Safoyev Sodiq Solihovich (1954-yil 3-fevral, Toshkent) — Oʻzbekistonning 1993-yilda va 2003-2005-yillardagi Tashqi ishlar vaziri.

Safoyev Sodiq Solihovich
Сафоев Содиқ Солиҳович
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi raisi
Mansab davri
2005-yildan – 2015-yilgacha
Oʻtmishdoshi lavozim ta'sis etilgan
Vorisi Alisher Kurmanov
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
2003-yildan – 2005-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Abdulaziz Komilov
Vorisi Elyor Gʻaniyev
Mansab davri
1993-yilda
Oʻtmishdoshi Ubaydulla Abdurazzoqov
Vorisi Saidmuxtor Saidqosimov
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining davlat maslahatchisi
Mansab davri
1996-yilda
Oʻtmishdoshi Alisher Fayzullayev
Vorisi Vladimir Norov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 3-fevral 1954-yil (1954-02-03) (70 yosh)
Toshkent
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeniAndoza:Yuksalayotgan quyosh ordeni

Biografiyasi

tahrir

Maʼlumoti — oliy, 1976-yilda Toshkent davlat universitetini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

1976-1987 — Toshkent davlat universitetida oʻqituvchi, katta oʻqituvchi.

1987-1990 — OʻzSSR Kommunistik Parityasi markaziy qo'mitasi metodisti, sektor mudiri.

1990-1991 — Oʻzbеkiston Rеspublikasi Fanlar akadеmiyasi Ishlab chiqarish kuchlarini oʻrganish institutida katta ilmiy xodim.

1991-1992 — Oʻzbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti dеvonining xalqaro iqtisodiy aloqalar boʻlimida yetakchi konsultant, boʻlim mudiri.

1992-1993 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining birinchi oʻrinbosari.

1993-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri[1].

1993-1996 — Oʻzbekiston Respublikasining Gеrmaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, oʻrindoshlik asosida — Oʻzbekiston Respublikasining Nidеrlandiya va Avstriyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.

1996-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi.

1996-2001 — Oʻzbekiston Respublikasining Amеrika Qoʻshma Shtatlaridagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, oʻrindoshlik asosida — Oʻzbekiston Respublikasining Kanadadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.

2001-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.

2003-2005 — Oʻzbеkiston Rеspublikasi Tashqi ishlar vaziri.

2003-2005 — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori.

2005-yildan 2015-yilgacha — Oʻzbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi raisi.

2015-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʻrinbosari[2]

2021-yildan, shuningdek — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori.

Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega[3].

Manbalar

tahrir
  1. arxiv nusxasi, 2017-11-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-11-01
  2. Senat tuzilmasi, 2017-11-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-11-01
  3. „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan tayinlangan aʼzolari“. 2014-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-aprel.