Abdulaziz Komilov
Abdulaziz Hafizovich Komilov (16-noyabr, 1947, Yangiyoʻl) — oʻzbekistonlik siyosatchi. 1994—2003-yillarda va 2012—2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri.[1]
Abdulaziz Hafizovich Komilov | |
---|---|
Камилов Абдулазиз Хафизович | |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri | |
Mansab davri 2012-yil 13-yanvar – 2022-yil 27-aprel | |
Hukumat boshligʻi |
Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Elyor Gʻaniyev |
Vorisi | Vladimir Norov vazifasini bajaruvchi |
Mansab davri 1994-yil 11-sentabr – 2003-yil 14-martgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Abdulhoshim Mutalov Oʻtkir Sultonov |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Saidmuxtor Saidqosimov |
Vorisi | Sodiq Safoyev |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi | |
Mansab davri 2003-yil 14-mart – 11-sentyabrgacha | |
Hukumat boshligʻi | Oʻtkir Sultonov |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Saidmuxtor Saidqosimov |
Vorisi | Sodiq Safoyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
16-noyabr 1947-yil Yangiyoʻl, Toshkent, Oʻzbek SSR |
Bolalari | Doniyor Komilov |
Mukofotlari |
Tarjimai holi
tahrir1947-yil 16-noyabrda Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahrida tugʻilgan
Taʼlim
tahrirOliy maʼlumotli, SSSR Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik akademiyasini tamomlagan. 1978-1980 — SSSR FA Sharqshunoslik instituti aspiranti. Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.
Mehnat faoliyati
tahrir1973—1976-yillarda SSSRning Livandagi elchixonasi attashesi, 1980—1984-yillarda SSSRning Suriyadagi elchixonasi 2-kotibi, 1984—1988-yillarda SSSR Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharq boʻlimining xodimi, 1988—1991-yillarda SSSR FA Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar institutining katta ilmiy xodimi, 1991—1992-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Rossiyadagi elchixonasi maslahatchisi, 1992—1994-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari, 1994-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari vazifalarida ishlagan. 1994—2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri, shu bilan birgalikda 1998—2003-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori, 2003-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosiy masalalar boʻyicha maslahatchisi, 2003—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi Favqulodda va Muxtor elchisi, 2004—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining qarorgohi Vashingtonda joylashgan Kanadadagi Favqulodda va Muxtor elchisi, 2008—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining qarorgohi Vashingtonda joylashgan Braziliya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi kabi elchilik vazifalarida faoliyat olib borgan. 2010—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, 2012-yil 13-yanvardan 2022-yil 27-aprelgacha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri[2], 2022-yil 27-apreldan 16-iyungacha — Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, 2022-yil 16-iyundan — Oʻzbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari boʻyicha maxsus vakili[3] lavozimiga tayinlandi. Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega. Arab va ingliz tillarini biladi.
Mukofotlari
tahrirFidokorona xizmatlari uchun ordeni[4][5][6].
2-darajali Ismoili Somoniy ordeni[9].
Oʻzbekiston belgisi nishoni.
O‘zbekiston mustaqilligiga 20 yil nishoni.
Oilasi
tahrirKomilov Sharof Rashidovning qizi Gulnora Rashidovaga uylangan. Oʻgli — Doniyor Komilov, iqtisodchi[11] va tadbirkor. „Metropol Group“ masʼuliyati cheklangan jamiyati egasi. Bu shirkat 2021-yil 17-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosini sotib oldi.[12]
Manbalar
tahrir- ↑ „Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimi“. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi. 12-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-noyabr. (Wayback Machine saytida 12-may 2019-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ Abdulaziz Komilov tashqi ishlar vaziri lavozimidan ketdi
- ↑ Abdulaziz Komilov prezidentning tashqi siyosat masalalari boʻyicha maxsus vakili lavozimiga tayinlandi
- ↑ http://m.kun.uz/news/2017/11/16/savkat-mirzieev-abdulaziz-komilovni-mukofotladi
- ↑ „Абдулазиз Камилов награжден орденом в честь 70-летия“. 26-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-may 2020-yil.
- ↑ „Шавкат Мирзиёев Абдулазиз Комиловни мукофотлади“. 18-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2017-yil.
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 26 avgust 1996 года № УП-1548 «О награждении группы государственных служащих, работников производства и сферы обслуживания в связи с пятилетием независимости Республики Узбекистан
- ↑ Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 25-avgusta 2011 goda „O nagrajdenii v svyazi s dvadsatiletiem nezavisimosti Respubliki Uzbekistan gruppi gosudarstvennix slujaщix i rabotnikov proizvodstvennoy i sotsialno-ekonomicheskoy sfer“[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Президент Таджикистана наградил Арипова и Камилова“. 3-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust 2019-yil.
- ↑ Ukaz Prezidenta Turkmenistana ot 26-avgusta 2022 goda "O nagrajdenii zamestitelya sekretarya Soveta bezopasnosti pri Prezidente Respubliki Uzbekistan, spesialnogo predstavitelya Prezidenta Respubliki Uzbekistan po vneshnepoliticheskim voprosam Kamilova Abdulaziza Xafizovicha ordenom Turkmenistana „Galkynyş“
- ↑ https://www.famous-scientists.ru/list/12366
- ↑ „Бывшее здание СГБ выкупила компания сына высокопоставленного чиновника“.