Abay Qoʻnonboyev

Qozoq yozma adabiyotining asoschisi, maʼrifatparvar shoir
(Abay Qunanbayevdan yoʻnaltirildi)

Qoʻnonboyev Abay (Ibrohim), Abay (1845-yil 10-avgust, Yettisuv viloyati Chingiztog' (hozirgi Abay) tumani — 1904.6.7) — qozoq yozma adabiyotining asoschisi, maʼrifatparvar shoir. Yettisuvdagi Ahmad Rizo madrasasida tahsil olgan. Sharq mumtoz adabiyotining Firdavsiy, Saʼdiy Sheroziy, Alisher Navoiy, Muhammad Fuzuliy singari namoyandalari asarlarini oʻrgangan. Bu shoirlarning asarlaridagi dunyoviy gʻoyalar taʼsirida xalqni maʼrifatga undovchi sheʼrlar yoza boshlagan. q. dunyoqarashining shakllanishida Sharq mumtoz shoirlari bilan birga Yettisuvga surgun qilingan rus demokratlari va ular orqali Krilov, Pushkin, Lermontov, Tolstoy asarlari bilan tanishish muhim omil boʻlgan. Uning fikricha, koʻchmanchilik sharoitida yashab kelayotgan va shu tufayli urugʻ-urugʻlarga boʻlinib ketgan qozoq xalqi mentalitetidagi ayrim qusurlarni bartaraf etmay turib, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotga erishish mumkin emas. Shu maqsadda maʼrifat va madaniyatni targʻib etuvchi, yaxshi insoniy fazilatlarni tarbiyalovchi didaktik yoʻnalishdagi asarlar yozishga katta eʼtibor bergan. U qozoq xalqini maʼrifatga, madaniyatga, insoniylikka undovchi 44 ta katta-kichik lavhalardan iborat "Naqliya soʻzlar" falsafiy hikoyasini yozgan.

Abay Qoʻnonboyev (Ibrohim)
qozoqcha: Абай Құнанбайұлы
Tavalludi
Ibrohim Qoʻnonboyev

1845-yil 10-avgust
Vafoti 1904-yil 6-iyul
Sharqiy Qozogʻiston (viloyat)
Fuqaroligi Rossiya imperiyasi
Kasbi Oqin, pedagog, faylasuf, musiqachi, siyosiy arbob
Turmush oʻrtogʻi Dilda Shukiman (Aygerim) Erkejan
Bolalari

Dildadan: Aqilbay, Hakimbay, Abdirahman, Magauiya, Kulbadan, Rayxan

Aygerimdan: Turagul, Mekail, Izkail, Kenje
Otasi Qoʻnanboy Uskenbayovich
Onasi Uljan Asanova

Q Chernishevskiy va Dobrolyubov singari rus demokratlarining gʻoyalari, Arastu, Suqrot, Aflotun, hatto Gegelning falsafiy-didaktik qarashlari bilan ham tanishgan. Uning 200 dan ziyod sheʼr va 4 dostondan iborat adabiy merosida bu siymolar taʼsirida yozilgan asarlar oz emas. "Iskandar" dostonida makedoniyalik Aleksandr obraziga murojaat etib, "Ajralganni boʻri yer" degan hikmatni tarqoq holda yashab kelayotgan vatandoshlari shuuriga quymoqchi boʻlgan.

Qoʻnonboyevning adabiy merosida "Masʼud", "Azim rivoyati", "Vadim" singari dostonlar ham alohida oʻrin egallaydi. Q. Shaxsan oʻzi sheʼriy ijod bilan shugʻullanibgina qolmay, farzandlarini ham adabiyot olamiga olib kirdi. Ulardan biri — Magʻaviyaga "Mengʻat Qosim", Oqilboyga esa "Qissai Yusuf" dostonlarining syujetini "sovgʻa qilib", shu asarlarning yozilishiga sababchi boʻlgan. Qoʻnonboyev ayni vaqtda doʻmbira chertib, oʻz sheʼrlariga kuylar ham bastalagan.

M.Avezov oʻz ijodiy umrining kattagina qismini Qoʻnonboyevning hayoti va ijodiy faoliyatini oʻrganishga sarflab, u haqda koʻp jildli "Abay yoʻli" epopeyasini yaratgan. Qoʻnonboyevning aksar asarlari oʻzbek tiliga Mirtemir va boshqa shoir, yozuvchilar tomonidan oʻgirilgan.

Adabiyot (ilk nashrlar)

tahrir
  • Ramazanov N. Abay Kunanbaev (1841—1904) : biografiya. V kn.: Vostochniy sbornik v chest A. N. Veselovskogo. – M. – 1914. – S. 224—230.
  • Saadi A. [Statya v „Ak-Yul“ (na kazaxskom yazike)]. Tashkent, 1923. № 355, 356, 359, 363, 369, 372.
  • Kabulov Ilyas. [Statya v gazete „Sovetskaya step“], Kzil-Orda, 1928. № 174.
  • Mustambaev, [Statya v gazete „Sovetskaya step“], Kzil-Orda, 1928. № 191.
  • Arsharuni A. Zametki o natsionalnoy literature. – „Noviy Vostok“. – № 23—24

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  • Tanlangan asarlar, T, 1961;
  • Tanlangan asarlar, T, 1995.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir
 
Loyiha ramzi
Rodovid'da ushbu shaxsning nasl-nasab shajarasi bor