1956-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari

1956-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari, rasmiy ravishda VII Qishki Olimpiya oʻyinlari (italyancha: VII Giochi Olimpici invernali) yoki Cortina d’Ampezzo 1956 (lotincha: Anpezo 1956 or Ampëz 1956) — 1956-yil 26-yanvardan 5-fevralga qadar Italiyaning Kortina-dʼampetsso shahrida oʻtkazilgan Qishki Olimpiada oʻyinlari.

Mezbon shahar Kortina-dʼampetsso, Italiya
Millatlar 32
Atletlar 821 (687 nafar erkaklar, 134 nafar ayollar)
Musobaqalar 4 sport turi boʻyicha 24 ta yoʻnalish (8 ta disiplina)
Ochilish 1956-yil 26-yanvar
Yopilish 1956-yil 5-fevral
Marosimini ochib beruvchi
Stadion Olimpiya stadioni
1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari mashʼalasi Olimpiya chempioni Zeno Colò ITA tomonidan koʻtarilgan.

1944-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilgan Kortina shahri navbatdagi 1956-yilgi oʻyinlarni oʻtkazish uchun Monreal, Colorado Springs va Lake Placid shaharlarini ortda qoldirdi va musobaqalarga mezbonlik qilish huquqini qoʻlga kiritdi. Kortinadagi Olimpiya oʻyinlarining oʻziga xosligi shundaki, musobaqalar boʻlib oʻtadigan koʻplab sport inshootlari bir-biriga juda yaqin joylashgan va ularning biridan ikkinchisiga piyoda yurib borish mumkin edi. Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazishga mas’ul tashkiliy qoʻmita shahar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida Italiya hukumatidan moliyaviy koʻmak soʻragan, biroq ushbu oʻyinlar uchun qolgan barcha xarajatlar xususiy manbalar tomonidan moliyalashtirilishi kerak boʻlgan. Shunday qilib, tashkiliy qoʻmita birinchi marotaba Olimpiada oʻyinlarini moliyalashtirish uchun korporativ homiylikka tayangan[1].

1956-yilgi oʻyinlarda umumiy hisobda 32 ta davlat ishtirok etgan boʻlib, bu Qishki Olimpiya oʻyinlari tarixidagi eng yuqori koʻrsatkich edi. Sportchilar jami 4 ta sport turidan 24 ta yoʻnalish boʻyicha musobaqa medallari uchun kurash olib borgan. Avstriyalik Toni Sailer togʻ changʻi sporti boʻyicha bir Olimpiadada 3 ta yoʻnalish boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan ilk sportchi edi. Aynan ushbu Olimpiya oʻyinlarida figurali uchish boʻyicha bahslar oxirgi marotaba ochiq havoda oʻtkazilgan, shundan keyin barcha oʻyinlar yopiq hududda oʻtkazila boshlangan. Qishki Olimpiada musobaqalari davomida logistik nuqtai nazardan yuzaga kelgan yagona muammo qorning yetishmasligi edi. Ushbu kamchilikni bartaraf etish maqsadida Italiya armiyasi katta miqdordagi qorni kerakli hududlarga tashigan.

Mamlakatlar oʻrtasida yuzaga kelayotgan mavjud muammolar, shuningdek, ular amalga oshirayotgan siyosat, Vengriya inqilobi va Angliya-Fransiya-Isroilning Misrga qarshi agressiyasi Avstraliyaning Melburn va Viktoriya shaharlarida boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlariga (oʻsha yili koʻplab davlatlar tomonidan boykot eʼlon qilingan edi) koʻrsatgan salbiy taʼsiridan farqli oʻlaroq ushbu musobaqalarga jiddiy zarar yetkazmagan. Kortina Olimpiadasi koʻp millatli tomoshabinlarni oʻzida jamlay olgan ilk Qishki Olimpiya oʻyinlari boʻlgan[1].

1956-yilgi oʻyinlardan 70 yil oʻtib, 2026-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlariga Kortina shahri Milan (Lombardia) bilan birgalikda mezbonlik qilishi rejalashtirilgan[2].

Musobaqa mezbon shahrini tanlash

tahrir

Kortina-dʼampetsso Italiyaning shimoli-sharqiy burchagidagi Dolomite Alp togʻlarida joylashgan togʻ-changʻi kurort qishlogʻi hisoblanadi[3]. 1956-yilda qishloq aholisi 6500 kishidan iborat edi[4]. Mohir togʻ changʻisi sportchisi, figurali uchuvchi, 1925-yildan buyon Xalqaro olimpiada qoʻmitasi (XOQ) aʼzosi graf Alberto Bonacossa Olimpiya oʻyinlarining aynan Kortina-d’ampetssoda oʻtkazilishi uchun qattiq harakat qilgan[5]. U Kortina shahar kengashini 1944-yilgi oʻyinlarni oʻtkazish uchun ariza berishga koʻndirgan edi. 1939-yilda Londonda boʻlib oʻtgan XOQning 38-kongressida Kortina-d’ampetsso 1944-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish huquqiga sazovor boʻlgan, ammo Ikkinchi Jahon urushi boshlanishi sababli ushbu oʻyinlar bekor qilingan[6].

1946-yilda Italiya qishki sport turlari federatsiyasi Milanda oʻtkazilgan yigʻilishda Kortinada Qishki oʻyinlarni oʻtkazish boʻyicha yangi tashabbusni qoʻllab-quvvatlashga qaror qildi. Graf Bonacossa boshchiligidagi delegatsiya Shvetsiyaning Stokgolm shahrida boʻlib oʻtgan XOQning 40-sessiyasida shaharning 1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish taklifini taqdim etdi. Ushbu qaror shahar kengashi va Italiya Milliy Olimpiya qoʻmitasi (CONI, Comitato Olimpico Nazionale Italiano) tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Biroq Norvegiyaning Oslo shahri tomonidan berilgan musobaqalarni oʻtkazish taklifi Kortinani magʻlub eta oldi[5]. Shundan keyin Graf Bonacossa va CONI navbatdagi 1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish uchun qoʻmitaga uchinchi marotaba taklif bilan murojaat qildi. Musobaqaga mezbon shahar Italiyaning Rim shahrida oʻtkazilgan XOQning 43-sessiyasida tanlab olindi. 1949-yilning 28-aprelida Kortina-d’ampetsso Monreal, Colorado Springs va Lake Placid ustidan 75% ovoz bilan gʻalaba qozondi. Biroq, afsuski, Bonacossaning oʻzi Kortinadagi oʻyinlardan uch yil oldin 1953-yilning 30-yanvarida vafot etdi[7].

1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari uchun topshirilgan arizalar natijasi[4]
Shahar Mamlakat 1-tur
Kortina-d’ampetsso   Italiya 31
Monreal   Kanada 7
Colorado Springs   AQSh 2
Lake Placid   AQSh 1

Ishtirokchi davlatlar

tahrir

Kortinadagi oʻyinlarda jami 32 davlatdan sportchilar tashrif buyurdi[1]. Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi bilan bir qatorda Boliviya va Eron ham birinchi marotaba Qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi. Boliviyaning oʻzi Qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan ilk tropik davlatga aylandi. Koreya, Lixtenshteyn va Turkiya 1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok eta olmay qaytgan boʻlsa, Argentina, Daniya, Yangi Zelandiya va Portugaliya davlatlari bundan oldingi musobaqalarda qatnashib, 1956-yilgi oʻyinlarda ishtirok etmagan[8]. Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasi sportchilari Germaniyaning birlashgan terma jamoasi sifatida musobaqalarda birgalikda kurash olib borishgan, shuningdek, ushbu kelishuv keyingi ikkita Olimpiada oʻyinlarida ham davom etgan[9].

Quyida 1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan davlatlar roʻyxati va qavs ichida raqobatchilar soni keltirilgan[8]:

1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan Milliy olimpiada qoʻmitalari

Milliy olimpiada qoʻmitalari tomonidan tashrif buyurgan sportchilar soni

tahrir

Medallar soni

tahrir

 1956-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari medallarini qoʻlga kiritgan eng yaxshi oʻnta davlatlar[10]:

  *   Mezbon davlat (Italiya)

OʻrinDavlatOltinKumushBronzaUmumiy
1  Sovet Ittifoqi[a]73616
2  Avstriya43411
3  Finlandiya3317
4  Shveysariya3216
5  Shvetsiya24410
6  AQSh2327
7  Norvegiya2114
8  Italiya*1203
9  United Team of Germany1012
10  Kanada0123
Jami (10 davlat)25222269
  • ^[a] 1500 metrga konkida uchish boʻyicha Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqining ikki nafar sportchilari birinchi oʻrinni egallagan va 2 ta oltin medalni qoʻlga kiritishgan[10].

Podiumga koʻtarilish

tahrir
Sana Sport Tadbir MOQ Oltin Kumush Bronza
29-yanvar Togʻ changʻisi Ulkan slalom (erkaklar oʻrtasida)   Avstriya Toni Sailer Andreas Molterer Valter Schuster
1-fevral Figurali uchish Yakkalik bahslari (erkaklar oʻrtasida)   AQSh Hayes Alan Jenkins Ronald Robertson David Jenkins

Tashkilot

tahrir

1956-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari Italiya Milliy Olimpiya qoʻmitasi va Italiya hukumati aʼzolaridan iborat qoʻmita tomonidan tashkil etilgan[5]. Qoʻmita tomonidan bir guruh kuzatuvchilar 1952-yilda Oslodagi oʻyinlarga mamlakat tomonidan tuzib chiqilgan sport dasturi, shuningdek, mamlakat infratuzilmasi va turar-joy talablari haqidagi maʼlumotlarni toʻplash maqsadida yuborilgan[11]. U yerdan olingan razvedka maʼlumotlariga koʻra, Kortina shahridagi sport obyektlari Olimpiya standartlariga mos emas edi. Masalan, shaharda muz stadioni yoki konkida uchish maydonchasi yoʻq edi, shuningdek, togʻ changʻisi uchun foydalaniladigan yoʻlaklar, changʻida sakrash va bobsley yugurish maydonchalari ham yomon ahvolda boʻlgan. Kortina aslida kichik qishloq boʻlib, qishki oʻyinlarga tashrif buyuruvchi tomoshabinlarni bir vaqtda sigʻdirish uchun biroz qiynalar edi. Sport oʻyinlarini kuzatish uchun oqib kelayotgan tomoshabinlarni qabul qilish maqsadida yangi yoʻllar va temir yoʻl liniyalari qurilishi, shuningdek, shaharning elektr va telefon tarmoqlarini kengaytirishga toʻgʻri keldi. Bundan tashqari, kanalizatsiya va suv sigʻimini ham yaxshilash kerak edi[12]. Italiya hukumati infratuzilmani yaxshilash maqsadida 460 million Italiya lirasini ajratdi. Italiya Olimpiya qoʻmitasi oʻyinlarni oʻtkazish bilan bogʻliq qolgan barcha xarajatlarni moliyalashtirishga mas’ul edi. Ular buni oʻz byudjetlaridan, jumladan, chiptalar sotuvidan va hattoki mahalliy futbol oʻyinlariga tikilgan pullarning bir qismini mablagʻ sifatida ajratish orqali amalga oshirdilar[13][14]. Tashkiliy qoʻmita ham korporativ homiylikni sotish boʻyicha misli koʻrilmagan qadam tashladi[1]. Misol uchun, Fiat 1956-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarining rasmiy avtomobili deb topilgan boʻlsa, Olivetti ishlab chiqarish sanoati ushbu oʻyinlarga tashrif buyurgan 400 nafar jurnalistlarni yozuv mashinkalari bilan taʼminlagan[14][15].

Siyosat

tahrir

Ikkinchi Jahon urushidagi ittifoqchilarning gʻalabasidan keyin Sovuq urush boshlandi. 1952-yilga qadar Sharqiy Yevropaning koʻplab kommunistik mamlakatlari ishchilar olimpiadasi yoki spartakiadalarida ishtirok etib kelishar edi. Sovet Ittifoqi spartakiadagi ishtirokini rad etgan holda 1952-yilgi Helsinki Yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashib, xalqaro izolyatsiyadan chiqishga erishdi va Kortinadagi Qishki Olimpiya oʻyinlarida debyut qilishga muvaffaq boʻldi. Sovet Bosh kotibi Nikita Xrushchyovning maqsadi Olimpiya oʻyinlari kabi xalqaro sport musobaqalaridan kommunizmning ustunligini koʻrsatish, boshqa kommunistik mamlakatlar bilan siyosiy aloqalarni mustahkamlash va Sovet Ittifoqini dunyo boʻylab tinchliksevar davlat sifatida koʻrsatishdan iborat edi[16][17][18]. Sovetlarning Olimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki raqobat darajasini yanada oshirdi, chunki ular boshqa mamlakatlarga qaraganda eng koʻp medallar shodasini, shuningdek, eng koʻp oltin medallarni qoʻlga kiritdilar[19]. Sovet Olimpiya terma jamoasi, shuningdek, havaskorlar qoidalarini chetlab oʻtish bilan ham mashhur edi. Koʻpgina ekspertlarning fikriga koʻra, bu narsa Sovet Ittifoqiga Amerika Qoʻshma Shtatlari va sportchi talabalar yoki haqiqiy havaskorlardan iborat boʻlgan boshqa Gʻarb mamlakatlariga nisbatan katta ustunlik bergan[20][21]. Kortina oʻyinlari Vengriya inqilobi va keyingi Sovet bosqini, shuningdek, 1956-yilning kuzida sodir boʻlgan Angliya-Fransiya-Isroilning Misrga qarshi agressiyasidan oldin oʻtkazilgan[22].

Televizion

tahrir

Kortina oʻyinlari koʻp millatli auditoriyaga translyatsiya qilingan ilk Qishki Olimpiya oʻyinlari edi[23]. Televideniye sohasi 1950-yillarda tez suratlar bilan kengayib bordi. Sovuq urush davrlarida Yevropa tashviqot jangi maydoni edi, chunki davlatlar temir parda orqali televizion signallarni uzatdilar[24]. 1956-yilga kelib, sovet taʼsiri doirasidagi mamlakatlar texnologik ustunlikka erishdilar va kommunistik teledasturlarni Finlyandiya, sharqiy chegara hududlari, Gʻarbiy Germaniya va Avstriyaning jugʻrofiy hududlariga translyatsiya qilish imkoniyatiga ega boʻldilar[25][24]. Aksariyat Gʻarbiy Germaniya nemislari 1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarini Gʻarbiy Yevropa boʻylab, shu jumladan, barcha yirik Gʻarbiy Germaniya stansiyalari orqali uzatilgan Yevrovideniye translyatsiyalari orqali tomosha qilishdi[26][27]. Televizion orqali uzatilayotgan Olimpiada oʻyinlari oʻtkazgan yagona taʼsir faqatgina siyosiy oqibatlar emas edi. Kortina oʻyinlarining televideniye orqali auditoriyaga uzatilishi orqali hech qanday daromad koʻrilmadi. 1960-yilga kelibgina Squaw vodiysida oʻtkazilgan Qishki Olimpiya oʻyinlari birinchi boʻlib televideniye orqali efirga uzatilgan musobaqalardan daromad ishlashga erisha oldi[28][29][30]. Ilk marotaba Olimpiya oʻyinlarida musobaqa oʻtkaziladigan hududlar televizionni hisobga olgan holda qurildi. Misol uchun, changʻi sporti maydonchasidagi keng oʻyin maydoni (Lo Stadio della neve) janubga qaragan holda qurilgan boʻlib, telekameralar quyosh chiqishi yoki botishidan salbiy taʼsir koʻrmasligi uchun ham aynan shu tarzda joylashtirilgan edi[13].

Musobaqalar

tahrir
 
1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimi

1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida jami 4 ta sport turi (8 ta yoʻnalish) boʻyicha 24 ta musobaqa medallari oʻynaldi. Oʻyinlar dasturiga 2 ta yangi yoʻnalish (1952-yilgi Olimpiada oʻyinlarida 4 ta sport turi, 22 ta yoʻnalish boʻyicha medallar oʻynalgan), yaʼni erkaklar oʻrtasida 30 kilometr masofada changʻi poygasi va ayollar oʻrtasida 3x5 kilometr masofadagi estafeta poygalari qoʻshildi.

Ochilish marosimlari

tahrir

Qishki Olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimi 1956-yilning 26-yanvarida, payshanba kuni Olimpiya muz stadionida boʻlib oʻtdi. Stadionga tashrif buyuruvchilar sigʻimini 14 000 ga oshirish maqsadida vaqtinchalik qoʻshimcha oʻrindiqlar qoʻshildi. Marosimda 32 ta davlat vakillaridan iborat sportchilar ishtirok etishdi. Italiya Respublikasi Prezidenti janob Giovanni Gronchi 1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarini ochiq deb eʼlon qildi. Bu vaqtda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda ishtirok etayotgan Guido Caroli Olimpiya alangasi bilan stadionga kirib keldi. U muz stadionining aylanma qismiga yetib kelganida qoqilib ketdi va televizor kabeli ustiga yiqildi. Shunday boʻlsa-da, darhol oyoqqa turib, mash’alani yoqdi[31]. Olimpiya qasamyodi Giuliana Chenal-Minuzzo tomonidan oʻqib eshittirildi. Bu esa Olimpiya oʻyinlari tarixida ilk marotaba ayol sportchi tomonidan oʻqilgan Olimpiya qasamyodi edi[1]. 1955-yilning 13-iyunida Parijda boʻlib oʻtgan XOQ kongressida rasman tan olingan Michal Spisak tomonidan yaratilgan Olimpiya madhiyasi (ushbu madhiya keyinchalik 1958-yilda Spyridon Samaras tomonidan yaratilgan Olimpiya madhiyasiga almashtirilgan) birinchi marotaba aynan Kortina oʻyinlarida yangradi[32].

Bobsley

tahrir

1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida bobsley sport turining ikki va toʻrt kishilik yoʻnalishlari boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtdi. Ikki kishilik bahslarda italiyaliklar oltin va kumush medallarni qoʻlga kiritishdi. Shveysariya sportchilari Ispaniyani ortda qoldirgan holda uchinchi oʻrinni egallashdi[33]. Bir haftadan soʻng oʻtkazilgan toʻrt kishilik bahslarda esa Shveysariya vakillari oltin, Italiya kumush, AQSh bronza medallarini qoʻlga kiritdi[34]. Italiyaliklar sportchilar bobsley boʻyicha barcha oltita Olimpiya musobaqalarida ishtirok etib kelishgan boʻlishsa-da, shu paytgacha shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarilishmagan edi[35][36]. Italiyalik Renzo Alverà va Eugenio Montilar har ikkala ikki va toʻrt kishilik bahslarda ham kumush medalni qoʻlga kiritishdi[37]. Montining 1956-yilgi oʻyinlardagi kumush medallari uning butun bobsley karyerasida qoʻlga kiritgan oltita Olimpiya medallarining birinchilari edi. Keyinchalik Kortina shahrida Monti sharafiga bobsley yugurishi Eugenio Monti treki nomiga oʻzgartirilgan[38]. Ushbu sport turi boʻyicha qoʻlga kiritilgan medallar mezbon mamlakatning 1956-yilgi Qishki oʻyinlardagi yagona medali hisoblangan[10]. Shuningdek, bobsley sport turi boʻyicha trek yuzasining haddan tashqari koʻp foydalanilishi natijasida zarar koʻrishi Olimpiadada yuzaga kelgan mavjud muammolardan biri edi. Bu esa keyinchalik musobaqada kechroq qura tashlagan jamoalarning oʻyiniga toʻsqinlik qilgan[39].

Muz ustida xokkey

tahrir

Muz ustida xokkey sporti boʻyicha oʻtkazilgan sakkizinchi Olimpiada musobaqalari ham Yevropa, ham jahon chempionatlari sifatida xizmat qildi. Turnir oldidan 3 ta poygaga boʻlingan 10 ta ishtirokchi davlatlardan har bir jamoa oʻz uyida davra tizimida oʻyin olib bordi. Har bir mamlakat oʻyinlarida eng yaxshi ikkita jamoa final bosqichiga yoʻl oldi, qolgan jamoalar 7–10-oʻrinlar uchun oʻyin olib borishdi. Kanada, Chexoslovakiya va Sovet Ittifoqi oʻzlarining dastlabki mezbon oʻyinlarida biror marotaba magʻlubiyatga uchramagan holda rekord natijani qoʻlga kiritishdi va birinchi oʻrinni egallashdi. Germaniya, AQSh va Shvetsiya esa oʻz uylarida ikkinchi oʻringa ega chiqishdi[40].

Soʻnggi turning muhim uchrashuvi Kanada va AQSh oʻrtasidagi oʻyin boʻldi. Kanadaliklar shu oʻyinga qadar Olimpiada oʻyinlarida AQShga hech qachon yutqazmagan edi. Aynan shu musobaqada Qoʻshma Shtatlar Kanadani 4:1 hisobida magʻlub etishga erishdi. 1955-yilda xokkey boʻyicha jahon chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallagan amerikaliklar 1954-yilgi turnirda, shuningdek, 1955-yilgi oʻyinlarda SSSR sportchilari bilan toʻqnash kelib, oltin medalga ega chiqishgan edi. Sovetlar autsayderlarni magʻlub etishga muvaffaq boʻlishdi va oʻyinda 4:0 hisobida gʻalaba qozonishdi. Shundan keyin esa SSSR Kanadaga qarshi oʻyinga tushdi, ushbu oʻyinda ular sovetlarni magʻlubiyatga uchratgan taqdirda oltin medalni qoʻlga kiritish imkoniyatiga ega edi. Birinchi va ikkinchi davralarda boʻlib oʻtgan keskin bahsga qaramay, ular 2:0 hisobida gʻalaba qozonishdi. Musobaqada SSSR oltin, Qoʻshma Shtatlar kutilmagan tarzda kumush, Kanada esa ikkita magʻlubiyat bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi (bu natija jamoaning Olimpiya oʻyinlari tarixidagi eng yomon natijasi hisoblanadi)[40][41].

Figurali uchish

tahrir
 
AQShning Ash va Kothmann juftligi 1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida

Kortina oʻyinlari figurali uchish boʻyicha ochiq havoda oʻtkazilgan soʻnggi Olimpiya oʻyinlari edi[1]. Qoʻshma Shtatlardan tashrif buyurgan sportchilar umumiy hisobda 5 ta medalni qoʻlga kiritgan holda erkaklar oʻrtasidagi bahslarda birinchi oʻrinni, ayollar oʻrtasidagi musobaqalarda esa birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egallashdi. Tenley Albright oʻyinlar davomida ogʻir jarohat olganiga qaramay, ayollar oʻrtasida 1956-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari chempioniga aylandi. Musobaqalarga ikki haftadan kamroq vaqt qolganida u mashqlarni bajarish chogʻida muzga urilib, yiqilib tushadi. Uning oyoq kiyimi ust kiyimning bir necha qatlamini kesib, oʻng oyogʻini toʻpigʻidan kesib yuboradi[42]. Biroq shunga qaramay ushbu jarohat uning Olimpiada chempioniga aylanishiga toʻsqinlik qila olmadi. Sportchining jamoadoshi Carol Heiss kumush, avstriyalik Ingrid Wendl esa bronza medalini qoʻlga kiritdi. Amerikaliklar Hayes Jenkins, Ronald Robertson va Jenkinsning ukasi David Jenkinslar erkaklar oʻrtasida oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlishdi. Juftlik bahslarida esa avstriyalik Sissy Schwartz va Kurt Oppelt juftligi oltin medalga ega chiqishdi[43]. Kanadalik sportchilar Frances Dafoe va Norris Bowden kumush medalni qoʻlga kiritishgan boʻlsa, vengriyalik aka-uka Marianna Nagy va László Nagylar 1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlaridagi kabi bronza medalini qoʻlga kiritdilar[44][45].

Konkida uchish

tahrir

Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi jamoasi konkida uchish boʻyicha jami 12 ta medaldan 7 tasini, shu jumladan, 4 ta oltin medalni qoʻlga kiritgan holda jamoaviy hisobda ustunlikni qoʻlga kiritishadi. Sovet Ittifoqi sportchilari 2 ta jahon rekordi va Olimpiya rekordini oʻrnatdilar hamda 4 ta yoʻnalishning har birida kamida 1 ta medal sohibiga aylanishdi. Yevgeniy Grishin 2 ta oltin medalni qoʻlga kiritibgina qolmay, yakkalik bahslari boʻyicha 2 ta jahon rekordini oʻrnatgan holda eng yuqori koʻrsatkichni qayd etdi[46]. Grishin va uning jamoadoshi Yuriy Mixaylov 1500 metrga oʻtkazilgan poyga bahslarida ishtirok etishdi va yakunda bir xil natija koʻrsatganliklari sababli ularning har ikkalasiga ham oltin medalni topshirishga qaror qilindi[47]. Shvetsiyalik Sigvard Ericsson 2 ta yoʻnalish boʻyicha oltin va kumush medallarni qoʻlga kiritdi, shu bilan birga 10 000 metrli poyga bahslarida Olimpiada rekordini oʻrnatdi[48].

Togʻ changʻi sporti

tahrir

1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida togʻ changʻisi sporti boʻyicha jami 6 ta – 3 ta erkaklar va 3 ta ayollar oʻrtasidagi bahslardan iborat edi. Ushbu sport yoʻnalishlari esa togʻdan pastga sakrash, slalom va ulkan slalomlardan iborat boʻldi. Avstriyalik Toni Sailer erkaklar oʻrtasida oltin medalni qoʻlga kiritgan holda togʻ changʻisi boʻyicha bir Olimpiya oʻyinlarida jami 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritgan birinchi sportchiga aylandi[1]. Avstriyaliklar togʻ changʻisi sportchilari musobaqalarning erkaklar va ayollar oʻrtasidagi bahslarida mutlaq ustunlikka ega chiqishdi va 18 ta medaldan 9 tasini qoʻlga kiritishdi[49]. Ular ulkan slalom yoʻnalishida, ayniqsa, muvaffaqiyat qozonishdi. Erkaklar har uchala oltin, kumush, bronza medallari, ayollar esa kumush va bronza medallari sohibiga aylanishdi. Chiharu Igaya slalom yoʻnalishi boʻyicha 2-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi, bu esa Yaponiya uchun Qishki Olimpiya oʻyinlarining ilk medali edi[50][51]. Shveysariyalik sportchilar Madeleine Berthod va Renée Colliardlar ayollar oʻrtasida togʻdan pastga sakrash va slalomda gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi. Germaniyalik sportchi Ossi Reichert esa ulkan slalomda 1-oʻrinni egallagan holda oʻzining Olimpiada oʻyinlaridagi yagona oltin medalini qabul qilib oldi[52].

Changʻi poygasi

tahrir

Changʻida uchish musobaqalari dasturiga ilk bor Olimpiada oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 2 ta tadbir qoʻshildi. Sovet Ittifoqi ayol sportchilari 10 kilometrlik individual poygalarda dastlabki ikkita oʻrinni egallashdi, biroq 3x5 kilometrlik estafeta bahslarida finlarga imkoniyatni boy berishdi. Shuningdek, erkaklar ham ushbu poygalarda ishtirok etishdi. 30 kilometrlik poyga bahslarida finlyandiyalik Veikko Hakulinen gʻalaba qozondi. Erkaklar oʻrtasidagi qolgan 3 ta musobaqalarda 3 ta mamlakat sportchilari, jumladan, Norvegiya 15 kilometrlik poygada, Shvetsiya 50 kilometrlik poygada va Sovet Ittifoqi esa estafeta bahslarida gʻolib chiqishdi[53]. Umumiy hisobda Sovet Ittifoqi sportchilari 18 ta medaldan 7 tasini, ulardan keyin shvetsiyaliklar 6 ta medalga ega chiqishdi[54]. Shvetsiyalik sportchi Sixten Jernbergning oʻzi 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medali sohibiga aylandi. Bu natija uning Olimpiada oʻyinlaridagi ilk medallari edi[55].

Nordic uchish

tahrir
 
Sverre Stenersen Nordic uchish boʻyicha bahslarda ishtirok etmoqda

1956-yilgi Qishki Olimpiadaning Nordic uchish musobaqalarida sezilarli oʻzgarishlar yuz berdi. Oldingi oʻyinlarda dastlab kross poygalari, keyin esa changʻidan sakrash bahslari oʻtkazilar edi. Dastlab raqobatchilar ochiq maydonda 18 kilometrlik poygalarda ishtirok etish uchun bahsga kirishdilar, bu esa ularning changʻi poygasi oʻyinlarida ishtirok etayotgan sportchilar bilan bir paytda oʻyin olib borishlarini anglatardi. Gʻolibni aniqlash maqsadida sportchilarning koʻrsatkichlari tramplindan sakrash bahslaridan koʻrsatilgan ikkita sakrash natijalari bilan birlashtirildi[56]. Kortina oʻyinlarida Nordic uchish boʻyicha sportchilar uchun maxsus 15 kilometrlik kross poygalari joriy etildi. Ikki kundan keyin sportchilar tramplindan sakrash boʻyicha uchta urinishni amalga oshirishdi. Gʻolibni aniqlash uchun ularning eng yaxshi ikki balli changʻida kross uchish boʻyicha koʻrsatgan natijalari tramplindan sakrash natijalari bilan birlashtirildi. Bundan keyin oʻtkazilingan har bir bahslarda sportchilarning natijasini aniqlash uchun aynan shu formatdan foydalaniladigan boʻldi[56]. Norvegiyalik sportchi Sverre Stenersen Nordic uchish boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritgan holda mamlakatning ushbu yoʻnalishdagi ustunligini yana bir bor koʻrsatib berdi. 1924-yilgi Olimpiada oʻyinlardan buyon mamlakat Nordic uchish musobaqalarida faqatgina bir marotaba oltin medalga ega chiqa olmagan edi[57][58]. Stenersendan keyin shvetsiyalik Bengt Eriksson va polshalik Franciszek Gąsienica Grońlar esa kumush va bronza medallariga ega chiqishdi[56].

Changʻida sakrash

tahrir

Changʻida sakrash musobaqalarida shveysariyalik sportchi Andreas Däscher sakrashning yangi uslubini taqdim etdi va ushbu uslubga Däscher texnikasi deb nom berildi. 1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlaridan oldin sportchilar qoʻllarini boshlarining ustidan oldinga koʻtarib sakrar edilar[59]. Däscher esa agar sportchi qoʻllarini yonida ushlab tursa, uzoqroqqa uchishi mumkin deb oʻyladi va aynan shu usuldan foydalandi. Ushbu yangi texnika tarafdorlari boʻlgan sportchilar oʻrtasidagi raqobat qizgʻin tus oldi. Finlyandiyalik sportchilar Antti Hyvärinen va Aulis Källakorpi dastlabki birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egallashgan boʻlsa[31], germaniyalik Harry Glass bronza medalini qoʻlga kiritdi[60]. Aynan shu musobaqa Norvegiyaning changʻida sakrash musobaqalaridagi ustunligiga barham berdi va boshqa mamlakat sportchilari ulardan oʻzib ketishdi. 1924-yilgi birinchi Qishki Olimpiada oʻyinlaridan buyon norveglar 1956-yilgacha har bir Olimpiadada oltin medalni qoʻlga kiritib kelayotgan edilar. Biroq 1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariga kelib ular musobaqa oltin medalidan mahrum boʻlishdi, bu magʻlubiyat esa ularning Däscher taklif etgan yangi texnikani qoʻllashdan bosh tortishi bilan bogʻliq edi[61].

Yopilish marosimlari

tahrir

Musobaqaning yopilish marosimi 1956-yilning 5-fevral, yakshanba kuni Olimpiada muz stadionida boʻlib oʻtdi. Yopilish marosimidan avval figurali uchish boʻyicha erkaklar, ayollar va juftlik bahslarida chempion boʻlgan sportchilarning ijrosidagi koʻrgazma namoyish etildi. Shundan soʻng har bir davlatning bayroqdor sportchilari Gretsiya, Italiya va AQSh bayroqlaridan keyin navbat bilan stadionga kirib kelishdi. Ushbu 3 mamlakat bayroqlarining yopilish marosimida birinchilardan boʻlib stadionga kirib kelishi oʻziga xos ramziy maʼnoga ega edi. Bu chiqish Olimpiya oʻyinlariga asos solgan davlat (Gretsiya), hozirda Olimpiada musobaqalari oʻtkazilayotgan mezbon davlat (Italiya) va qishki oʻyinlarni oʻtkazuvchi keyingi mamlakatni (AQSh) bildirar edi. Yopilish marosimi oxirida Xalqaro olimpiya qoʻmitasi prezidenti Avery Brundage Olimpiada oʻyinlari yakunlanganini eʼlon qildi va yopilish mushakbozliklar bilan yakunlandi[62].

Kalendar

tahrir

26-yanvar kuni xokkey turnirining dastlabki oʻyinlari bilan bir qatorda ochilish marosimi ham boʻlib oʻtdi. 27-yanvardan 5-fevralga qadar boʻlib oʻtadigan yopilish marosimiga qadar har kuni kamida bitta sport turi boʻyicha final bahslari oʻtkazilgan[63].

 OC  Ochilish marosimi  ●  Musobaqalar  1  Final bahslari†  CC  Yopilish marosimi
1956-yil fevral 26

Payshanba
27

Juma
28

Shanba
29

Yakshanba
30

Dushanba
31

Seshanba
1

Chorshanba
2

Payshanba
3

Juma
4

Shanba
5

Yakshanba
Musobaqalar
Marosimlar OC CC
  Bobsley ●  1 ●  1 2
  Muz ustida xokkey ●  ●  ●  ●  ●  ●  ●  ●  ●  1 1
  Figurali uchish ●  ●  ●  1 1 1 3
  Konkida uchish 1 1 1 1 4
  Togʻ changʻi sporti 1 1 1 1 1 1 6
  Changʻi poygasi 1 1 1 1 1 1 6
  Nordic uchish ●  1 1
  Changʻida sakrash 1 1
Jami final bahslari 2 3 2 3 3 3 2 2 3 1 24
Jami 2 5 7 10 13 16 18 20 23 24 24

† Oʻsha kuni oʻtkazilgan har bir sport turi boʻyicha finallar sonini bildiruvchi belgi.

Sport inshootlari

tahrir

1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarining oʻziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, Kortina shahridagi musobaqalar oʻtkaziladigan koʻp joylar bir-biriga juda yaqin masofada joylashgan edi. Konkida uchish musobaqalari boʻlib oʻtgan Misurina koʻli Kortinadan taxminan 13 km (8.1 mi) uzoqlikda joylashgan. Sport oʻyinlarini tomosha qilish uchun tashrif buyurgan tomoshabinlar uchun oʻrindiqlarga maxsus isitgichli tribunalar oʻrnatilgan edi[64]. Kortina Olimpiadasida yuzaga kelgan yagona muammo sport oʻyinlari oʻtkaziladigan ayrim inshootlarda qor yetishmasligi edi[12].

1956-yilgi oʻyinlar boshqa Olimpiadalarda boʻlgani kabi Olimpiya shaharchasiga ega emas edi. Kortina-d’ampetsso 1956-yilda 7000 dan kam aholiga ega edi. Mahalliy mehmonxonalar Olimpiya shaharchasining ushbu oʻyinlardan keyin mehmonxonalarga tashrif buyuruvchilar sigʻimini sezilarli darajada oshirib yuborishi va ularning koʻpchiligini ishdan chiqarib yuborishidan xavotirda edi. Shu sababli ushbu Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etuvchi sportchilar Kortina shahrida istiqomat qiluvchi mahalliy oilalarning uylariga joylashishgan yoki oʻyinlar vaqtida mehmonxonalarda qolishgan[65].

Olimpiya Muz stadioni (Stadio Olimpico Del Ghiaccio)[66] 1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarining asosiy markazi boʻlishi kerak edi. U Kortinaning shimoliy qismidagi Boite daryosi boʻyida qurilgan edi. Stadionga olib boruvchi yangi yoʻllar va koʻprik qurilganidan soʻng, ushbu sport inshooti shahar markazidan piyoda 8 daqiqalik masofada joylashgan edi. Stadion umumiy hisobda 6000–7000 kishiga moʻljallangan edi. Oʻyinlarni kuzatish uchun tashrif buyuruvchi tomoshabinlar uchun joylarning cheklanganligi sababli tribunalar vertikal ravishda qurilgan, oʻrindiqlar qoʻyilgan qavatlar esa bir-birining ustiga toʻgʻridan-toʻgʻri qurilgan edi. Maydoni 30x60 metr boʻlgan ikkita sunʼiy muz maydonining umumiy muz yuzasi 4,320 m2 (46,500 kv ft)ga teng boʻlgan. Muz stadioni ostida ammiakni bugʻlatish natijasida muzni shu holida ushlab turuvchi sovutish moslamasi qurilgan. Jami qurilish qiymati 1,3 milliard Italiya lirasini (1956-yilda 2,1 million AQSh dollari) tashkil etgan. Olimpiya muz stadionidan ochilish va yopilish marosimlari, barcha figurali uchish musobaqalari va xokkey sport turi boʻyicha asosiy oʻyinlarni oʻtkazish uchun foydalanilgan. Oʻyinlardan soʻng tashkiliy qoʻmita muz stadionini Kortina shahriga sovgʻa qilgan va ushbu inshootdan doimiy ravishda foydalanishga ruxsat bergan. Ushbu sport inshootidan keyinchalik qish oylarida muzda konkida uchish oʻyinlari, yozda esa dzyudo va gimnastika musobaqalari uchun ochiq gimnaziya maydoni sifatida foydalanilgan. 2026-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida esa aynan shu stadionning kyorling musobaqalariga mezbonlik qilishi rejalashtirilgan[67].

„Apollonio“ stadionidan xokkey turnirining maxsus tanlab olingan oʻyinlarini oʻtkazish uchun foydalanilgan. Oʻsha paytda stadionni zamonaviy holatga keltirish uchun katta ishlar qilinishi kerak edi. Ikkita oʻyinni bir vaqtning oʻzida oʻtkazish uchun „Apollonio“ga qoʻshimcha ikkinchi maydon qoʻshilgan, shuningdek, stadion elektr chiroqlari bilan jihozlangan, oʻrindiqlar sigʻimi 2000 kishiga moʻljallab kengaytirilgan[68].

Bobsley musobaqalari uchun foydalanilgan sport inshooti (Pista Olimpica di Bob – Eugenio Monti)[69] dastlab 1928-yilda qurilgan edi. 1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari oldidan trek bir necha bor qayta qurilgan va kengaytirilgan[70].

Kortina shahridan 2.5 km (2 mi) uzoqlikda, Zuel yaqinida joylashgan Trampolino Olimpico changʻidan sakrash tepaligi dastlab 1923-yilda „Franchetti“ nomi bilan qurilgan. 1926-yilda tepalikka birinchi bor oʻzgartirish kiritilgan. 1939-yilga kelib esa butunlay buzib tashlangan va 1940-yilda qayta qurilgan. 1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarining Kortinada oʻtkazilishi sababli ushbu sport tepaligiga yangi oʻzgartirishlar kiritilishi kerak edi. 1955-yil 15-aprelda butunlay buzib tashlangan va aynan oʻsha yili deyarli 310 million Italiya lirasi (500 million AQSh dollari) evaziga yangi „Italia Jump“ yaʼni Trampolino Olimpico changʻidan sakrash tepaligi qurib bitkazilgan[71]. Temir betonli platformaning balandligi 54 m (177 ft), uzunligi 87.5 m (287 ft), 35° tepalikda qurilgan. Tepalik nishabining har ikkala tomonida 3000 kishiga moʻljallangan ikkita tribuna mavjud boʻlib, pastki qismdagi amfiteatr 40 000 tomoshabinni sigʻdira olgan. Sportchilar, rasmiylar va hokimiyat vakillarining Kortinaga kelishi uchun maxsus yoʻl qurilgan[72].

Qor stadioni (Stadio della neve) Kortinadan 2 km (1.2 mi) uzoqlikda qurilgan va barcha tadbirlarga mezbonlik qilgan. 6000 kishiga moʻljallangan ushbu stadionda ikkita tribuna qurilgan. Bundan tashqari uch turdagi changʻi yoʻlaklari 15 km (9 mi) uzunlikda 1 ta, 5 km (3 mi) uzunlikda 3 ta va 10 km (6 mi) uzunlikda 4 ta yoʻlak qurilgan. Shuningdek, ushbu yoʻllarning baʼzilaridan bobsley bahslarida ham foydalanilgan. Natijada, ikkita sport maydonida oʻtkaziladigan sport musobaqalarining bir-biriga xalaqit bermasligi uchun ularning orasida koʻprik qurishga toʻgʻri kelgan[73].

Alp yoʻlaklari (Le piste alpine) shu yaqin atrofdagi Dolomite alp togʻlarining Monte Tofana va Monte Faloria etaklarida qurilgan. Monte Tofanada erkaklar va ayollar oʻrtasida pastga sakrash va slalom boʻyicha poygalar oʻtkazilgan. Monte Faloria esa ikkita ulkan slalom musobaqalariga mezbonlik qilgan. Bundan oldingi yillarda oʻtkazilgan musobaqalardagi sport maydonlarida qor yetishmasligi bilan bogʻliq hech qanday muammolar kuzatilmagan edi, ammo 1956-yilning qishida Kortina shahrida aynan shunday kamchilik kuzatilgan. Natijada, Italiya armiyasi togʻlarning boshqa qismlaridan kerakli sport maydonlariga maʼlum miqdordagi qorni tashishga majbur boʻlgan[74].

Misurina maydonchasi (La pista di Misurina) konkida uchish musobaqalari oʻtkaziladigan sport maydoni edi. Ushbu Olimpiya oʻyinlarida konkida uchish boʻyicha musobaqalar tabiiy muz maydonlarida oʻtkazilgan boʻlib, bu butun Qishki Olimpiya oʻyinlari tarixidagi oxirgi tabiiy muz maydonlarida oʻtkazilgan konkida uchish musobaqasi hisoblanadi. Misurina maydonchasi Kortinadan 13 km (8.1 mi) uzoqlikda joylashgan. Shuningdek, Misurina maydonchasida 8500 kishiga moʻljallangan tribunalar qurilgan. Musobaqalar ochiq havoda muz bilan qoplangan koʻl ustida oʻtkazilgan boʻlishiga qaramay, oʻyinlar davomida 2 ta jahon va 2 ta Olimpiya rekordlari yangilangan[75].

Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish maydonlaridan 3 tasi (bobsley, yopiq arena va changʻida sakrash) 1981-yilda James Bond ishtirokidagi „For Your Eyes Only“ filmini suratga olish maydonchasi sifatida xizmat qilgan[76].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 „Cortina d'Ampezzo 1956“. International Olympic Committee. 2010-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-mart.
  2. Longman, Jeré. „Italy Is Chosen to Host 2026 Winter Olympics“. The New York Times (2019-yil 24-iyun). Qaraldi: 2020-yil 9-fevral.
  3. Robertson (1903), pp. 172–173.
  4. 4,0 4,1 Comitato Olimpico Nazionale Italiano 1956.
  5. 5,0 5,1 5,2 Findling and Pelle (1996), p. 258.
  6. Findling and Pelle (1996), pp. 246–247.
  7. Findling & Pelle (1996), p. 259.
  8. 8,0 8,1 Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 50–69
  9. Mallon, Bill; Ove Karlsson (May 2004). "IOC and OCOG Abbreviations for NOCs". Journal of Olympic History 12 (2): 25–28. Archived from the original on 8 August 2010. https://web.archive.org/web/20100808013149/http://www.la84foundation.org/SportsLibrary/JOH/JOHv12n2/johv12n2l.pdf. Qaraldi: 2 March 2010. 1956-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari]]
  10. 10,0 10,1 10,2 Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), p. 689
  11. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 117–118
  12. 12,0 12,1 Findling and Pelle (1996), p. 259–260
  13. 13,0 13,1 Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), p. 156.
  14. 14,0 14,1 „1956 Cortina d'Ampezzo, Italy“. CBC Sports. Canadian Broadcasting Corporation (2009-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2010-yil 2-mart.
  15. Judd (2008), p. 27.
  16. Keys (2006), p. 295.
  17. „The Role of Sports in The Soviet Union – Guided History“. blogs.bu.edu.
  18. „Info“. www.cia.gov. 2017-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  19. Findling and Pelle (1996), p. 261
  20. Washburn, J. N.. „Soviet Amateur Athlete: A Real Pro“. The New York Times (1974-yil 21-iyul). Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  21. „Sports in Soviet Union Only for Elite : There Are Top Athletes, and then There Are Those Who Sunbathe and Watch Drawbridges Go up“. Los Angeles Times (1986-yil 22-iyul).
  22. Findling and Pelle (1996), p. 260.
  23. Toohey and Veal (2007), p. 148.
  24. 24,0 24,1 Schwoch (2009), p. 39.
  25. Schwoch (2009), pp. 39–40
  26. „Eurovision and the Olympic Games“. eurovision.net. 2012-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-dekabr.
  27. „Eurovision connectivity timeline (1956)“. eurovision.net. 2013-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-dekabr.
  28. Spence. „Are Olympic TV rights worth the price?“. The New York Times (1988-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2011-yil 29-iyul.
  29. „Olympics and Television“. Museum of Broadcast Communications. 2011-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-iyul.
  30. Guttman (1986), p. 135
  31. 31,0 31,1 „1956 Cortina d'Ampezzo Winter Games“. Sports Reference LLC. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 13-mart.
  32. „Cortina 1956 Olympic Winter Games Report“ (it, en). la84.org 570–571. 2014-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-dekabr.
  33. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), p. 635.
  34. „Bobsleigh at the 1956 Cortina d'Ampezzo Winter Games“. Sports Reference LLC. 2011-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 30-may.
  35. „Italy Bobsleigh: Men's Two“. Sports Reference LLC. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 18-iyun.
  36. „Italy Bobsleigh: Men's Four“. Sports Reference LLC. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 18-iyun.
  37. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 634–638
  38. „Cortina d'Ampezzo:track profile“. The Fédération Internationale de Bobsleigh et de Tobogganing (FIBT). 2011-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 15-mart.
  39. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 629–638
  40. 40,0 40,1 Noverr and Ziewacz (1983), p. 232.
  41. Riordan (1977), pp. 367–369
  42. Zillgitt, Jeff. „Skating Great Albright steps back“. USA Today (2006-yil 24-fevral). 2011-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-mart.
  43. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 662–675
  44. „Figure Skating at the 1956 Cortina d'Ampezzo Winter Games“. Sports Reference LLC. 2010-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 2-mart.
  45. „Pairs Figure Skating at the 1956 Cortina d'Ampezzo Winter Games“. Sports Reference LLC. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 15-mart.
  46. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), p. 641.
  47. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), p. 650.
  48. „Sigvard Erickson“. Sports Reference LLC. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 13-mart.
  49. „Alpine Skiing at the 1956 Cortina d'Ampezzo Winter Games“. Sports Reference LLC. 2009-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 8-iyun.
  50. „Chiharu Igaya“. Sports Reference LLC. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 23-avgust.
  51. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), p. 594
  52. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 588–597
  53. „Cross Country Skiing at the 1956 Cortina d'Ampezzo Winter Games“. Sports Reference LLC. 2009-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 8-iyun.
  54. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 602–615
  55. „Sixten Jernberg“. Sports Reference LLC. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-mart.
  56. 56,0 56,1 56,2 „Nordic Combined at the 1956 Cortina d'Ampezzo Winter Games“. Sports Reference LLC. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 16-mart.
  57. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), p. 719
  58. „Nordic combined Equipment and History“. The International Olympic Committee. Qaraldi: 2010-yil 16-mart.
  59. „Ski Jumping Equipment and History“. International Olympic Committee. 2010-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 15-mart.
  60. „Results:Cortina d'Ampezzo“. International Ski Federation. 2010-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 15-mart.
  61. „Ski Jumping at the 1956 Cortina d'Ampezzo Winter Games“. Sports Reference LLC. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 15-mart.
  62. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 691–692
  63. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), p. 71
  64. Price, George (December 1958). "Red:and lie detector, startling breakthroughs in space research, home heating, criminology". Popular Science Monthly: 93–96, 216–217. https://books.google.com/books?id=MSwDAAAAMBAJ&pg=PA216. 
  65. Essex. „The Changing Infrastructural implications of the Winter Olympics, 1924–2002“. Bollettino della Societa Geografica Italiana (2002). 2009-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 10-fevral.
  66. „Cortina – Impianti sportivi“ (it). Cortina Turismo. 2013-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-noyabr.
  67. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 124–133
  68. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), p. 134
  69. „Cortina Impianti sportivi“ (it). cortina.dolomiti.org. 2013-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 1-dekabr.
  70. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 175–179.
  71. „Cortina 1956 Olympic Winter Games Report“ (it, en) 137–138. la84.org. 2014-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-dekabr.
  72. „Cortina 1956 Olympic Winter Games Report“ (it, en) 138–155. la84.org. 2014-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-dekabr.
  73. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 156–163
  74. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 164–174.
  75. Comitato Olimpico Nazionale Italiano (1956), pp. 180–188.
  76. „Film locations for For Your Eyes Only.“. The Worldwide Guide to Movie Locations (2009-yil 22-mart). 2010-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-oktyabr.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir
Qishgi olimpiyalar
Oldingisi VII Qishki Olimpiada oʻyinlari
Cortina d'Ampezzo

1956
Keyingisi