekcha |
Tahririyat manzili | Toshkent, Buyuk Turon koʻchasi, 41-uy |
Bosh muharrir | Nosirjon Toshmatov |
Muassislar | "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi |
Nashriyot (mamlakat) | (Oʻzbekiston) |
Nashr tarixi | 1923-yil 18-fevraldan |
Hajmi | 2,8 bosma taboq |
Adadi | 22.000 nusxa |
| |
Veb-sayti: www.mushtum.uz |
Jurnalning 1-sonida uning tashkilotchilaridan Abdulla Qodiriyning „Mushtum taʼrifida“ degan bosh maqolasi berilgan. Mazkur maqolada Mushtumning yoʻnalishi belgilangan:
Bu „Mushtum“ zoʻrlik mushtumi emas, haqlik mushtumidir, bu „Mushtum“ zolimlar mushtumi emas, mazlumlar mushtumidir. Shuning uchun buning maʼnosi ham boshqachadir...
Mushtumga turli davrlarda ijod qilgan Gʻozi Yunus, Choʻlpon, Hoji Muin, Alijon Xoliqo’v, Rafiq Moʻmin, Gʻafur Gʻulom, Komil Aliyev, Abdulla Qahhor, Nosir Sayd, Gʻayratiy, Sobir Abdulla, Said Ahmad, Anvar Muqimov, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Anvar Obidjon va boshqa ijodkorlar oʻz asarlari bilan ishtirok etgan. Mushtumda chop etilgan koʻpgina hajviy asarlar adabiyotimizning bebaho durdonalariga aylangan. Masalan Gʻafur Gʻulomning „Shum bola“si, Abdulla Qahhor, Said Ahmadning eng sara hajviyalari, Erkin Vohidovning „Donishqishloq hangomalari“, Abdulla Oripovning „Jannatga yoʻl“ dramasi. Yuzlab tanqidiy maqolalar, felyetonlar jamiyatni turli illatlardan tozalashda Mushtumning asosiy quroli hisoblangan.
Jurnal oʻz faoliyatida turli ijodiy shakllardan, jumladan Nasriddin Afandi, Aldar Koʻsa kabi xalq ogʻzaki ijodidagi obrazlardan keng foydalanadi. Uning sahifalarida muhim voqealarga bagʻishlangan felyeton, pamflet, hajviya, oʻrtoqlik hazillari va boshqa tanqidiy materiallar yoritiladi.
Mushtum oʻz karikaturalari bilan ham mashhur. Uning birinchi rassomi Ishtvan Tullya boʻlgan, keyinchalik jurnalda turli yillarda T.Muhamedov, D. Sinitskiy, M. Vorobeynikov, N. Ibrohimov, A.Xoliqov, S. Subhonov, A. Qambarov, S.Salohiddinov, H.Sodiqov va boshqalar ishladi.
Mushtumga Gʻozi Yunus, Ziyo Said, Gʻ.Gʻafurov, Husayn Shams, J. Mahmudov, M. Muhamedov, Akmal Poʻlat, Z. Yoʻldoshev, Mirmuhsin, Ibrohim Rahim, N. Aminov, Maqsud Qoriyev va boshqalar muharrirlik qilgan.
1998-yil 28-avgustda jurnalning haftalik ilovasi — „Afandi“ gazetasi tashkil etilgan. Gazetada davrning dolzarb muammolari, tanqidiy maqolalar ham keng yoritiladi. Hozir Mushtumning bosh muharriri — Ashurali Joʻrayev (1996-yildan). Adadi 10000 (2003)[1][2].
Jurnalning 100 yilligi
tahrir„Mushtum“ jurnalining 100 yilligi 2023-yilning 19-may sanasida Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida oʻtkazildi[3].
Havolalar
tahrir- www.mushtum.uz (Wayback Machine saytida 2008-12-05 sanasida arxivlangan)
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |