Abdulatif Abdug‘aniyev — 1939-yil 10-aprelda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Oʻzbekistonlik olim, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Abdulatif Abdug‘aniyev
Tavalludi 10-aprel 1939-yil
Toshkent viloyati, O'zbekiston
Fuqaroligi  UZB
Millati O'zbek
Sohasi Moliya, Iqtisodchi, Iqtisod fanlari doktori, professor
Mashhur ishlari „Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti“

Tarjimai holi

tahrir

Abdulatif Abdug‘aniyev oʻrta maktabda oʻqib yurgan kezlarida matematika faniga mehri qoʻyadi va shu sohani egallash uchun tinimsiz matematikaga oid kitoblarni mutoaala qiladi. 1955-yilda Toshkent Moliya-iqtisod institutiga hujjat topshiradi va imtihonlardan muvofaqqiyatli oʻtib, shu institutning talabasiga aylanadi. 1960-yil Toshkent Moliya-iqtisod institutini tamomlab, iqtisodchi mutaxassisligiga ega bo‘ladi.

1960-1964 yillarda Andijon viloyati statistika boshqarmasida iqtisodchi, qishloq xo‘jaligi bo‘limining boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. Undagi kasbiga bo‘lgan muhabbat, statistik maʼlumotlarni teran tahlil etish, amalga oshirilayotgan iqtisodiy munosabatlarning mazmun va mohiyatini o‘rganish ishtiyoqi ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishga undagan. Keyinchalik u 1965-1974-yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti)da stajyor — tadqiqotchi, aspirant, katta o‘qituvchi va dotsent lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Jamiyatdagi faolligi

tahrir

Ilmiy ishlarni rivojlantirish maqsadida 1974-1979-yillarda O‘rta Osiyo qishloq xo‘jalik ilmiy-tadqiqot institutida „Yer fondidan foydalanish“ bo‘limini boshqargan. Uning ilmiy ishlarida statistik maʼlumotlarga asoslanib, olimlarning g‘oyalarini eʼtiborga olgan holda yer fondining ijobiy transformatsiyasi, yer fondini qiyosiy baholash, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilashning texnik va iqtisodiy muammolari, ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan ekinlarni almashtirib ekishga alohida ahamiyat qaratgan. Tuproq unumdorligini oshirishni taʼminlovchi barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli amalga oshirish, kimyoviy vositalardan, ayniqsa, organik o‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalanish, xo‘jaliklarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yer va ekin maydonlarini optimallashtirish, ekinlarni sug‘orishda yangi texnikalardan ilg‘or va samarali foydalanish nechog‘li ahamiyatli ekaligini ilmiy va amaliy jihatdan asoslagan.

Ilmiy ishlari

tahrir

Professor Abdug‘aniyev o‘zing ko‘p yillik faoliyati davomida shogirdlari bilan:

  • 2 ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta maʼruza matnlarini tayyorlagan[1].
  • 200 dan ortiq ilmiy maqola, 3 ta monografiya va 5 ta risola chop ettirgan.
  • Ilmiy maqolalarning 20 dan ortig‘i Rossiya, Ispaniya, Belorussiya va Ukraina davlatlarining nufuzli nashrlarida eʼlon qilingan.

A.Abdug‘aniyev 1980-1998-yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi institutida dotsent, professor hamda „Qishloq xo‘jaligi iqtisodi“ fakultetining dekani lavozimida faoliyat koʻrsatgan. Faoliyati davrida xorijiy mamlakatlar bilan qishloq xoʻjaligi va iqtisodiy tarmoqni rivojlantirish maqsadida xorijiy tajribalarga tayangan holda rivojlangan davlatlar iqtisodiy barqarorligining kaliti va faravonligi negizining asoslarini Oʻzbekistonda qoʻllay olish mumkinligi va uning barqaror iqtisodiy mavqeʼini rivojlantirish boʻyicha koʻplab samarali ishlarni amalga oshirgan.

Ilmiy unvonlari

tahrir

A.Abdug‘aniyevning samarali mehnati va izlanishlari samasi zoye ketmadi. Unga 1986-yil iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasi va 1989-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. 1999-2003-yillar davomida Toshkent irrigatsiya — melioratsiya institutida professor lavozimida ishlagan. 2003-yildan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida professor lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Professor Abdulatif Abdug‘aniyev 1968-yildan boshlab o‘zining boy bilim va tajribasi asosida oliy maʼlumotli iqtisodchilarni hamda ilmiy xodimlarni tayyorlashda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. U O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan „Taʼlim to‘g‘risida“gi qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi talablari asosida mamlakatda ilk bor „Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti“ fanining namunaviy o‘quv dasturini yaratdi. Ushbu dastur asosida shuningdek, „Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti“ darsligi chop etildi.

Bu darslik 2004-, 2006- va 2011-yillarda qayta nashr etilgan. 2011-yilda ushbu nashr soha bo‘yicha yilning „Eng yaxshi darsligi“ deb tan olingan. Darslik bugungi kunda ham ushbu fan o‘qitiladigan barcha institut va universitetlarda keng foydalanib kelinmoqda.

Olim oʻz ilmiy merosini ustoz-shogird anʼnasiga binoan davom ettirish maqsadida koʻplab shogirdlarni tarbiyaladi. Uning ilmiy rahbarligida 6 ta fan doktori, 19 ta fan nomzodi yetishib chiqqan.

Oilasi

tahrir

Abdulatif Abdug‘aniyev oilali, 5 nafar farzandi 13 ta nevara va 2 ta evarasi bor.

Ilmiy ishlari

tahrir
  1. Yerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi. T.: „O‘zbekiston“. 1997-y.
  2. Problemi povisheniya ekonomicheskoy effektivnosti ispolzovaniya zasolennix oposhaemix zemel v Uzbekistane. T.: „FAN“ UzSSR. 1980 g.
  3. Problemi povisheniya ekonomicheskoy effektivnosti ispolzovaniya oposhaemix zemel v Uzbekistane. T.: „FAN“ UzSSR. 1983 g.
  4. Puti povisheniya ekonomicheskoy effektivnosti ispolzovaniya oposhaemix zemel v Uzbekistane. M.: TSXA. 1986 g.
  5. „Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti“. Darslik. T.: „ADIB“. 2004-, 2006-, 2011-yillar[2].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir