„Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti“ milliy tadqiqot universiteti
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Ushbu sahifani Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga qayta nomlash taklif etiladi.
Biror maqolani qayta nomlashga taklif qilishda, iltimos, andozasidan foydalaning. Havolalar: koʻchirish qaydlari • taklif etilgan nomga koʻchirish |
„Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti“ Milliy tadqiqot universiteti — Oʻzbekistondagi yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tasarrufida. Institut 1934-yilda Oʻrta Osiyo irrigatsiya injenerlari va texniklari instituti hamda Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash instituti asosida tashkil etilgan. 2004-yilning mart oyigacha Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-martdagi qarori bilan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga aylantirildi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini izchil taʼminlash maqsadida, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti „Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti“ Milliy tadqiqot universiteti deb qayta nomlandi.
Xalqaro nomi |
ingl. Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers[1] |
---|---|
Turi | Milliy tadqiqot universiteti |
Asos solingan sanasi | 1934 |
Rektori | Bahodir Mirzayev |
Fakultetlar | 7 [2] |
Talabalari | 4860+[3] |
Bakalavriat | 40 [4] |
Magistratura | 32 [4] |
Fan doktorlari | 195 nafar[4] |
Professorlari | 70 nafar[4] |
Manzili | |
Veb-sayti | tiiame.uz |
Institutda: Gidromelioratsiya; Gidrotexnika qurilishi, Qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash; Iqtisodiyot; Energetika, Yerdan resurslari va kadastr fakultetlari, Ekologiya va huquq hamda magistratura va sirtqi boʻlim bor, ularda suv xoʻjaligi va melioratsiya; suv xoʻjaligi inshootlari; ekologiya va atrof muhit muhofazasi; suv resurslari va ularni boshqarish; suv xoʻjaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash; suv xoʻjaligida avtomatlashtirish va telemexanika; kasb taʼlimi; iqtisodiyot; buxgalteriya hisobi va audit; menejment; yer tuzish va yer kadastri kabi yoʻnalishlar boʻyicha 40 ta mutaxasislik hamda magistratura boʻlimida 32 ta mutaxassislik boʻyicha kadrlar tayyorlanadi. Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanida maydoni 1609 ga boʻlgan oʻquv tajriba xoʻjaligiga ega. 2003/04-oʻquv yilida institutda 5 mingdan ortiq talaba oʻqidi. 30 dan ziyod kafedralarda 500 ga yaqin professor oʻqituvchilar, shu jumladan 41 fan doktori professorlar 200 ga yaqin fan nomzodi va dotsentlar ishladi. Shuningdek, institut tarkibida oʻquv, oʻquv-uslubiy, malaka oshirish, xalqaro aloqalar, ilmiy tadqiqot, nashriyot, aspirantura va doktorantura boʻlimlari, kutubxona (630 ming asar) bor. Institut huzurida Buyuk Britaniyaning London shahridagi Instituternational House London litseyi taʼsischi boʻlgan iqtisodiyot va xorijiy tillar yoʻnalishi boʻyicha Instituternational House Tashkent va tabiiy fanlar yoʻnalishidagi akademik litseylar faoliyat koʻrsatadi. Institutda A.N.Askochenskiy, Y.A.Zamarin, Yanishevskiy, T.N.Qori-Niyoziy kabi yirik olimlar ishlagan. Professorlar Sh.U.Yoʻldoshev, A.A.Rachinskiy, E.F.Fayziboyev, Sh.Murodov, T.S.Xudoyberdiyev va boshqa olimlar faoliyat koʻrsatmoqdalar. Institut tashkil etilgandan buyon xalq xoʻjaligi tarmoqlari uchun 52 mingdan ziyod mutaxassis tayyorlandi. Institut huzurida nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha ixtisoslashgan kengash ishlaydi. Institut bir necha nufuzli oliy oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari AQShning Vashington, Ayova, Niderlandiyaning Vageningen, Buyuk Britaniyaning Lisfasi, Germaniyaning Gamburg universitetlari bilan ilmiy aloqa oʻrnatgan va talabalar, professor oʻqituvchilar almashinish, ilmiy-tadqiqot grantlari olish yoʻlga qoʻyilgan.
Bakalavriat yoʻnalishlari
tahrir"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti 2023/2024 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari(kunduzgi ta’lim) (Wayback Machine saytida 2024-03-11 sanasida arxivlangan) | |
Shifr | Ta’lim yo‘nalishlari nomi |
60112400 | Professional ta’lim: qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish |
60112400 | Professional ta’lim: yer kadastri va yer tuzish |
60230100 | Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili |
60310100 | Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
60410100 | Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) |
60410800 | Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
60420100 | Yurisprudensiya: transchegaraviy suv munosabatlari |
60420100 | Yurisprudensiya: yer munosabatlari |
60530800 | Gidrologiya (daryo va suv omborlari gidrologiyasi) |
60531000 | Mexanika va matematik modellashtirish |
60610600 | Dasturiy injiniring |
60610700 | Sun’iy intellekt |
60710400 | Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
60710600 | Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) |
60710800 | Gidroenergetika |
60711000 | Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha) |
60711300 | Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha) |
60711400 | Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha) |
60711500 | Mexatronika va robototexnika |
60713300 | Aerokosmik texnologiyalar va barqaror rivojlanish (faoliyat turlari bo‘yicha) |
60720600 | Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha) |
60722600 | Geodeziya va geoinformatika |
60722700 | Yerni masofaviy zondlashda innovatsion texnologiyalar |
60722800 | Kadastr (faoliyat turlari bo‘yicha) |
60722900 | Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi (turlari bo‘yicha) |
60730900 | Gidrotexnika qurilishi (turlari bo‘yicha) |
60810100 | Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish |
60810300 | Qishloq va suv xo‘jaligida texnik servis |
60810400 | Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash |
60811300 | Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha) |
60812300 | Suv xo‘jaligi va melioratsiya |
60812400 | Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish |
60812500 | Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish |
60812600 | Meliorativ gidrogeologiya |
60812900 | Suv ta’minoti muhandislik tizimlari |
60813000 | Suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish |
60813100 | Er kadastri va yer tuzish |
61010400 | Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) |
61020200 | Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha) |
Fakultetlar va kafedralar
tahrirGidromeloratsiya fakulteti
tahrir- Gidravlika va gidroinformatika
- Gidrologiya va gidrogeologiya
- Irrigatsiya va melioratsiya
- Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish
- Fizika va kimyo
- Professional ta’lim
- Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash
- Hayot faoliyati xavfsizligi
- Ekologik geoaxborot markazi
Gidrotexnika qurilishi fakulteti
tahrir- Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari
- Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar
- Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
- Mexanika va kompyuterli modellashtirish
- Qurilishni tashkillashtirish va texnologiyasi
Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash fakulteti
tahrir- Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari
- Traktorlar va avtomobillar
- Muhandislik tizimlarni boshqarish
- Umumtexnik fanlar
Ekologiya va huquq fakulteti
tahrir- Ekologiya va suv resurslarini boshqarish
- Gumanitar fanlar
- O‘qitish nazariyasi va metodikasi
- Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt
Energetika fakulteti
tahrir- Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari
- Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish
- Elektrotexnika va mexatronika
- Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi
Yer resurslari va kadastr fakulteti
tahrir- Yer resurslarini boshqarish
- Geodeziya va geoinformatika
- Davlat kadastrlari
- Tuproqshunoslik va dehqonchilik
- Oliy matematika
Iqtisodiyot fakulteti
tahrir- Iqtisodiyot
- Buxgalteriya hisobi va audit
- O‘zbek tili va adabiyoti
- Axborot texnologiyalari
- Ingliz tili
Mashhur bitiruvchilari
tahrir- ↑ „Tashkent Institute of Irrigation and Melioration“ (inglizcha). University Directory. Qaraldi: 17-iyul 2014-yil.
- ↑ {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda
sarlavha=
parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“. - ↑ {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda
sarlavha=
parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“. - ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda
sarlavha=
parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.