17-Ramazon masjidi
17-Ramazon masjidi (arabcha: جامع ١٧ من رمضان) – Bagʻdodning al-Rusafa tumanidagi masjid, sharqiy Karrada tumanida, al-Firdos maydoni roʻparasida, Ishtar mehmonxonasi oldida joylashgan. Masjid qurilishi Iroq qirollik davriga borib taqaladi va shaharning muhim maydonida joylashganligi uchun muhim tarixiy yodgorlik hisoblanadi[1].
Masjid | |
Masjid gumbazi va minorasi | |
Mamlakat | Iroq |
Shahar | Bagʻdod |
Koordinatalar | 33°18′53″N 44°25′19″E / 33.3147°N 44.4220°E |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Asosiy sana: 1959-yil
| |
Umumiy maydoni | 5,000 square metre (54,000 kv ft) |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Holati | aktiv |
Tarixi
tahrirPoydevor toshi Iroq qiroli Gʻozi davrida qoʻyilgan, ammo 14-iyulda 1959-yil inqilobiga qadar ham tugatilmagan ish 14 yil davomida Abd Al-Karim Qosim tomonidan yakunlangan va dastlab unga „shahid masjidi“ nomi berilgan. Ammo 1963-yil 6-dekabrdagi ochilishidan soʻng ham bu yerga namoz oʻqish uchun tashrif buyurishmagan. Abd al-Salam Orif davrida inshoot Ramazon Baʼas inqilobi sharafiga „14-Ramazon masjidi“ deb qayta nomlangan.
Masjid ham koʻp nomlarga ega boʻlganligi haqidagi tarixga ega, masjid dastlab „al-Alaviyya masjidi“ deb nomlanishi kerak edi, ammo 14-iyul inqilobidan keyin u „Respublika masjidi“ deb nomlana boshlangan. Ammo Qosim tomonidan masjid ochilgach, „Shahidlar masjidi“ deb nom olgan. 1963-yil 6-dekabrda masjid nomi „14-Ramazon masjidi“ deb oʻzgartirilgan[1].
Keyingi voqealar
tahrir1959-yilda Abd al-Karim Qosim al-Firdos maydonidagi masjid oldidagi birinchi Nomaʼlum askar yodgorligini ochildi. Bu yer Iroqqa tashrif buyuriladigan va u yerda gulchambarlar qoʻyadigan yuqori martabali siyosiy arboblar uchun ziyoratgoh boʻlinishi maʼlum qilindi. Bu oʻzgarishlar masjid nomiga taʼsir qilgan, maydon al-Firdos nomi bilan atala boshlangan. 1959-yilda esa yodgorlik buzib tashlangan. 1981-yilda haykal boshqa joyga qayta oʻrnatilgan va uning oʻrniga sobiq prezident Saddam Husayn haykali qoʻyilgan. AQShning Iroqqa bostirib kirishi paytida haykal olib tashlandi va Badr jangi xotirasiga masjid hozirgi nomiga oʻzgartirildi. Maydon, masjid bilan birga, bir davrning oxiri va yangi Iroqning boshlanishining ramzi hisoblanadi, ammo u bosqindan keyin sodir boʻladigan tartibsizliklarning ham ramziy belgisidir. Hozirgi kunda masjid faol faoliyat yuritmoqda, unda sunniy va shia musulmonlari uchun juma namozi oʻqiladi.
Tavsifi
tahrirMasjid muhim joy sanaladi hamda oʻzining goʻzal islomiy qurilishi va uslubi bilan ajralib turishi bilan birgalikda Bagʻdodning qadimiy shahar qismidagi diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi. Masjidning umumiy maydoni 5000 kvadrat metr boʻlib, masjidda 2500 dan ortiq namozxonni sigʻdira oladigan katta namozxona mavjud. Jumladan, ayollar uchun namozgoh, maʼmuriyat va ishchilar uchun xona va masjid atrofidagi bogʻ bor. Unda imom va voiz yashashi uchun qurilgan uy, diniy tadbirlar va motam kengashlari oʻtkaziladigan zal ham mavjud. Shuningdek, u yerda „Ahl al-Qur’on markazi“ nomi bilan atalgan Qur’onni oʻrganuvchi va yodlashga yordam beradigan oʻqitish markazi ham faoliyat yuritadi[1].
Masjidda Iroqlik usta xattot Hoshem Muhammad al-Bagʻdodiy tomonidan ishlangan qiblaga va masjid bogʻlariga qaragan xattotlik yozuvlari va rasmlar mavjud. Al-Bagʻdodiyning masjidga qoʻshgan hissasi uning ijodidagi eng buyuk asarlaridan biri sifatida etirof etiladi[2].
Galereya
tahrir-
Masjid ibodatxonasidagi devor va shift bezaklari.
-
Gumbazning ichki koʻrinishi.
-
Masjidning ichki devorlari
-
Masjiddagi bezakli yogʻoch eshik.
-
Masjid fasadi
Yana qarang
tahrir
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 17th of Ramadan Mosque, 2017
- ↑ „The genius of Arabic calligraphy, Hashim Muhammad al-Baghdadi, 2014“. 2023-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.