„Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti“ milliy tadqiqot universiteti

Toshkentdagi oliy ta'lim muassasasi

„Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti“ Milliy tadqiqot universiteti — Oʻzbekistondagi yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tasarrufida. Institut 1934-yilda Oʻrta Osiyo irrigatsiya injenerlari va texniklari instituti hamda Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash instituti asosida tashkil etilgan. 2004-yilning mart oyigacha Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-martdagi qarori bilan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga aylantirildi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini izchil taʼminlash maqsadida, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti „Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti“ Milliy tadqiqot universiteti deb qayta nomlandi.

„Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti“ Milliy tadqiqot universiteti
Xalqaro nomi
ingl. Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers[1]
Turi Milliy tadqiqot universiteti
Asos solingan sanasi 1934
Rektori Bahodir Mirzayev
Fakultetlar 7 [2]
Talabalari 4860+[3]
Bakalavriat 40 [4]
Magistratura 32 [4]
Fan doktorlari 195 nafar[4]
Professorlari 70 nafar[4]
Manzili
Veb-sayti tiiame.uz

Institutda: Gidromelioratsiya; Gidrotexnika qurilishi, Qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash; Iqtisodiyot; Energetika, Yerdan resurslari va kadastr fakultetlari, Ekologiya va huquq hamda magistratura va sirtqi boʻlim bor, ularda suv xoʻjaligi va melioratsiya; suv xoʻjaligi inshootlari; ekologiya va atrof muhit muhofazasi; suv resurslari va ularni boshqarish; suv xoʻjaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash; suv xoʻjaligida avtomatlashtirish va telemexanika; kasb taʼlimi; iqtisodiyot; buxgalteriya hisobi va audit; menejment; yer tuzish va yer kadastri kabi yoʻnalishlar boʻyicha 40 ta mutaxasislik hamda magistratura boʻlimida 32 ta mutaxassislik boʻyicha kadrlar tayyorlanadi. Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanida maydoni 1609 ga boʻlgan oʻquv tajriba xoʻjaligiga ega. 2003/04-oʻquv yilida institutda 5 mingdan ortiq talaba oʻqidi. 30 dan ziyod kafedralarda 500 ga yaqin professor oʻqituvchilar, shu jumladan 41 fan doktori professorlar 200 ga yaqin fan nomzodi va dotsentlar ishladi. Shuningdek, institut tarkibida oʻquv, oʻquv-uslubiy, malaka oshirish, xalqaro aloqalar, ilmiy tadqiqot, nashriyot, aspirantura va doktorantura boʻlimlari, kutubxona (630 ming asar) bor. Institut huzurida Buyuk Britaniyaning London shahridagi Instituternational House London litseyi taʼsischi boʻlgan iqtisodiyot va xorijiy tillar yoʻnalishi boʻyicha Instituternational House Tashkent va tabiiy fanlar yoʻnalishidagi akademik litseylar faoliyat koʻrsatadi. Institutda A.N.Askochenskiy, Y.A.Zamarin, Yanishevskiy, T.N.Qori-Niyoziy kabi yirik olimlar ishlagan. Professorlar Sh.U.Yoʻldoshev, A.A.Rachinskiy, E.F.Fayziboyev, Sh.Murodov, T.S.Xudoyberdiyev va boshqa olimlar faoliyat koʻrsatmoqdalar. Institut tashkil etilgandan buyon xalq xoʻjaligi tarmoqlari uchun 52 mingdan ziyod mutaxassis tayyorlandi. Institut huzurida nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha ixtisoslashgan kengash ishlaydi. Institut bir necha nufuzli oliy oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari AQShning Vashington, Ayova, Niderlandiyaning Vageningen, Buyuk Britaniyaning Lisfasi, Germaniyaning Gamburg universitetlari bilan ilmiy aloqa oʻrnatgan va talabalar, professor oʻqituvchilar almashinish, ilmiy-tadqiqot grantlari olish yoʻlga qoʻyilgan.

Bakalavriat yoʻnalishlari

tahrir
"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti 2023/2024 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari(kunduzgi ta’lim)
Shifr Ta’lim yo‘nalishlari nomi
60112400 Professional ta’lim: qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish
60112400 Professional ta’lim: yer kadastri va yer tuzish
60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili
60310100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
60410100 Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
60410800 Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
60420100 Yurisprudensiya: transchegaraviy suv munosabatlari
60420100 Yurisprudensiya: yer munosabatlari
60530800 Gidrologiya  (daryo va suv omborlari gidrologiyasi)
60531000 Mexanika va matematik modellashtirish
60610600 Dasturiy injiniring
60610700 Sun’iy intellekt
60710400 Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi  (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
60710600 Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar  bo‘yicha)
60710800 Gidroenergetika
60711000 Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha)
60711300 Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha)
60711400 Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)
60711500 Mexatronika va robototexnika
60713300 Aerokosmik texnologiyalar va barqaror rivojlanish (faoliyat turlari bo‘yicha)
60720600 Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi  (tarmoqlar bo‘yicha)
60722600 Geodeziya va geoinformatika
60722700 Yerni masofaviy zondlashda innovatsion texnologiyalar
60722800 Kadastr (faoliyat turlari bo‘yicha)
60722900 Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi (turlari bo‘yicha)
60730900 Gidrotexnika qurilishi (turlari bo‘yicha)
60810100 Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish
60810300 Qishloq va suv xo‘jaligida texnik servis
60810400 Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash
60811300 Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va  dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)
60812300 Suv xo‘jaligi va melioratsiya
60812400 Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish
60812500 Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish
60812600 Meliorativ gidrogeologiya
60812900 Suv ta’minoti muhandislik tizimlari
60813000 Suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish
60813100 Er kadastri va yer tuzish
61010400 Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)
61020200 Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha)

Fakultetlar va kafedralar

tahrir

Gidromeloratsiya fakulteti

tahrir
  • Gidravlika va gidroinformatika
  • Gidrologiya va gidrogeologiya
  • Irrigatsiya va melioratsiya
  • Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish
  • Fizika va kimyo
  • Professional ta’lim
  • Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash
  • Hayot faoliyati xavfsizligi
  • Ekologik geoaxborot markazi

Gidrotexnika qurilishi fakulteti

tahrir
  • Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari
  • Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar
  • Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
  • Mexanika va kompyuterli modellashtirish
  • Qurilishni tashkillashtirish va texnologiyasi

Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash fakulteti

tahrir
  • Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari
  • Traktorlar va avtomobillar
  • Muhandislik tizimlarni boshqarish
  • Umumtexnik fanlar

Ekologiya va huquq fakulteti

tahrir
  • Ekologiya va suv resurslarini boshqarish
  • Gumanitar fanlar
  • O‘qitish nazariyasi va metodikasi
  • Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt

Energetika fakulteti

tahrir
  • Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari
  • Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish
  • Elektrotexnika va mexatronika
  • Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi

Yer resurslari va kadastr fakulteti

tahrir
  • Yer resurslarini boshqarish
  • Geodeziya va geoinformatika
  • Davlat kadastrlari
  • Tuproqshunoslik va dehqonchilik
  • Oliy matematika

Iqtisodiyot fakulteti

tahrir
  • Iqtisodiyot
  • Buxgalteriya hisobi va audit
  • O‘zbek tili va adabiyoti
  • Axborot texnologiyalari
  • Ingliz tili

Mashhur bitiruvchilari

tahrir
  1. „Tashkent Institute of Irrigation and Melioration“ (inglizcha). University Directory. Qaraldi: 17-iyul 2014-yil.
  2. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  3. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.