Soʻgʻdiyona (futbol klubi)

Oʻzbekistonning Jizzax shahridagi futbol klubi
(So'g'diyona (futbol klubi)dan yoʻnaltirildi)

Soʻgʻdiyona professional futbol klubi (oʻzbekcha: "Сўғдиёна" Жиззах Футбол Клуби) Jizzax viloyati sharafini himoya qiluvchi futbol klub, Oʻzbekiston Superligasi vakili[1].

Soʻgʻdiyona PFK
Toʻliq nomi Soʻgʻdiyona professional futbol klubi
Laqabi Bo'rilar
Asos solingan 1970-yil
Stadion Soʻgʻdiyona (stadion)
Stadion hajmi 11,650
Bosh direktori  UZB Javlon Salohitdinov
Murabbiyi  UZB Ivan Bošković
Vebsayt http://fcsogdiana.uz/
Musobaqasi Superliga
2024 3
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

„Soʻgʻdiyona Jizzax“ futbol klubi 1970-yilda tashkil topgan boʻlib, u Soʻgʻdning qadimiy tarixiy hududi sharafiga nomlangan. Sovet davrida klub asosan SSSR chempionatining ikkinchi va birinchi ligalarida ishtirok etgan. 1979-yilda SSSR Ikkinchi ligasining „Markaziy Osiyo“ zonasi gʻolibi boʻldi. 1992-yilgi Oʻzbekiston Oliy ligasining debyut qur’asida „Soʻgʻdiyona“ shov-shuvli tarzda ushbu liganing bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari, ular uch marta Oʻzbekiston Birinchi ligasi (hozirgi Oʻzbekiston Pro-ligasi) gʻolibi, bir marta kumush medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Oʻzbekiston PFL kubogining ikki karra gʻolibi boʻlgan. Oʻzbekiston Superligasidagi eng yaxshi natijasi ikkinchi oʻrindir (2021).

Tarixi

tahrir

1970-yilda „Jizzax“ nomi bilan tashkil etilgan (baʼzi manbalarda — DSK). Oʻsha yili u SSSR chempionatining „B“ toifasida debyut qildi va 17-oʻrinni egalladi.

1973-yildan jamoa Ikkinchi ligada qatnashadi. 1979-yildan 1985-yilgacha ushbu ligada oʻynab, Birinchi ligaga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Ammo, keyinchalik yana tushib ketganidan soʻng, u Ikkinchi ligada (SSSR parchalanib ketgunga qadar) oʻynaydi.

SSSR kubogida 1985/86-yilgi mavsumda 1/16 finalga chiqdi. Bundan tashqari, klub ayrim davrlarda Oʻzbekiston SSR chempionatida ishtirok etgan. Jamoa Sovet davrida armiya jamoasi sifatida faoliyat yuritgan.

1992-yilda Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1-mamlakat chempionati oʻtkazildi va „Soʻgʻdiyona“ Oʻzbekiston Oliy ligasida debyut qiladi.

Oʻsha mavsumda Jizzax jamoasi shov-shuvli tarzda bronza medallarini qoʻlga kiritdi (Toshkentning „Paxtakor“ va Fargʻonaning „Neftchi“ jamoalari bir xil ochkolar toʻplagani uchun chempionlikni boʻlishishdi, shu sababli kumush medallar hech kimga nasib etmadi).

„Soʻgʻdiyona“ 2002-yilgacha Oliy ligada oʻynab, oʻsha mavsum oxirgi, 16-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasiga tushib ketdi.

2003-yilgi mavsumda Birinchi liga turnirida gʻalaba qozonib, yana Oliy ligaga qaytdi, ammo 2006-yil oxirida  yana yuqori divizionni tark etdi.

Oradan bir mavsum oʻtib „Soʻgʻdiyona“ yana Oliy ligaga chiqishga muvaffaq boʻldi, ammo keyin yana ikki marta quyi ligaga tushib chiqib, mamlakat oliy divizioniga qaytdi va shu tariqa „lift klubi“ga aylandi. Shu bilan birga, 2011 va 2012-yillarda Oʻzbekiston PFL kubogini qoʻlga kiritgan.

2013-yilgi mavsumdan to hozirgacha Oliy ligada (hozirgi Oʻzbekiston Superligasi) ishtirok etib kelmoqda.

2021-yilda oʻz tarixida ilk bor Oʻzbekiston chempionatining kumush medallarini qoʻlga kiritdi. 2022-yilda Oʻzbekistonning „Nasaf“ klubi Osiyo Chempionlar Ligasi pley-offida gʻalaba qozonganidan soʻng, klub OFK kubogiga yoʻllanma oldi. Ushbu musobaqada 1/2 finalgacha yetib borgan.

Nomlar tarixi

tahrir

Tarixda Soʻgʻdiyona futbol klubining bir necha bor nomi oʻzgargan.

Muddat Ism
1970—1972 FC Jizzax (Yana: DSC)
1973—1975 Trud Jizzax
1975—1976 FC Jizzax
1976—1977 Irrigator Jizzax
1978—1981 Boʻston Jizzax
1982—1985 Zvezda Jizzax
1986—1989 Yoshlik Jizzax
1990—h. v. Soʻgʻdiyona Jizzax

Ichki chempionatlardagi ishtiroki

tahrir
Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Eng koʻp gol urganlar
Div. O'rin Oʻ. Yu. D. M. G. U. G. Q. N. Ismi Liga
1992 1 3 32 23 2 7 78 27 48 Chorak final   Samad Narziqulov 14
1993 1 4 30 16 8 6 47 31 40 Nimchorak final   Baxtiyor Gʻofurov 8
1994 1 6 30 14 7 9 53 35 35 Chorak final   Furqat Esonboyev 18
1995 1 9 30 11 3 16 43 50 36 Yarim final   Yerbulat Yeraliyev 8
1996 1 12 30 9 3 18 32 61 30 Dastlabki guruh bosqichi   Zinur Ziganshin

  Furqat Esonboyev

10
1997 1 8 34 15 7 12 51 46 52 Nimchorak final   Zinur Ziganshin 18
1998 1 4 30 16 4 10 56 43 52 Chorak final   Aleksey Jdanov 18
1999 1 13 30 8 8 14 43 52 32 N/A   Aleksey Jdanov 15
2000 1 17 38 9 5 24 46 96 32 Chorak final   Aleksandr Mochinov 9
2001 1 10 34 14 5 15 45 51 47 Chorak final   Qobil Aliqulov 13
2002 1 16 30 8 5 17 33 55 29 1/16 final   Qobil Aliqulov 12
2003 2 1 28 23 3 2 83 21 72 Chorak final   Qobil Aliqulov 23
2004 1 8 26 9 2 15 27 47 29 Chorak final   Rasul Hayitov 11
2005 1 14 26 5 4 17 16 53 19 Nimchorak final   Shahboz Erkinov 5
2006 1 15 30 7 3 20 23 48 24 Ikkinchi saralash bosqichi   Saidolim Sharofuddinov 4
2007 2 1 38 26 7 5 79 27 85 Ikkinchi saralash bosqichi   Bekzod Abdumoʻminov 15
2008 1 11 30 8 9 13 32 48 33 Nimchorak final   Shahboz Erkinov 13
2009 1 16 30 6 6 18 24 66 24 Nimchorak final   Davron Fayziyev 6
2010 2 2 30 21 3 6 57 21 66 Ikkinchi saralash bosqichi   Bahodir Pardayev 26
2011 1 16 26 4 5 17 32 51 17 Chorak final   Suhrob Neʼmatov 7
2012 2 1 30 22 1 7 71 40 67 Nimchorak final   Hurshid Yoʻldoshev 26
2013 1 10 26 8 4 14 34 54 28 Ikkinchi saralash bosqichi   Suhrob Berdiyev 7
2014 1 13 26 7 3 16 32 49 24 1/32 final bosqichi   Suhrob Berdiyev 5
2015 1 15 30 8 2 20 31 60 26 Chorak final   Jasur Hakimov 6
2016 1 10 30 9 7 14 23 41 34 Nimchorak final   Ixtiyor Toshpoʻlatov 5
2017 1 13 30 8 7 15 33 51 31 Nimchorak final   Sanjar Rashidov 14
2018 1 11 20 6 6 8 18 23 24 Nimchorak final   Nikola Milinković
  Oybek Nurmatov
  Shoxruz Norxonov
4
2019 1 4 26 11 7 8 29 29 40 Chorak final   Shoxruz Norxonov 9
2020 1 6 26 10 8 8 34 32 38 Nimchorak final   Shoxruz Norxonov 12
2021 1 2 26 12 11 3 28 15 47 Chorak final   Shoxruz Norxonov 10
2022 1 6 26 9 7 10 31 31 34 Yarim final   Shoxruz Norxonov 10
2023 1 11 26 7 6 13 29 38 27 Guruh bosqichi   Dženan Zajmović 8
2024 1 4 26 12 7 7 41 29 43 Chorak final   Ljupcho Doriyev 12
2025

Xalqaro Musobaqalar

tahrir
Ma'lumotlar 2022-yil 5-oktyabrga oid[2]
Musoboqa Oʻyin D M UG OʻG +/- O
AFC Cup 6 5 1 0 13 3 +10 15
Umumiy 6 5 1 0 13 3 +10 15
Mavsum Musoboqa Bosqich Klub Uy Safar Natija
2022 AFC Cup E guruhi   Neftchi Qoʻchqor-Ota 2-0 1-o'rin
  SSKA Pomir 3-2
  Oltin Asir FK 3-1
Markaziy Osiyi zona finali   Xoʻjand 4-0
Inter-zona play-off yarim final   Eastern Long Lions 1-0
Inter-zona play-off final bosqichi   Kuala Lumpur City 0-0 (q.v)

(3–5 p)

Joriy tarkibi

tahrir
3-mart 2024-yil holatiga[3]

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
1 GK   UZB Shohruh Isoqov
2 DF   UZB Sardor Qulmatov
3 DF   UZB Islom Qobilov
4 DF   UZB Otabek Ahadov
5 DF   UZB Jasurbek Yoqubov
6 DF   UZB Alisher Salimov
7 MF   UZB Muhammadsafo Fozilov
8 MF   MNE Vladimir Jovović
9 FW   UZB Samandarjon Mavlonqulov
10 MF   UZB Shohruxbek Abdurahmonov
11 FW   MNE Zoran Petrović
14 FW   MKD Ljupcho Doriyev
15 DF   UZB Xondamir Mustafoqulov
17 MF   UZB Samandar Sindarov
18 MF   UZB Suhrob Izzatov
18 MF   UZB Umid Sultonov
R. Poz. Millati Futbolchi
21 GK   UZB Muhammadyusuf Sobirov
22 DF   BLR Aleksey Nosko
27 GK   SRB Milan Mitrović
28 DF   UZB Stanislav Andreyev
30 MF   UZB Ibrohimjon Toʻraqulov
32 MF   UZB Nodirjon Soyibov
33 MF   UZB Oleg Zoteyev
34 MF   UZB Dilshodbek Misraliyev
38 DF   UZB Isroil Malikov
43 FW   UZB Sherzod Mirzajonov
44 MF   UZB Sanjar Rashidov
63 DF   UZB Nizomiddin Farhodov
72 DF   UZB Mirasror Mirabrorov
90 FW   UZB Ulugʻbek Kenjayev
99 MF   UZB Bekzod Xoliqulov

Stadion

tahrir

Klubning uy stadioni Jizzax markaziy stadioni hisoblanadi, stadion 1970-yili qurilgan, sigʻimi 9,000 kishiga moʻljallangan.[4] 2012-yili stadion taʼmirlash uchun yopildi. 2013, 2014, 2015 va 2023-yilgi mavsumni Soʻgʻdiyona Zomin stadionida oʻtkazdi. Hozirda jamoa Soʻgʻdiyona stadionida oʻtkazmoqda. 2015-yilda yangilangan „Markaziy“ stadionining qurilish ishlari nihoyasiga yetdi. Stadion nomi „So‘g‘diyona“ sport majmuasiga o‘zgartirildi va 11 650 tomoshabinga mo‘ljallangan. 2015-yil 26-iyun kuni „So‘g‘diyona“ — „Qo‘qon-1912“ o‘rtasidagi liga o‘yini bilan stadion rasman ochildi, bu o‘yinda „So‘g‘diyona“ 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.[5]

Texnik xodimlar

tahrir

Murabbiylar shtabi

tahrir
15 July 2022
Lavozim Ism
Bosh murabbiy   Ivan Bošković
Yordamchi murabbiy   Rade Petrović
Yordamchi murabbiy   Ulugʻbek Boqiyev
Darvozabonlar murabbiyi   Mixail Naumov

Ayollar futboli

tahrir

Asosiy maqola: Soʻgʻdiyona (ayollar futbol klubi)

Klub shuningdek, „Soʻgʻdiyona Jizzax“ deb nomlangan ayollar futbol jamoasini ham tashkil etilgan. 2022-yilgi ayollar klublari oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etmdi. Tarixda[6][7] ilk bor Oʻzbekiston nomidan finalda qatnashdi va chempionlikni qoʻlga kiritdi.[8]

Yutuqlari

tahrir

Boshqaruv tarixi

tahrir

Bosh murabbiylar

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Согдиана—Transfermarkt“. 2021-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-noyabr.
  2. „ОФК Кубоги. Норхоновнинг голи "Сўғдиёна"ни ҳудудлараро финал босқичига олиб чиқди“ (6 сентябрь 2022). 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-sentyabr 2022-yil.
  3. „Soʻgʻdiyona tarkibi“. pfl.uz. 2024-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-mart 2024-yil.
  4. „Центральный (Джизак)“ (ruscha). allstadiums.ru. 30-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „ru:Генсек ФФУ принял участие в открытии нового стадиона в Джизаке“ (ru). sports.uz (2015-yil 25-iyun). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-iyun.
  6. „Аёллар бўйича Осиё чемпионати. "Сўғдиёна-W" мусобақа финалига йўл олди“ (23 август 2022). 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-sentyabr 2022-yil.
  7. „arxiv nusxasi“. 2022-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
  8. „AFC Women's Club Championship. "Сўғдиёна-W" Эрон жамоасини енгиб, Ғарбий минтақа ғолибига айланди“ (23 авг 2022). 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-sentyabr 2022-yil.
  9. „Информация о тренерах футбольного клуба «Согдиана» на сайте footballfacts.ru“. 2017-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-fevral.
  10. „Fayziev 5 yillik faoliyatdan so'ng "So'g'diyona"ni tark etdi“. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
  11. „Rasman: Igor SHkvirin “So'g'diyona” bosh murabbiyi“. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
  12. „Rasman! Aleksandr Mochinov "So'g'diyona" bosh murabbiyi“. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
  13. „FAKT! Mochinov "Buxoro" bilan qilgan ishini "So'g'diyona" bilan ham takrorladi“. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
  14. „Rasman. Sergey Lushan - "So'g'diyona" bosh murabbiyi“. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
  15. „Расмий хабар: Улуғбек Бақоев - "Сўғдиёна" бош мураббийи“ (21 апр 2019). 2022-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-sentyabr 2022-yil.
  16. „"So'g'diyona"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi“. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
  17. „Ёрқин Назаров - «Сўғдиёна» бош мураббийи“. 2022-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2022-yil.

Havolalar

tahrir