Birinchi Jahon urushi

Jahon urushi (1914-1918)
(1-jahon urushidan yoʻnaltirildi)

Birinchi jahon urushi (28-iyul 1914 — 11-noyabr 1918) — odamzod tarixidagi eng yirik qonli urushlardan biridir.

Urushning rasmiy sababi Saraevo voqealari sabab boʻlgan, bu yerda 28-iyul 1914-yili oʻn sakkiz yoshli serbiyalik millatchi, student Gavrilo Princip tomonidan Avstriya-Vengriya imperiyasi taxti vorisi Franz Ferdinand va uning rafiqasi Sophie Chotek oʻldirilgan.

Birinchi jahon urushida qatnashgan mamlakatlar ikkita harbiy-siyosiy guruhga boʻlingan:

Birinchi jahon urushida dunyoning 38 davlati ishtirok etdi. Ularda 1,5 mlrd. dan ortiq aholi yashar edi. Urushga 74 mln. ga yaqin kishi safarbar etildi. Jami 10 mln. kishi oʻldirildi, 20 mln kishi esa yarador bʻoldi. Bundan tashqari, juda koʻp kishilar kasallik va ochlikdan oʻlib ketdi. Birinchi jahon urushida uning asosiy ishtirokchilari boʻlgan davlatlar oʻz milliy boyliklarining uchdan bir qismini yoʻqotdilar.[1]

Birinchi jahon urushi tufayli Rossiya imperiyasida Fevral va Oktabr inqiloblari va Germaniya imperiyasida Noyabr inqilobi boʻlib oʻtdi. Rossiya imperiyasi, Avstriya-Vengriya imperiyasi, Usmoniylar imperiyasi va Germaniya imperiyasi urush tufayli yoʻq boʻldi.

Urushda qatnashganlar

tahrir

Pastroqdagi jadvalda davlatlar urush eʼlon qilgan vaqtlari koʻrsatilgan. Sariq tusda diplomatik aloqalar uzilganini bildiradi, aslida urush eʼlon qilinganini emas.

Urush eʼlon qilish xronologiyasi

tahrir
Sana Kim eʼlon qilgan Kimga eʼlon qilgan
1914
28-iyul Avstriya-Vengriya Avstriya-Vengriya Serbiya Qirolligi Serbiya
1-avgust Germaniya imperiyasi Germaniya Rossiya imperiyasi Rossiya
3-avgust Germaniya imperiyasi Germaniya Fransiya Fransiya
4-avgust Germaniya imperiyasi Germaniya Belgiya Belgiya
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Birlashgan Qirollik Germaniya imperiyasi Germaniya
5-avgust Qoratogʻ Qirolligi Qoratogʻ Avstriya-Vengriya Avstriya-Vengriya
6-avgust Avstriya-Vengriya Avstriya-Vengriya Rossiya imperiyasi Rossiya
Serbiya Qirolligi Serbiya Germaniya imperiyasi Germaniya
9-avgust Qoratogʻ Qirolligi Qoratogʻ Germaniya imperiyasi Germaniya
11-avgust Fransiya Fransiya Avstriya-Vengriya Avstriya-Vengriya
12-avgust Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Birlashgan Qirollik Avstriya-Vengriya Avstriya-Vengriya
22-avgust Avstriya-Vengriya Avstriya-Vengriya Belgiya Belgiya
23-avgust Yaponiya imperiyasi Yaponiya Germaniya imperiyasi Germaniya
25-avgust Yaponiya imperiyasi Yaponiya Avstriya-Vengriya Avstriya-Vengriya
1-noyabr Rossiya imperiyasi Rossiya Usmoniylar imperiyasi Usmoniylar imperiyasi
2-noyabr Serbiya Qirolligi Serbiya Usmoniylar imperiyasi Usmoniylar imperiyasi
3-noyabr Qoratogʻ Qirolligi Qoratogʻ Usmoniylar imperiyasi Usmoniylar imperiyasi
5-noyabr Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Birlashgan Qirollik
Fransiya Fransiya
Usmoniylar imperiyasi Usmoniylar imperiyasi
1915
23-may Italiya Qirolligi Italiya Avstriya-Vengriya Avstriya-Vengriya
3-iyun San Marino San-Marino Avstriya-Vengriya Avstriya-Vengriya
21-avgust Italiya Qirolligi Italiya Usmoniylar imperiyasi Usmoniylar imperiyasi
14-oktyabr Bolgariya Qirolligi Bolgariya Serbiya Qirolligi Serbiya
15-oktyabr Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Birlashgan Qirollik
Qoratogʻ Qirolligi Qoratogʻ
Bolgariya Qirolligi Bulgaria
16-oktyabr Fransiya Fransiya Bolgariya Qirolligi Bolgariya
19-oktyabr Italiya Qirolligi Italy
Rossiya imperiyasi Rossiya
Bolgariya Qirolligi Bolgariya
1916
9-mart Germaniya imperiyasi Germaniya Portugaliya Portugaliya
15-mart Avstriya-Vengriya Avstriya-Vengriya Portugaliya Portugaliya
27-avgust Ruminiya Qirolligi Ruminiya Avstriya-Vengriya Avstriya-Vengriya
Italiya Qirolligi Italiya Germaniya imperiyasi Germaniya
28-avgust Germaniya imperiyasi Germaniya Ruminiya Qirolligi Ruminiya
30-avgust Usmoniylar imperiyasi Usmoniylar imperiyasi Ruminiya Qirolligi Ruminiya
1-noyabr Bolgariya Qirolligi Bolgariya Ruminiya Qirolligi Ruminiya
1917
6-aprel Qoʻshma Shtatlar Birlashgan Qirollik Germaniya imperiyasi Germaniya
7-aprel Kuba Cuba
Panama Panama
Germaniya imperiyasi Germaniya
10-aprel Bolgariya Qirolligi Bolgariya Qoʻshma Shtatlar AQSh
13-aprel Boliviya Boliviya Germaniya imperiyasi Germaniya
20-aprel Usmoniylar imperiyasi Usmoniylar imperiyasi Qoʻshma Shtatlar AQSh
2-iyul Gretsiya Qirolligi Gretsiya Germaniya imperiyasi Germaniya
Avstriya-Vengriya Avstriya-Vengriya
Usmoniylar imperiyasi Usmoniylar imperiyasi
Bolgariya Qirolligi Bolgariya
22-iyul Tailand Siam Germaniya imperiyasi Germany
Avstriya-Vengriya Austria-Hungary
Usmoniylar imperiyasi Ottoman Empire
4-avgust Liberiya Liberiya Germaniya imperiyasi Germaniya
14-avgust Republic of China (1912–1949) Xitoy Germaniya imperiyasi Germaniya
Avstriya-Vengriya Avstriya-Vengriya
6-oktyabr Peru Peru Germaniya imperiyasi Germaniya
7-oktyabr Urugvay Urugvay Germaniya imperiyasi Germaniya
26-oktyabr Braziliya Braziliya Germaniya imperiyasi Germaniya
7-dekabr Qoʻshma Shtatlar AQSh Avstriya-Vengriya Avstriya-Vengriya
7-dekabr Ekvador Ekvador Germaniya imperiyasi Germaniya
10-dekabr Panama Panama Avstriya-Vengriya Avstriya-Vengriya
16-dekabr Kuba Kuba Avstriya-Vengriya Avstriya-Vengriya
1918
23-aprel Gvatemala Gvatemala Germaniya imperiyasi Germaniya
8-may Nikaragua Nikaragua Germaniya imperiyasi Germaniya
Avstriya-Vengriya Avstriya-Vengriya
23-may Kosta Rika Kosta Rika Germaniya imperiyasi Germaniya
12-iyul Gaiti Gaiti Germaniya imperiyasi Germaniya
19-iyul Honduras Gonduras Germaniya imperiyasi Germaniya
10-noyabr Ruminiya Qirolligi Ruminiya Germaniya imperiyasi Germaniya

Urush boshlanishi kezidagi qurolli kuchlar ahvoli [2]

tahrir

Quruqlik harbiy kuchlari

tahrir

Quyidagi jadvalda faqatgina urush boshidagi quruqlikdagi qoʻshinlar haqida birmuncha statistika maʼlumotlarini beradi. Aslida, bir mamlakatning harbiy kuchlarini toʻliq aytib boʻlmaydi, bu bir qator omillarga bogʻliqdir. Jahon urushi boshlanishida bitta ham mamlakat undagi urush oʻlchamini va necha yil davom etishini oldindan nima boʻlishini bilib bo'lmas edi.

Birinchi jahon urushi kezidagi quruqlik, dengiz va havo kuchlari nisbatan koʻrsatilgan.

Mamlakatlar Aholi soni 1914-yili Quruklikdagi harbiy kuchlar
Tinchlik davridagi harbiy kuchlar Harbiy kuchlar urush boshlanishida Yengil qurollar soni Ogʻir qurollar soni Safarbarlik tugagan kezidagi harbiy kuchlar soni
Muntazam qoʻshinlar Jangchilar soni urush boshlanishida Diviziyalar soni
Piyoda askarlar Otliq askarlar
Antanta
Rossiya Imperiyasi 169 400 000 1 284 155 2 500 000 122 36½ 6848 240 5 460 955
Fransiya 39 600 000, koloniyalarida 55 500 000 884 000 2 689 000 92 10 3960 688 3 781 000
Britaniya imperiyasi 47 000 000, koloniyalarida 393 500 000 411 400

Hindiston armiyasi bilan

566 778, rezerv, diviziya va ekspeditsiya qoʻshinlari bilan 6 1 1226 126 1 000 000
Belgiya 7 700 000, koloniyalarida 15 000 000 100 000 166 000 6 1 656 85 175 000
Serbiya qirolligi 4 500 000 52 000 247 000 12½ 1 564 380 000
Qoratogʻ qirolligi 440 000 2 000 60 000 104 60 000
Jamida 248 640 000, koloniyalarda 464 000 000 2 733 555 6 228 778 238½ 49½ 12 132 1 013 10 856 955
Markaziy davlatlar
Germaniya imperiyasi 64 900 000, koloniyalarda 12 300 000 768 000 2 147 000 121½ 11 7 312 2 076 3 822 000
Avstriya-Vengriya imperiyasi 52 800 000 478 000 1 421 250 49½ 11 3 920 168 2 300 000
Jamida 117 700 000, koloniyalarda 12 300 000 1 246 000 3 568 250 171 22 11 232 2 244
Mamlakatlar Aholi soni 1914-yili Muntazam qoʻshinlar Jangchilar soni urush boshlanishida Piyoda askarlar Otliq askarlar Yengil qurollar soni Ogʻir qurollar soni Safarbarlik tugagan kezidagi harbiy kuchlar soni
Diviziyalar soni
Tinchlik davridagi harbiy kuchlar Harbiy kuchlar urush boshlanishida
Quruklikdagi harbiy kuchlar

Dengiz harbiy kuchlari

tahrir

* Qurilib boʻlganlari

** Qurilayatganlari

Mamlakatlar Dengiz harbiy kuchlari Odamlar soni
Jangovar kemalar, drednoutlar va drednout-kreyserlar 2-turdagi kreyserlar 3-turdagi kreyserlar Yengil tez yurar kreyserlar Qiruvchilar Suv osti kemalari Tinchlik davridagi ekipaj soni Harbiy-oʻqitilganlar soni Safarbarlik qilinganlar soni Havo kuchlari (samolyot)
* ** * ** * ** * ** * ** * **
Antanta
Rossiya Imperiyasi 11 2 6 2 4 30 45 13 14 59 500 5 650 000 19 000 000 216
Fransiya 3 4 9 11 3 54 3 35 21 69 500 5 067 000 6 300 000, koloniyalarda 1 394 000 162
Britaniya imperiyasi 29 13 10 30 31 20 98 29 47 24 151 000 1 203 000 4 970 000, koloniyalarda 4 526 000 30
Belgiya 3 800 000
Serbiya qirolligi 440 000 750 000
Qoratogʻ qirolligi 50 000
Jamida 32 28 21 47 36 24 182 77 95 59 280 000 12 360 000 41 290 000 408
Markaziy davlatlar
Germaniya imperiyasi 18 8 20 16 6 97 24 20 23 79 000 4 900 000 13 150 000 232
Avstriya-Vengriya imperiyasi 3 1 3 6 4 18 4 4 23 000 3 000 000 9 000 000
Jamida 21 9 3 26 20 6 115 24 24 27 102 000 7 900 000 22 150 000 232
* ** * ** * ** * ** * ** * ** Tinchlik davridagi ekipaj soni Harbiy-oʻqitilganlar soni Safarbarlik qilinganlar soni Havo kuchlari (samolyot)
Mamlakatlar Jangovar kemalar, drednoutlar va drednout-kreyserlar 2-turdagi kreyserlar 3-turdagi kreyserlar Yengil tez yurar kreyserlar Qiruvchilar Suv osti kemalari
Dengiz harbiy kuchlari Odamlar soni

Dastlabki hodisalar

tahrir

Urush boshlanishidan oldin Yevropadagi buyuk davlatlar — Germaniya, Avstriya-Vengriya, Italiya, Fransiya, Britaniya, Rossiya orasida qarama qarshiliklar yuzaga kelgan edi.

Germaniya imperiyasi 18701871-yillarda Fransiya-Prussiya urushi tufayli yuzaga kelganda, u boshidan Yevropa mintaqasida siyosiy va iqtisodiy hukmron boʻlishni holamagan edi. Uning yaratuvchisi Otto fon Bismark Germaniyadagi geografik ahvolni va qoʻshni davlatlar iqtisodiy va harbiy kuchliligini tushunar edi, u bunday dedi:

Kuchli Germaniya faqatgina uni tinch qolidirshlarini va dunyoda rivojlanishni berishishini istaydi, shu sababdan u kuchli armiyaga ega boʻlishi kerak, sababi kimning qoʻlida qilich boʻlsa, unga hech kim hujum qilishni istamaydi… Hamma davlatlar, shu tarizda Fransiya bizdan muhtojdir, qancha tarizda mumkin boʻlsa ular koalitsiya tuzushdan va bir biri bilan raqib boʻlishdan bosh tortadilar[3]

Ammo 188-yillar oʻrtasiga kelib Germaniya iqtisodiy va harbiy tarizda kuchli boʻldi va Yevropada ustunlik boʻlishga kurashdi. Germaniya mustamlaka ekspansiyalashga kech kirishdi va deyarli mustamlakalarsiz qoldi, shu sababdan Germaniya kapitali bozor kasodisiz qoldi. Bundan tashqari Germaniyada tez oʻsib borayotgan aholisiga hayot boʻshligʻi yetishmayotgan edi va oziq-ovqat taqchiligi yuzaga kelgan edi. Germaniya foydasi va kapitali uchun dunyoni oʻzgartirish kerak edi. Bu Germaniya Yevropa mintaqasida ustun turushi kerak edi va Buyuk davlatlarni tor mor etish kerak edi, bundan tashqari ular dunyoni boʻlib boʻlishgan edi: Rossiya, Fransiya v Germaniya.

XIX-asr oxirida Germaniyaning tajovuz rejalari qoʻshni mamlakatlarga oydinlashib bora berdi. Shu sababdan 1891-yili Rossiya va Fransiya harbiy ittifoq tuzishdilar, 1907-yilda esa Angliya ham bu ittifoga qoʻshildi. Bu davlatlar „Qalbiy hamjihatlik“ nomi bilan ittifoq tuzishdilar — Antanta

1878-yilda boʻlib oʻtgan Berlin kongressida Avstriya-Vengriya imperiyasi Bolqondagi Bosniya va Gersegovinani bosib olish huquqini qoʻlga kiritdi. Uning maqsadi bu hududni qulay imkoniyat tugʻulishi bilan bosib olish edi. Nihoyat, 1908-yilda Avstriya-Vengriya va Rossiya munosabatlari yanada keskinlashtirib yubordi. Jumladan, bu hodisa slavyan xalqlari orasida Rossiya obrosiga ham putur yetkazdi. Chunki, Rossiya Avstriya-Vengriya istilosining oldini ola olmadi. Bunga Germaniyaning AvstriyaVengriyani qoʻllab-quvvatlashi, uning Rossiyaga qarshi urush eʼlon qilishi mumkinligi haqidagi doʻp-poʻpsilari sabab boʻldi[4].

Yaqin Sharqda koʻp davlatlarning qiziqishi bor edi, I va II Bolqon urushidan soʻng Usmoniylar imperiyasining ahvoli yomonlashdi, imperiya boʻlinish arafasida edi. Germaniya Usmoniylar imperiyasining boʻlinishiga qarshi chiqa boshladi. Bundan tashqari Rossiya qanday qilib boʻlsa ham Usmoniylar Qora va Egey dengizlarida nazorat qilmasligiga qarshi chiqdi. Bu Rossiyani Oʻrta dengizga chiqishiga olib kelar edi.

Rossiya bosqinchilik siyosatining asosiy yoʻnalishlari Bolqon, Uzoq Sharq, Turkiyaga qarashli Qora denfiz bilan Oʻrta dengizni bogʻlovchi Dardanell va Bosfor boʻgoʻzlari hamda Oʻrta Osiyoda oʻz hukmronligini oʻrnatish edi.

Antanta ittifoqi (1907-yilda Rossiya-Fransiya ittifoqi, Angliya-Fransiya kelishuvi va Angliya-Rossiya kelishuvidan soʻng ittifoq rasmiylashtirilgan): Rossiya imperiyasi, Britaniya imperiyasi, Fransiya.

Uchlar ittifoqi: Germaniya imperiyasi, Avstriya-Vengriya imperiyasi, Italiya qirolligi.

Ammo Italiya 1915-yilda Antanta tarafida urushga kirdi, lekin Germaniya va Avstriya-Vengriyaga urush kezida [[|Usmoniylar imperiyasi|Turkiya]] va Bolgariya qirolligi qoshilishdilar, Toʻrtlar ittifoqi tashkil etildi (yoki Markaziy davlatlar).

Birinchi jahon urushi boshlanishi

tahrir

Urush boshlanishidagi harbiy kuchlar

tahrir

Birinchi jahon urushida arafasida Fransiya Yevropadagi eng kuchli armiyaga ega edi (mustamlaklar qoʻshinlarini hisoblaganda) — 882 907 odam. Buning sababi 7-avgust 1913 yilda tasdiqlangan qonun edi, bu qonunda hizmat muddati 2 yildan 3 yilgacha koʻpaytirildi va chaqirish yoshi 21 yoshdan 20 yoshgacha tushirilgan edi. Germaniya armiyasida ham deyarli shuncha miqdorda odamlar bor edi.

Saraevodagi qotillik

tahrir
Fayl:Corriere della Sierra - La Domenica del corriere 1914 07 05.jpg
1914-yil 28-iyunda Sarayevoda Frans Ferdinandga nisbatan uyushtirilgan suiqasd.

28-iyun 1914-yili Frans Ferdinand Bosniya poytaxti Saraevoga tashrif buyuradi. U anneksiyalangan Bosniya va Gertsegovina hududlarini koʻrishga keladi, u bilan birga uning rafiqasi Sofiya Xotek bor edi. Olti odam guruhi (Cvjetko Popović, Gavrilo Princip, Muhamed Mehmedbašić, Nedeljko Čabrinović, Trifko Grabež, Vaso Čubrilović) „Yosh Bosniya“ tashkilotidan edi. Ular eksgertsoga suiqasd uyushtirishlari kerak edi. Eksgertsogning namoyishi kezida u rafiqasi bilan mashinada ketayotganda Čabrinović mashinaga granata uloqtiradi, ammo granata tegmaydi. Ayrim odamlar yaqin atrofda portlashdan jabrlanadilar, ammo Ferdinandning namoyishi davom etadi.

Bir soat oʻtib Ferdinand kasalxonadan chiqdi, u yerda u kasallarni tashrif buyurgan edi. Uning kuzatib boruvchi soqchilari adashib boshqa koʻchaga ketdi va u yerda 19 yoshli bosniyalik serb millatchisi Gavrilo Princip turgan edi. U Frans Ferdinandni va rafiqasi Sofiyani otib oʻldiradi.

Frans Ferdinand Avstriya-Vengriya imperiyasining taxti vorisi deb hisoblanar edi. U slavyanofil boʻlgan va u Avstriya, Vengriya, Slavyan yerlarida Gabsburlar tomonidan federatsiyalar tuzushligiga tarafdor bolgan, Avstriya-Vengriya federatsiya oʻrniga.

Gavrilo Princip „Yosh Bosniya“ tashkilot aʼzosi boʻlgan, bu tashkilot 1912-yili Italiyaning „Yosh Italiya“ inqilobiy tashkilotiga oʻxshash asosida tuzilgan va ular hamm junubiy slavyan yerlarini birlashishtirish uchun kurashganlar. Buyuk Serbiya davlatini tuzishmoqchi boʻlganlar.

Iyul inqirozi

tahrir

5-iyul Germaniya imperiyasi Serbiya bilan urush boʻlsa Avstriya-Vengriyani qoʻllab-quvvatlashishi haqida rasmiy xabar berdi. Saraevodagi qotillikni ular Yevropada urush boshlanishi uchun bahona qilib ishlatishdilar.

23-iyul Avstriya-Vengriya hukumati Serbiyaga juda haqoratli talabalar qoʻyilgan ultimatum yubordi. Bu ultimatumda oʻnta talabalar bor edi va ultimatumni bajarish uchun 48 soat berildi. Serbiya hukumati ultimatuming faqat birgina talabiga, yaʼni suiqasd yuzasidan oʻtkaziladigan tergov ishlarini Avstriya-Vengriya davlat huquqiy idoralari olib borishiga rozilik bermadi. Bundan keying Avstriya Serbiya bilan diplomatik aloqalarini uzdi.

25-iyul kuni Serbiya safarbarlikni eʼlon qildi, bu Avstriya-Vengriya yuborilgan ultimtumga javob boʻldi.

26-iyul kuni Avstriya-Vengriya ham safarbarlikni boshladi, Rossiya va Serbiya chegaralarida qoʻshinlar yuborildi.

28-iyul Avstriya-Vengriya Serbiyaga urush eʼlon qildi va Serbiya chegaralarini bosib oʻtdi. Belgrad shahrida Avstriya-Vengriya ogʻir artilleriya bilan otishni boshladi. Rossiya Serbiyani bosib olishlariga yoʻl qo'ymasligini eʼlon qildi.

29-iyul Nikolay II Vilgelm IIga telegram yubordi, u yerda „Avstriya-Serbiya mojarosini Gaaga konferensiyasi hal qilishsin“ degan taklif yuborildi. Vilgelm II bu telegramaga javob bermadi[5][6][7][8][9][10].

29-iyul Germaniya armiyasida taʼtil bekor qilindi.

30-iyul kuni Fransiyada qisman safarbarlik boshlandi.

31-iyul kuni Rossiya imperiyasida hamma armiya qoʻshinlari safarbarligi boshlandi.

Shu kuni yoq Germaniyada „urush ahvoli“ haqida eʼlon qilindi. Germaniya Rossiyaga ultimatum yobordi: armiyaga chaqirishni toʻxtatish, yoki Germaniya Rossiyaga urush eʼlon qiladi. Fransiya, Avstriya-Vengriya va Germaniya umumiy safarbarlikni eʼlon qildilar. Germaniya oʻz qoʻshinini Fransiya va Belgiya chegaralariga yuboradi.

Ertalab 1-avgust kuni Angliya bosh vaziri Edward Grey Germaniya bilan Rossiya oʻrtasida urush boʻlsa, Angliya aralashmasligi haqida Germaniya elchisiga soʻz berdi, faqatgina Fransiyaga urush eʼlon qilinmasa [11]. Bundan uch kun oldin 28-iyul kuni Germaniya kansleri Angliyaga fransuz hududlarini bosib olmasligini aytgan edi sharti faqatgina u urushga aralashmasa. Grey 30-iyul kuni bu „sharmandalik taklifni“ Jamoalar palatasida" rad qildi[12].

1-avgust kuni Germaniya Rossiyaga urush eʼlon qildi, shu kuni yoq nemis armiyasi Lyuksemburgga kirib boradi.

2-avgust kuni Germaniya Lyuksemburgni toʻliq bosib oldi. Belgiyaga nemis qoʻshinlarini Fransiya chegarasiga qoʻyib yuborishi haqida ultimatum qoʻyadi. Bu taklifga 12 soat berildi.

3-avgust kuni Germaniya Fransiyaga urush eʼlon qildi, uni „Germaniyaga uyushtirilgan hujum va havo bombardirovkasi“ va „Belgiya neytraliteti buzilganligi“da aybdor qildi.

3-avgust kuni Belgiya Germaniya ultimatumiga qarshi chiqdi.

4-avgust kuni Germaniya qoʻshinlari Belgiyaga kirib bordilar. Belgiya qirolli Albert davlatlardan yordam soʻradi, Belgiya neytralitetiga kafolat berganlardan, London Berlinga ultimatum yubordi: Belgiyaga bostirib kirishni toʻxtatish haqida, boʻlmasam Angliya Germaniyaga urush eʼlon qiladi. Ultimatum taklifi oʻtib boʻlgandan soʻng Birlashgan Qirolli Germaniyaga urush eʼlon qiladi va Fransiyaga yordam tarifida qoʻshinlarini yubordi.

6-avgust kuni Avstriya-Vengriya Rossiyaga urush eʼlon qildi.

1914-yilgi voqealar

tahrir

Urush 1914-yili ikki frontga bolindi. Asosiy urush voqealari Fransiya va Rossiya hududlarida, yana Balqon (Serbiyada), Kavkaz, Yaqin Sharqda boʻldi (1914-yildan boshlab), Yevropa mamlakatlarining mustamlakalarida — Afrika, Xitoy va Okeaniyada ham boʻldi. 1914-yili hamma urushda qatnashgan mamlakatlar urushni nechadir oy ichida hujum orqali tugatmoqchi edi, ammo ular urush bunchalikga soʻzilib ketishini bilmagan edi.

Jangovar jarayon harakatlari

tahrir

Fransiyada boʻlgan urush harakatlari — Gʻarbiy front

tahrir
Urush boshlanishiga oyid dushmanlarning strategik rejalari
tahrir

Germaniya urush boshlanishida yaxshigina tayyorgarlik koʻrgan edi, u Shliffen rejasi bilan Fransiyani darhol bosib olishi kerak edi, oldidan Rossiya safarbarlik qilmasidan va oʻz qoʻshinlari chegaraga yubormasidan oldin. Hujum Belgiya hududian rejalashtirilgan edi (bu bilan Fransiya kuchlaridan oʻtsa boʻlar edi), Parijni oldindan 39 kun ichida olish kerak edi.

Qisqa qilib etganda bu reja Vilgelim II bilan aytilgan edi: „Bizning tushligimiz Parijda boʻladi, nonushtaniz esa — Sankt-Peterburgda“. 1906-yili bu reja oʻzgartirilgan edi (Germaniya bosh shtab generali kenja Moltke rahbarligida) va bu rejada unchalik koʻp oʻzgarishliklar boʻlmadi — Asosiy qoʻshinlarni bar bir ham Sharq frontida qoldirish kerak edi, Belgiya orqali hujum qilish, ammo urushga aralashmaydigan Niderlandiyaga tegilmaslgi kerak edi.

Fransiya esa oʻz harbiy doktrinasini (17-Reja deb nom olgan) Elzas-Lotaringiya ozod qilinishidan boshlanishi kerak edi. Fransuzlar Germaniya asosiy kuchlari Elzasga qarshi boʻladi deb kutgan edilar.

Germaniya harbiy kuchlar Belgiya bostirib kirishi
tahrir

4-avgust kuni Shliffen rejasiga koʻra Germaniya qoʻshini Belgiya chegarasidan oʻtdi va uning ichkarisiga qarab yoʻl oldi. Belgiya armiyasi nemis armiyasidan oʻn baravar kamroq edi va ular toʻsatdan nemis armiyasiga qarshi chiqdilar, ammo hujumchilarni toʻxtatib qololmadi. Germaniya armiyasi Belgiya qalʼalaridan oʻtdi va ularni toʻsib oldi: Lej (16-avgust kuni boy berildi, Lej hujumi), Namur qalʼasi (25-avgust kuni boy berildi, Namur qamali) va Antverpen qalʼasi (9-oktyabr kuni boy berildi), — Germaniya armiyasi Belgiya armiyasini haydab yurdilar va 20-avgustda Bryusselni bosib oldilar, shu kuni yoq ular ingliz-fransuz kuchlariga toʻqnashdilar. Belgiya hukumati Fransiyaning shimolda joylashgan Havr shahriga qochdilar. Belgiya qiroli I Albert (Belgiya qiroli) hujum qila oladigan harbiylar bilan Antverpen qalʻasini himoya qildi (Antverpen qamalini koʻring).

Germaniya Belgiyaga urush eʼlon qilmay bosib bordi, buni Germaniya bosh shtab rahbari kichik Moltke zarurati kerak emasligini aytdi: „Urush eʼlon qilish keragi yoʻqdir, sababi hukumat rahbariyati boʻlayatgan voqealarni tushunadi[13]

Fransiya qoʻmondonligiga Belgiyaga bostirib kirish kutilmaganlik boʻldi. Ammo fransuzlar oʻz qoʻshinlar yuborishni tashkil qiloldi, nemislar rejasidan koʻra tezroq buni qiloldilar.

Elzas va Lataringi voqealari
tahrir

7-avgust kuni fransuz kuchlarining 1-chi va 2-chi armiyasi Elzasga hujum uyushtirdilar, 14-avgustda esa Lotaringiyaga. Bu hujum fransuzlar uchun juda muhum edi, sababi Elzas-Lotaringiya hududi Germaniya tomonidan Fransiya-Prussiya urushida magʻlubiyatdan soʻng 1871-yili torib olingan edi. Fransiya armiyasi Germaniya hududiga kirib bordi, ular Saarbryukken (Lotaringiya operatsiyasini koʻring) va Myulhauzen (Myulhauzen jangini koʻring). Bundan tashqari Belgiyada nemis armiyasi hujum qilyotganda, fransuz armiyasining bir qismi u yerga tomon borishga majbur boʻldilar.

Davom etilgan javob zarbalaridan keying, fransuzlar avgustning oxirida chekinishga majbur boldilar, ular Germaniyada bosib olgan va ozgina Fransiya hudularini qoldirdilar.

Chegara jangi
tahrir

20-avgust kuni ingliz-fransuz va nemis qoʻshinlari Fransiya-Belgiya chegaraliga yaqinlashdilar. Chegarada jang boshlandi. Fransiya qoʻmondonligi urush boshlanishida Germaniya qoʻshinlari Belgiyaga bostirib kirishishini kutmagan edi, shu sababdan asosiy Fransiya qoʻshin kuchlari Elzas bilan chegarada toʻplangan edi. Germaniya armiyasi Belgiyada tajovuzligidan soʻng, fransuzlar qoʻshinlarni nemislar tarafiga oʻpirilish uchun yuborishni boshladilar, lekin nemislar qoʻshiniga yaqinlashgan vaqtda, ittifoqdoshlar qoʻshinlari tartibsizlik holatida boʻlgan edi. Fransuzlar va britanlar uchta alohida qarama qatnashsiz qoʻshin guruhlari bilan urushni boshlashga majbur boʻldilar. Belgiya hududida, Monsda, Britaniya ekspedtsion korpusi joylashgan edi, undan sharqiy-janub tarafda, Sharleruada 5-chi fransuz armiyasi bor edi. Ardennalarda Fransiya, Belgiya va Lyuksemburg chegarasi atrofida 3-chi va 4-chi fransuz armiyalari bor edi. Hamma uch ingliz-fransuz guruh qoʻshinlari juda oʻgir magʻlubiyatga uchradilar. (Mons urushi, Sharlerua urushi, Ardenna operatsiyasi (1914)ni qarang). 250 ming atrofida odamlarni yoʻqotgandan soʻng, nemislar shimoldan katta front bilan Fransiyaga bostirib kirishdilar, asosiy zarbani gʻarbda, Parijdan aylanib oʻtishda amalga oshirdilar, shu tariqa fransuz armiyasini qurshovga oldilar.

Germaniya armiyalari jadal olgʻa yurdilar. Angliya qoʻshinlari qirgʻoq tomonga chekindilar. Fransiya qoʻmondonligi Parijni nemislardan ushlab qolishni hisoblamadi va potaxtni berishga tayyorgarlik koʻrdi, hamma qoʻshinlarni esa Sena daryosidan uzoqlikga yubordilar. 2-sentyabr kuni Fransiya hukumati Bordoga qochdilar. Shahar mudofaasini general Gallieni boshqardi. Avgust oyida fransuz armiyasi magʻlubiyatga uchragandan soʻng, qoʻmondonlik qilgan general Joffra tezlikda oʻzini yomon koʻrsatgan generallarni almashtirishishga kirishdi (hammasidan 30 %gacha); fransuz generalitetini yangilash va yoshartirish keyinchalik juda yaxshi baholandi.

Marn jangi
tahrir

Germaniya armiyasini Parijni bosib olish va fransuz armiyasini qoʻrshovga ololmadi, sababi nemis armiyasining kuchi yetmadi va ular operatsiyani tugata olmadilar. Qoʻshinlar yuz kilometr janglarni bosib oʻtib juda ham charchadilar, aloqa yoʻllari choʻzilib ketdi, flanglarni va yangi paydo boʻlgan teshiklarni bekitish uchun hech narsa yoʻq edi, zaxiralar tugadi, u yoqqa, bu yoqqa fransuzlarni xaydash qiyinroq boʻldi, shu sababdan qoʻmondon bu taklifga kelishdi: fon Klyukning 1-chi qoʻshini yon tomon hiyla bajariyotganda, ular frontda hujumni qisartishlari va fransuz qoʻshinini Parijda aylanib oʻtish paytida chuqur oʻrab olmasliklari kerak edi, yaʼni Fransiya poytaxtining sharqida shimolroq tomoniga burilib va fransuz armiyasiga kuchli hujum qilishlari kerak edi. Parijning sharq shimolroq tomoniga burilayotganda, nemislar oʻzining qoʻshinini fransuzlar guruhiga orqa tomondan zarba qilish uchun yubordilar, fransuz armiyasi Parijni himoya qilayotgan edilar. Oʻng tomondagi qoʻshinni bekitish bilan orqa tomondan hech nima yoʻq edi. Ikkita korpus va ot diviziyalari boshidan guruh hujum qilishlari uchun moʻljalangan edi, ammo ular Sharqiy Prussiyaga Germaniya 8-chi qoʻshiniga yordam berishlari kerak edi, sababi ular magʻlubiyatga uchramoqda edi. Bundan tashqari Germaniya qoʻmondonligi borayotgan vaqtida oʻz hiylasiga muqarar edi: Parijga yetmasdan turib, raqibning harakatsizligiga ishonib qoʻshinlar sharq tomonga burildilar. Fransiya qoʻmondonligi kechiktirilmasdan Germaniya armiyasiga bekitilmagan qoʻshinlarga hujum uyushtirdilar. Shunday qilib Marnda birinchi jang boshlandi, ittifoqchilar oʻz foydasiga jangovar jarayonlarni amalga oshiroldilar, frontda Germaniya qoʻshinlarini Verdendan Amengacha 50-100 kilometrga magʻlub qiloldilar. Marndagi urush juda shiddatli boʻlgan edi, ammo uzoq davom etdi. Asosiy janglar 5-sentyabr kuni boshlandi, 9-sentyabr kuni esa Germaniya armiyasi magʻlubiyatga uchrashishi aniq bolgan edi, 12 —13 sentyabr kunlari nemis armiyalari Ena va Vel daryosi chegaralariga chekinishi tugadi. Chekinish haqidagi buyruqni tushunishlik bilan kutib olindi. Natijasida, shu vaqtgacha birinchi marotaba urush harakatlari nemis armiyasida magʻlubiyatlikga uchrashganidan soʻng, ular umidsizlik va tushkunlik ahvolida edi. [14] Marndagi jang hamma taraflar uchun juda katta ruhiy ahamiyatni bildirar edi. Fransuzlar uchun nemislar ustidan birinchi gʻalaba boʻldi, ular Fransiya-Prussiya urushida magʻlubiyatga uchraganlaridan soʻng, bu ustunlikni bildirar edi. Marndagi urushdan soʻng Fransiyada taslimchilik kayfiyatlari pasaydi. Inglizlar oʻz armiyasi yetarli kuchlikga egamasligini tushundilar va keyinchalik oʻz yollanishlarini Yevropada harbiy kuchlarini koʻpaytirishga kirishdilar va jangovar tayorgaligini kuchaytirdilar. Germaniyaning Fransiyani tez vaqtda tor mor qilish rejalari barbod boʻldi; boshchilik qilgan bosh shtab generali Moltke Falkenxayn bilan almashtirildi. General Joffra esa Fransiyada katta obroʻga ega boʻldi. Marndagi jang Fransiyadagi boʻlib oʻtgan voqealar orasida eng tengsiz voqealardan biri boʻldi, bindan keying ingliz-fransuz qoʻshinlari chekishni boshladilar, front stabillashdi, raqiblarning kuchlari esa tenglashdi.

„Dengizga qochish“. Flandriyadagi jang.
tahrir

Marndagi jang „Dengizga qochish“ jarayoniga oʻtdi. Yoʻllanib ikkala armiya bir birini yon boshidan oʻrab olishishiga harakat qilgan edi, buni deb front chizigʻida tutashishligiga olib keldi, Shimoliy dengizga tarqalib. Bu armiyaning harakatlari yalpoq, aholi zich, yoʻllar toʻyingan va temir yoʻllari ochiq joyda joylashgan edi, shuning uchun ular odatdan tashqari safarbarlik bilan farqlanar edi; toʻqnashuvlar front stabillashi bilan tugaganda, ikkala tomon oʻz qoʻshinlarini shimol tomonga, dengiz tarafga tez koʻchirishar edilar va janglar qaytadan keyingi bosqichda davom boʻlar edi. Birinchi bosqichda (sentyabr oyining ikkinchi yarimida) janglar Uaza va Somma daryo boʻylarida boʻlib oʻtdi, keying, ikkinchi bosqichda esa (29-sentyabr — 9-oktyabr), janglar Skarp daryosining yaqinida boʻldi (Arras jangi (1914) koʻring); uchinchi bosqichda urush Lillda boʻldi (10 — 15 oktyabr), Izer daryosida (18 — 20 oktyabr), Iprada (30-oktyabr — 15-noyabr). 9-oktyabr kuni Belgiya armiyasining qarshinligining oxirgi marta magʻlub boʻldilar — Antverpen, majaqlangan Belgiya qoʻshinlari ingliz-fransuz qoʻshinlariga qoʻshildilar, chetdagi shimoliy vaziyatni frontda egalab. 15-noyabrga kelib Parij va Shimoliy dengiz boʻshligida ikkala tomon tarafidan qoʻshinlar toʻlib ketdi, front stabillashdi, nemislarning kirib keluvchi imkoniyatlari tugamoqda edi va ikkala tomonlar vaziyatli jangga oʻtdilar. Antantaning ahamiyatli yutugʻini portlarni ushlab olganini etsa boʻladi, Angliya bilan qulay dengiz xabarlari uchun (avvalo Kale bilan)

Tomonlarning 1914-yilgi vaziyatlari
tahrir

1914-yilning oxiriga kelib Germaniya Belgiyani deyarli toʻliq bosib oldi. Front Ostende qirgʻogʻida boshlangan edi va toʻgri Iprning janub tomoniga yoʻllangan edi. Shunday qilib Antantada faqatgina Flandriyaning Ipr shahri bilan bir qismi qoldi, Lill nemislarga berildi. Keyin front Arrasdan Nuayongacha yoʻllangan edi (nemislar foydasiga), Langa sharq tomoniga qayirildi (fransuzlar foydasiga), keyin Suassonning shimol tarafiga (fransuzlar uchun). Bu yerda front Parijga yondashgan edi (taxminan 70 km) va bu yerdan Reyms orqali (fransuzlar foydasiga) Sharq tomonga yoʻllangan edilar va Verden mustahkamlangan tumanidan oʻtar edi. Fransuzlar yoʻqotgan hududlar duk shaklida 380 —400 km front uzunligida edi, chuqurligi eng keng joyda edi, 100 —130 km urushdan oldingi Fransiya chegaralari Parij tomonida. Bundan keying, Nansi tumanida, 1914-yilda boʻlgan mintaqada faol jang harakatlari tugagan edi, front keyinchalik Fransiya va Germaniya chegaralarida yoʻllangan edi. Neytral Shveysariya va Italiya (hozircha) urushda qatnashmagan.

 
Havo jangi
Fransiyada 1914-yili boʻlgan urush harakatlarining yakuni
tahrir

Bu harakatlar oʻzining joʻshqinligi bilan farq qilar edi. Yirik armiyalar ikkala tomondan faol va tez ustalik bilan harakat qilar edilar, bunga toʻyingan yollar tumanlarda tasir qildi. Qoʻshinlarning joylanishi yalpi frontni har doim ham hosil qilmas edi, qoʻshinlar uzoq vaqtli mudofaa chiziqlarini barpo qilmas edilar. 1914-yilning noyabriga kelib stabill chiziq fronti buklanishni boshladi. Ikkala tomonham oʻzining hujumkorlik vaziyatini yoʻqotdilar, xadaqlar va sim toʻsiqlar qurishishiga kirishdilar, ular har doim ishlatilishishiga kerak edi. Urush vaziyat fazosiga kirdi. Sababi Gʻarbiy frontning uzunligi (Shimoliy dengizdan Shveysariyagacha) 700 kmni tashkil etdi, qoʻshinlar zichligi esa Gʻarbiy frontdan koʻra u yerdan anchagina koʻp edi. Bu kampaniyaing xususiyati shiddatli harbiy harakatlar faqatgina frontning shimoliy yarimida boʻlgani edi (Verden mustahkamlangan tumanidan shimolroq), ikkala taraflar asosiy kuchlarini bir joyga toʻpladilar. Verden fronti va undan janubroq ikkala tarafdan ikkinchi darajali boʻlib hisoblanar edi. Fransuzlar yoʻqotgan hududlar (Pikardiya markazi boʻlib hisoblangan) juda zich va seraholi boʻlgan, bamisoli qishloq uy jaliliga va industial qarashiga nisbatan. 11-noyabr kuni Langenmark jangida nemislar hujum qilishdi, bu hujum oʻzi bilan jamoatchilikni hayron qoldirib, bemaʼnligini va odam umrini mensimaslik koʻrsatgan edi, ingliz pulyemotlari qisimlari tajribasiz yosh odamlardan olingan edi — studentlar va ishchilar. Shundan keying bosh qomondonlar shunga oʻxshash tartiblarni qaytarishni boshladilar, askarlar esa shu urushda „pushka goʻshti“ kabi koʻrinishga olindi.

1915-yilga kelib urushayotgan davlatlar urushdan oldin uyushtirilgan rejalari boy berganini anladilar, — urush juda uzoq choʻzilib ketdi. Germaniya Belgiyani deyarli toʻliq bosib olib va Fransiyaning ayrim qismini bosib olsa ham, — uning asosiy maqsadi — fransuzlarni jadal gʻolib qilish rejasi bajarib boʻlmasligi aniq boʻldi. Antantaga ham, Markaziy davlatlarga ham odamzod koʻrmagan urushni boshlashi kerak boʻldi — holsizlantiradigan, uzoq boʻladigan va odamlarni va iqtisodiyatni total safarbaligini majburiyatiga olib keldi. Urushdan oldingi yigʻilgan oʻq-dorilar faqatgina 1914-yilning oxirigacha yetdi va ularning ishlab chiqarishini tezda qoʻyish zarur boʻldi. 1914-yildagi ogʻir artilletiyalarning, Germaniyadan tashqari ahamiyatligini koʻrasatdi, urushdan oldin ularga baho berilamagan edi. Urush pozitsiyaga oʻtish munosabati bilan injener-sapyor askarlarning ahamiyati kuchaydi. Shundan tashqari urush qoʻrgʻonlarning nozikligini koʻrsatdi, ular dala askarlarigina boʻlsa mudofaa boʻlishi aniq boʻldi.[15]

Germaniyaning urushda muvaffaqiyatsizligi yana bir sabab boʻlgan edi — Italiya, Uchlik ittifoqining uchinchi aʼzosi, Germaniya va Avstro-Mojariston tomonida urushishdan bosh tortdi.

Sharqiy front

tahrir
 
"Rus bugʻli yaxmalagi" oʻz ostidan german armiyasini koʻtarmoqda — shunday qilib 1914-yilda fransuzlar koʻrganlar. Shu vaqtning pochta markasi

Sharqiy frontda urush 2(15)-avgustda boshlangan, nemis qoʻshinlari Kalishni bosib olgandan soʻng.

3 (16)-avgustda Chenstoxova bosib olindi.

Sharqiy-Prussiya operatsiyasi
tahrir

4 (17)-avgust rus armiyasi Sharqiy Prussiyaga hujum qilib chegaradan oʻtdi. 1-chi armiya Königsberg tomon sharqdan Mazur koʻllariga harakatni boshladi, 2-chi armiya — ulardan gʻarbdan. Birinchi haftada rus armiyalarining harakatlari omadli boʻlgan edi, 7 (20)-avgustda boʻlib oʻtgan Gumbinnen-Goldap jangi rus armiyasi foydasiga tugadi. Ammo rus armiyalari frontda qoʻmondonlarning boʻlib oʻtgan xatolari sabab gʻalaba samaralaridan foydalana olmadilar, ular vaziyatni xato baholashgan. 1-chi rus armiyasi hujum qilishni toʻxtatdilar, bu haqida radioefirda ochiq eʼlon qilingan edi va nemislar oʻz kuchini 2-chi rus armiyasiga jala etdilar. 13—17 (26-30)-avgust 2-chi armiya Aleksandr Samsonov Vasilyevich general Samsonov juda achinarli magʻlubiyatga uchradi, olti korpusdan ikkitasi aylanib olindi va asirlikka olindi. Nemis anʼansida bu voqealarni Tannenberg jangi deb nomlanadi. Shundan keying 1-chi rus armiyasi nemis armiyasi tomonidan aylanib olish xavfi boʻlgani sababli, oʻzining boshlangʻich pozitsiyasiga janglar bilan qaytdi va qaytish 3 (16)-sentyabr yakunlandi. Frontning komadiri Jilinskiy oʻz lavozimidan olindi. 1-chi armiyani qoʻmondonlik qilgan general Rennenkampf harakatlari omadsiz deb hisoblandi, bu oʻz mobaynida birinchi epizod boʻlib, nemis faniliyasi bilan boʻlgan generallarga ishonchizlikni olib keldi. Nemis anʼanalarida ushbu voqealar urush mobaynida ulugʻ gʻalaba boʻlib hisoblanib, shu yerda katta Tannenberg memoriali qurildi, keyinchalik shu yerda feldmarshal Gendenburg koʻmildi.

Galitsiyda jangi
tahrir

5 (18)-avgustda boshlangan boʻlib, rus armiyalarining harakatlangan kuchlari (5ta armiya) va ersgersog Fridrix qoʻmondonligida toʻrtda avstro-mojar armiyalari oʻrtasidagi miqyosi boʻyicha eng yirik harakatlangan kuchlar boʻlib hisoblanadi. Lvov markaziga hujumga ega boʻlib, rus armiyalari katta frontga (450 — 500 km) hujumga oʻtishdilar. Katta armiyalarning uzun boʻlgan frontda jang harakatlari koʻp mustaqil boʻlgan operatsiyalarga boʻlinib ketdi, ular hujum qilish kabi boʻlsa ham, chekinishlar ham ikki tomondan boʻldi.

Avstriyaning yug tomondagi chegarasida harakatlar rus armiyalari uchun nomuvofiq boʻlib keldi (Lyublin-Holmsk operatsiyasi). 19—20 avgustga (1-2 sentyabrga) kelib rus qoʻshinlari Polsha podshohligiga chekinishdilar, Lyublin va Helmga. Ruslarning hujumi 6 (19)-avgustda boshlandi va tezda oʻpirildi. Birinchi chekinishdan soʻng avstro-mojar armiylari Zolotaya Lipa va Gnilaya Lipa daryolari yonglarida keskin toʻsqinliklar koʻrsatdi. Ruslar 21-avgustda (3-sentyabrda) Lvovni bosib olishdi, 22-avgustda (4-sentyabrda) esa [[Galich (Ivano-Frankovsk viloyati|Galichni). 31-avgustgacha (12-sentyabrgacha) avstro-mojar armiyalari Lvovni qaytarib olish hujumlarini toʻxtatmadilar, hujumlar gʻarb va janubiy-shardan 30—50 km boʻlgan masofada boʻlib oʻtdi (Gorodok — Rava-Ruska), ammo ular rus armiyasining toliq gʻalabasi bilan yakunlandi. 11 (29)-sentyabrdan Avstriya armiyasining umumiy chekinishi boshlandi (koʻproq qochishga oʻxshar edi, sababi ruslardan chekinishi arzimas edi). Rus armiyasi yuqori hujum surʻatini saqlab, qisqa vaqtda juda katta va ahamiyatli boʻlgan Sharqiy Galitsiya va Bukovinaning ayrim qismnini bosib oldi. 13 (26)-sentyabrga kelib front gʻarbiy Lvovda, 120—150 boʻlgan masofada mustahkamlandi. Kuchli Avstriyaning Pshemisl qoʻrgʻoni rus armiyasining qamaliga tushdi (Pshemisl qamalini qarang).

Ushbu gʻalaba Rossiyada shod-xurramlikni olib keldi. Galitsiyani bosib loish Rossiyada istilo kabi emas, Rusning tarixiy yerlarini qaytarish kabi qabul qilindi (Galitsiya general-gubernatorligini qarang). Avstro-Mojariston oʻz armiyasining kuchligi ishonchi yoʻqotdi va keyinchalik Germaniyasiz katta operatsiyalarga tushishni tavvakal qilmadi.

Varshava boʻrtigʻida harbiy harakatlar
tahrir

Urushdan oldingi Rossiyaning Germaniya va Avstro-Mojariston bilan chegaralari qiyin tuzulgan edi, chegaraning oʻrtasi (Varshava boʻrtigʻi) keskin gʻarbga berilgan edi. Ayon ikkala tomon ham urushda frontni tekislashga kirishdilar —— ruslar Sharqiy Prussiyaning shimolida, janubda esa Galitsiyani „gʻijimni“ toʻgʻirlashishga kirishib, hujum qilishga harakat qilishdilar, bu vaqtda Germaniya esa Varshavaning markaziga hujum qilishni boshlab, „boʻrtigʻni“ tekislasjga kirishdi. Lekin nemislar Varshava boʻrtigʻiga shimoldan hujum qilishni xatarli deb hisoblashdilar va oʻz kuchlarini janubga, Galitsiya tomonga yoʻnaltirdilar.

15 (28)-sentyabrda nemislar hujumi bilan Varshava-Ivangorod operatsiyasi boshlandi. Hujum shimoliy-sharqdan olib borildi, oʻz maqsadida Varshava va Ivangorod qoʻrgʻonini bosib olish boʻlgan edi. 30-sentyabrda (12-oktyabrda) nemislar Varshavagacha yetib olishdilar va Visla daryosining chegarasini kesib oʻtishdilar. Shidatli boʻlgan hujumlar boshlandi, koʻproq omadlik rus armiysaning tomonida boʻldi. 7 (20)-oktyabrda rus qoʻshinlari Visla daryosini kechib oʻtishni boshladilar, 14 (27)-oktyabrda esa Germaniya armiyasi umumiy chekinishni boshladi. 28-oktyabrga (26-noyabrga) kelib, Germaniya qoʻshinlari, natijalar olib kelmagandan soʻng, oʻzining dastlabki oʻrniga qaytdi.

29-oktyabrdan (11-noyabrdan) nemislar urushdan oldingi dastlabki oʻrnidan qaytadan shimoliy-gʻarb tomon hujumni boshladilar (Lodz operatsiyasi).

Manbalar

tahrir
  1. Maʼlumot 9-sinf darsligidan olingan. Jahon Tarixi 2014, M. Lafasov, U. Jʻorayev, E. Xoliqov, D. Qodirova. (37-§ Birinchi jahon urushining yakunlari va oqibatlari)
  2. Malumotlar bu yerdan olingan: Zayonchkovskiy Andrey Medardovich. Pervaya mirovaya voyna. Razdel perviy. Podgotovka mirovoy voyni. Glava pervaya. Voorujennie sili obeix storon
  3. Martin Kitchen. The Cambridge Illustrated History of Germany. — Cambridge University Press, 1996. ISBN 0-521-45341-0 oʻzbek tiliga tarjima qilingan, ayrim soʻzlar notogʻri boʻlishi mumkin va manosi tushunarsiz boʻlishi mumkin
  4. Maʼlumot 9-sinf darsligidan olingan. Jahon Tarixi 2014, M. Lafasov, U. Jʻorayev, E. Xoliqov, D. Qodirova. (23-§ Avstriya-Vengriya imperiyasining tashqi siyosati
  5. http://wwi.lib.byu.edu/index.php/The_Willy-Nicky_Telegrams
  6. Paleolog M. Tsarskaya Rossiya vo vremya mirovoy voyni. — M.: Mejdunarodnie otnosheniya, 1991.
  7. Paleolog M. Tsarskaya Rossiya vo vremya mirovoy voyni. — M.: Mejdunarodnie otnosheniya, 1991. (Glava XII).
  8. Byukenen Dj. Glava 14 // Memuari diplomata — M.: Mejdunarodnie otnosheniya, 1991. http://militera.lib.ru/memo/english/buchanan/14.html
  9. Buchanan G. My Mission to Russia and other diplomatic memories — 1923. — P. 200. http://www.archive.org/stream/mymissiontorussi01buchuoft#page/200/mode/1up/search/+Hague
  10. Istoriya Rossii. XX vek: 1894—1939 / Pod red. A. B. Zubova. — M.: Astrel-AST, 2010. — S. 291.
  11. „arxiv nusxasi“. 2010-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-iyul.
  12. „arxiv nusxasi“. 2010-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-iyul.
  13. Gerhart Binder. Epoche der Entscheidungen // Eine Geschichte des 20. Jahrhunderts. — 6. Aufl. — Stuttgart-Degerloch: Seewald Verlag, 1960.
  14. Gerhart Binder. Epoche der Entscheidungen // Eine Geschichte des 20. Jahrhunderts. — 6. Aufl. — Stuttgart-Degerloch: Seewald Verlag, 1960.
  15. Kulichkin S. Koʻngil soʻnganlik.“. 2013-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-iyul.