Abdurrahmon ibn Kaʼb al-Ansoriy
Abdurrahmon ibn Kaʼb al-Ansoriy (arabcha: عبد الرحمن بن کعب الأنصاری — Abu Laylo Abdurrahmon ibn Kaʼb ibn Amr ibn Avf ibn Mabzul ibn Amr al-Ansoriy al-Moziniy,? — 24/644-45,?) — sahoba.
Abu Laylo Abdurrahmon ibn Ka’b
ibn Amr ibn Avf ibn Mabzul ibn Amr al-Ansoriy al-Moziniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy yil (hijriy yil) |
Vafoti | milodiy 644-645-yil (hijriy 24-yil) |
Dini | Islom |
Ota-onasi |
|
Tanilgan sohasi | sahoba |
Abdulloh ibn Kaʼbning ukasi. Onasi ar-Rabob bint Abdulloh ibn Habib. Aslamlik Buraydadan Salama ismli farzand ko‘rgan. Faqirligi sababidan Tabuk g‘azotiga qatnasha olmay iztirobga tushgan. „Tavba“ surasidagi 92-oyat yo‘qsilligi sababli Tabukda ishtirok eta olmagan yetti kishi haqida nozil bo‘lgan. Ibn Hibbon tomonidan al-Harroniy nisbasi bilan zikr etilgan bo‘lsa-da, barcha manbalarda Bani Mozin qabilasiga nisbat berilib, al-Moziniy deb tilga olinadi.
Janglardagi ishtiroki
tahrirBadr, Uhud, Xandaq g‘azotlari va boshqa barcha janglarda qatnashgan. Hijratning uchinchi yili rabi’ul-avval oyida bo‘lib o‘tgan Bani Nazir g‘azotida Payg‘ambar tomonlaridan Abdulloh ibn Salom bilan birga Bani Nazir yahudiylariga tegishli xurmolarni kesishga tayinlangan.
Vafoti
tahrirUmar xalifalik davrining oxirlarida vafot etgan. Vafot etgan joyi maʼlum emas[1].
Adabiyotlar
tahrir- Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. — Bayrut: 1388/1968. II, 165;
- Ibn Hibbon. Kitāb as-siqāt. — Haydarobod: 1393-99/1973-79. I, 243;
- Ibn Abdulbar. Al-Istӣ’āb. — Qohira: 1328. II, 398-399;
- Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1390-93/1970-73. III, 490;
- Ibn Hajar. Al-Isāba. — Qohira: 1390-92/1970-72. IV, 350;
- Mücteba Uğur. „Abdurrahman b. Kâ‘b el-Ensârî“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 167.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |