Abdusattor Rahimov (futbolchi)
Abdusattar Qayumovich Rahimov (1964-yil 8-mart) – sovet va oʻzbekistonlik futbolchi. Abdusattor faoliyati davomida darvozabon pozitsiyasidan tashqari boshqa pozitsiyalarda uzoq vaqt davomida oʻynagan. Hozirda futbol murabbiy.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Abdusattor Qayumovich Rahimov | ||
Tavallud sanasi | 8-mart 1964-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent Oʻz SSR, USSR | ||
Boʻyi | 178 cm (5 ft 10 in) | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1982 | Hisor | 16 | (1) |
1983 | Paxtakor | 5 | (1) |
1985 | Sohibkor | 2 | (0) |
1985 | Zvezda | 10 | (0) |
1986—1987 | Xonqa | 53 | (8) |
1988 | Yoshlik | 25 | (0) |
1989 | Xorazm | 34 | (4) |
1990—1991 | Sohibkor | 56 | (8) |
1992 | Andijon | 24 | (0) |
1994 | Paxtakor | 14 | (6) |
1994—1995 | Chirchiq | 23 | (0) |
1997 | Doʻstlik | 1 | (0) |
1997 | Afrosiyob | 6 | (0) |
1998 | Orol | - | (0) |
1998 | Doʻstlik | - | (0) |
Boshqargan klublari | |||
Bunyodkor | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Biografiya
tahrirFutbolchilik faoliyati
tahrirAbdusattor oʻz faoliyatini 1982-yilda ikkinchi Sovet ligasida, „Hisor“ Shahrisabz jamoasida boshlagan. 1983-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarkibida oliy ligada beshta oʻyin oʻtkazgan. 1984-yilda professional jamoalar tarkibida oʻynamagan. 1985-yil „Sohibkor“ Xalqobod jamoasi tarkibida ikkinchi ligada oʻynay boshlagan. Keyinchalik Jizzaxning „Zvezda“ jamoasiga oʻtgan. Abdusattor boshqa pozitsiyalarda toʻrtta va darvozabon sifatida oltita oʻyin oʻtkazgan. 1986—1987-yillarda Xorazm / Xonqa klubi tarkibida oʻynagan. Xonqa tarkibida 47 ta oʻyin oʻtkazgan boʻlsa, darvozabon sifatida 6 ta oʻyin oʻtkazgan. Keyinchalik Rahimov SSSR ikkinchi (1988—1989) va ikkinchi quyi (1990—1991) ligalari jamoalari, „Yosh“ Jizzax (1988), „Jayxun“ Urganch, „Sohibkor“ (1990—1991) jamoalarida universal pozitsiya oʻyinchisi sifatida oʻynagan.
1983-yilgi SSSR xalqlarining „Spartakiada“ futbol musobaqasi ishtirokchisi, Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida darvozabon pozitsiyasida oʻynagan[1].
1992-yil Oʻzbekiston chempionatida, Andijonning „Navroʻz“ klubi darvozaboni sifatida oʻynagan. 1994-yilgi chempionatni „Paxtakor“ klubi tarkibida universal pozitsiya futbolchisi sifatida oʻynagan boʻlsa, keyinchalik „Chirchiq“ klubiga oʻtgan. Chirchiq klubi tarkibida mavsum oxirigacha darvozabon sifatida oʻynagan. 1995-yilgi chempionatda 5 ta oʻyinda darvozabon va toʻqqizta maydondagi boshqa pozitsiyalarda oʻynagan. 1997-yil Samarqandda „Doʻstlik“ va „Afrosiyob“ jamoalari tarkibida darvozabon pozitsiyasida oʻtkazgan. 1998-yilda u „Orol“ Nukus tarkibida, 1999 yilda "Doʻstlik" tarkibida oʻynagan[2].
Murabbiylik faoliyati
tahrir2000-yildan beri u Paxtakor akademiyasida murabbiy boʻlib ishlagan. 2015-yilda Oʻzbekiston milliy terma jamoasida Mirjalol Qosimovga darvobonlar murabbiyi sifatida yordam bergan[3]. 2019-yildan 2022-yilgacha Bunyodkorda darvozabonlar murabbiyi boʻlib ishlagan[4][5][6].
Manbalar
tahrir- ↑ : FootBook :. Sayt futbolnoy statistiki
- ↑ Chempionat Uzbekistana po futbolu – Sportivniy forum. Futbol. Xokkey . Prognozi. Konkursi. Prizi
- ↑ „MTJda o'zgarish: Gizimchuk o'rniga Rahimov“ (2015-yil 10-mart).
- ↑ „"Bunyodkor": Bir necha iqtidorli o‘yinchilar ko‘rikdan o‘tish uchun taklif qilingan“ (2019-yil 17-dekabr).
- ↑ „Межсезонье: «Пахтакор» начал с поражение…“. 2021-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-fevral.
- ↑ „Eshitdik-da! "Bunyodkor" murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berdi“ (2022-yil 11-may).
Havolalar
tahrir- Abdusattor Rahimov FootballFacts.ru saytida (ruscha)