Abdushams ibn Abdumanof

Quraysh qabilasining yirik urug‘laridan Abdushams farzandlari shajarasining (Bani Abdushams) asoschisi

Andoza:Wikidata image

Abdushams ibn Abdumanof
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Ota-onasi
  • Abdumanof ibn Qusay (otasi)
  • Otika bint Murra (onasi)
Tanilgan sohasi Bani Abdushams asoschisi

Abdushams ibn Abdumanof (arabcha: عبد شمس بن عبد مناف – Quraysh qabilasining yirik urugʻlaridan Abdushams farzandlari shajarasining (Bani Abdushams) asoschisi.

Hayoti va faoliyati

tahrir

Otasi – Abdumanof ibn Qusay, onasi – Otika bint Murra boʻlib, tavallud va vafot etgan sanasi nomaʼlum.

Tavalludi

tahrir

Ibn Hishomning keltirishicha, Abdushams ibn Abdumanof bila Hoshim egizak boʻlib, terisining bir qismi bir-biriga yopishgan holatda tugʻilgan va Abdumanof qilichi bilan ikkovini orasini ajratgan.

Abdushams ibn Abdumanofning egizi Hoshimdan hoshimiylar, oʻgʻli Umayyadan esa umaviylar urugʻlari tarqagan. Abdushams ibn Abdumanof otasi Abdumanof va egizi Hoshim vafotidan ke­yin oʻz urugʻiga yetakchilik qilgan hamda Abduddor urugʻidan Kaʼba va hojilarga koʻrsatiladigan xizmatlarning bir qismini egallashga erishib, Quraysh qabilasiga katta taʼsir oʻtkaza boshlagan. Karvonboshilik va qoʻmondonlik vazifasi hisoblangan qiyoda ham shu tarzda Abdushams avlodi qoʻliga jamlangan. Bu vazifa Abdushamsdan keyin oʻgʻli Umayyaga, keyinchalik nabirasi Abu Sufyon ibn Harbga oʻtgan.

„Iylof“ uyushmasi

tahrir

Abdushams ibn Abdumanof aka-ukalari Muttalib va Nav­fal bilan birgalikda Hoshim boshchiligida tuzilgan mavsumiy savdo karvonlarini uyushtiruvchi „iylof“ uyushmasida qatnashib, tijorat bilan jiddiy shugʻullangan va umrining asosiy qismini safarlarda oʻtkazgan. Hoshim va Muttalibning vafotidan soʻng „iylof“ga ham boshchilik qilishni boshlagan Abdushams ibn Abdumanof savdo bitimlarini tuzish maqsadida Yaman orqali Habashistonga safar qilib, Makka va Habashiston oʻrtasida savdo aloqalari yoʻlga qoʻyilishiga erishdi.

Vafoti

tahrir

Abdushams ibn Abdumanof ushbu safardan qaytgach, koʻp oʻtmay vafot etdi va Safo togʻi yonbagʻridagi Ajyod nomli tepalikka dafn etilgan. Abdushams ibn Abdumanof Makkada Tuvo, Jaʼfar, Rum va Hum nomli quduqlarni qazdirgani rivoyat qilingan.

Urugʻi

tahrir

Abdushams ibn Abdumanofning oʻn ikkita farzandi boʻlgan. Shomda istiqomat qilgan Umayya va Navfal ismli ikki oʻgʻlidan tashqari barcha farzandlari Makkada yashagan va Bani Abdushams ibn Abdumanof nomi bilan Quraysh qabilasining muhim va obroʻli urugʻini tashkil qilganlar[1].

Quraysh qabilasi
(batafsil shajara)
Vaqida bint AmrAbdumanof ibn QusayAtika bint Murra
Navfal ibn AbdulmanafAbdushams ibn AbdulmanafBarraHalaMuttalib ibn AbdulmanafHoshim ibn AbdulmanafSalma bint Amr
Umayya ibn AbdushamsAbdulmuttalib
Harb ibn UmayyaAbu al-Os ibn UmayyaOmina binti VahbAbdulloh ibn AbdulmuttalibHamza ibn AbdulmuttalibAbu Tolib ibn AbdulmuttalibAz-Zubayr ibn AbdulmuttalibAbbos ibn AbdulmuttalibAbu Lahab
Abu SufyonAl-Hakam ibn Abu al-OsUsmon ibn Abu al-OsAffon ibn Abu al-OsMUHAMMAD
(Oilaviy shajara)
Xadicha bint XuvaylidAli
(Oilaviy shajara)
Havla al-HanafiyaAbdulloh ibn Abbos
Muoviya IMarvonUsmon ibn AffonRuqayya binti MuhammadFotimaMuhammad ibn al-HanafiyaAli ibn Abdalloh
SufyoniylarUmaviylarHasan ibn AliHusayn ibn Ali
(Oilaviy shajara)
Abdulloh ibn Muhammad ibn al-Hanafiyya
(Muxtor as-Saqafiy va Hoshimiylar imomi)
Muhammad ibn Ali ibn Abdulloh
(Bagʻdod xalifaligi)
Ibrohim al-ImomAs-SaffohAbu Jafar al-Mansur

Adabiyotlar

tahrir
  • Ibn al-Kalbiy. Jamhara an-nasab. – Quvayt: 1403/1983. I, 94, 148;
  • Ibn Hishom. Sӣra. – Qohira: 1375/1955. I, 106, 131, 135, 137, 139;
  • Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. – Bayrut: 1388/1968. I, 75, 77, 79, 85;
  • Az-Zubayriy. Nasab Quraysh. – Qohira: 1953. 14, 97;
  • Ibn Habib. Al-Muxabbar. – Haydar­obod: 1361/1942. 163, 169, 399, 456;
  • At-Tabariy. Tarӣx. – Leiden: 1879-1901, I, 1089, 1092;
  • Ibn Durayd. Al-Istiqāq. – Qohira: 1378/1958. 17, 73, 155, 165-167;
  • M. Hamîdullah, İslâm Peygamberi (trc. Salih Tuğ). – İstanbul: 1980. I, 318, 477;
  • Kahhola. Mu’jam qabāil al-’arab. – Bayrut: 1402/1982. II, 724;
  • Mustafa Fayda. „Abdüşems b. Abdümenâf“. TDV İA. – İstanbul: 1988. I, 304.

Manbalar

tahrir
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.