Abdulla Musavvir Xurosoniy
Abdulla Musavvir Xurosoniy, shuningdek, Abdulloh Buxoriy – XVI asr ikkinchi yarmida Buxoroda yashagan miniatyurachi fors rassomi, Buxoro miniatyura maktabi vakili[1].
Abdulla Musavvir Xurosoniy | |
Tavalludi | XVI asr Xuroson |
Vafoti | XVI asr Buxoro, Buxoro xonligi |
Biografiyasi
tahrirAbdullaning tugʻilgan va vafot etgan sanalari aniq emas. Uning qayerdan kelgani ham nomaʼlum. Ushbu rassom haqida juda kam maʼlumot mavjud. Usmonli adibi, biografi va tarixchisi Mustafo Ali Chelabiy afandi (1541—1600) „Manakib-i Hunarvaron“ („Isteʼdodli amallar“) asarida Abdullaning Shayxzodaning shogirdi boʻlganligi, Behzodning oʻzidan tahsil olgani haqida yozilgan. Boshqa bir manbalarga koʻra, uning ustozi Mahmud Muzahhib boʻlib, u ham Behzodning eng yaxshi shogirdlaridan boʻlgan[2]. Shuningdek, Abdulla Buxoriy Mahmud Muzahhib bilan birga 1540—1949-yillarda Movarounnahrda hukmronlik qilgan Xon Abdalaziz kitobxonasining yetakchi rassomi boʻlganligi ham maʼlum[1].
Shayboniylar urugʻidan boʻlgan Abdalazizxon kitobxonani otasi Ubaydulladan meros qilib olgan va uni oʻz davlatining asosiy madaniy markazi sifatida saqlab qolish uchun koʻp harakat qilgan. Uning qoshidagi kutubxona ustaxonasi rahbari Mavlono Sulton Mirek al-Munshiy[3] boʻlgan. U yerdagi koʻpchilik rassomlar Hirotlik edi. Rassom Abdulla Buxoriy xon kitobxonasida xizmat qilib, qoʻlyozmalarni tasvirlashda qatnashgan. Baʼzi tadqiqotchilarning fikriga koʻra, u 1570-yillargacha, boshqalarga koʻra – 1580-yillarning oʻrtalarigacha ishlagan.
Hirot miniatyura maktabi anʼanalari taʼsirida, qoʻlyozma kitoblarga naqsh va nafis suratlar ishlagan. Behzodning shogirdi Abdulla va Mahmud Muzahhib imzolari bilan bir xil turdagi miniatyuralar Saʼdiyning 1542—1649-yillarda Abdalazizxonga bagʻishlangan „Boʻston“ nusxasida (Gulbenkian toʻplami, Lissabon) mavjud. Bu miniatyuralar ham Behzodning kompozitsion sxemalarini takrorlaydi.
1549-yilda xon Abdulaziz vafotidan soʻng, Movarounnahr gʻalayonlar bosib olinganidan soʻng, Mahmud Muzahhib va Abdullaxon Buxoroda yashab, yangi hukmdorlarga xizmat qilishda davom etdilar. 1557-yilda esa Abdullaxon II[4] Buxoro taxtiga oʻtirdi. Alisher Navoiyning bugungi kunda Fransiya Milliy kutubxonasi ( Parij) va Oksforddagi Bodlean kutubxonasi oʻrtasida boʻlingan sheʼriy toʻplami Buxoro hukmdori Yor Muhammad Sultonga bagʻishlangan boʻlib, 1553-yilga tegishli.
Mashhad madaniy yodgorliklari muraqqasida Abdullaning hozirgi tadqiqotchilar shartli ravishda nomlagan "Bogʻda musiqa asbobi bilan turgan miniatyurasi bor. Abdullaning 1575-yilda yaratgan „Uchrashuv“, „Sevishganlar“ nomli asarlari diqqatga sazovor[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 "Abdulla Musavvir Xurosoniy" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Kamoliddin Behzod - Oyina“ (2020-yil 30-mart). Qaraldi: 2023-yil 17-iyul.
- ↑ „Kamoliddin Behzod“. Qaraldi: 2023-yil 17-iyul.
- ↑ Пугаченкова Г., Галеркина О. Миниатюры Средней Азии, 1979 — 148-bet.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |