Abubakr Mirzo (Mironshohning oʻgʻli)

(Abu Bakr Mirzo (Temuriy)dan yoʻnaltirildi)

Abubakr Mirzo (13821409) – temuriylar sulolasidan boʻlgan shahzoda, Mironshohning toʻngʻich oʻgʻli va Amir Temurning nabirasi[1].

Abubakr Mirzo
forscha: ابوبکر میرزا
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1382
Vafoti 1409
Seyiston
Bolalari Ilongir Mirzo, Usmon Jodiy
Onasi Xonika Begim
Otasi Mironshoh
Dini Islom
Mansubligi Temuriylar
Janglari Anqara jangi

Hayoti

tahrir

Abubakr Mirzo Mironshohning toʻngʻich oʻgʻli va Amir Temurning toʻngʻich nevaralaridan biri. 1382-yilda tugʻilgan. Onasi Chigʻatoy ulusi hukmdori Suyurgʻatmishxonning qizi Oʻrin Sulton Xonika Begim. 1389-yilda Abubakr Mirzo amir hoji Sayfiddin Barlosning qiziga unashtirilgan. 1392-yilda Samarqandda amir hoji Sayfiddin Barlosning qizi bilan oila qurgan.

Abubakr Mirzo 1400-yil kuzida Mamluklar sultonligi bilan urush paytida Halab va Hamoni egallashda qatnashdi. Usmonli imperiyasi bilan urush paytida u otasi va bobosi qoʻshinlarining yordamiga qaramay, oʻjarlik bilan serb jangchilariga birinchi boʻlib hujum qilgan. Oʻng qanotning avangardiga qoʻmondonlik qilgan, Anqara jangida qatnashgan. Serb-usmonli qoʻshini ustidan gʻalaba qozonib, Sulton Boyazidning oʻgʻli Sulaymon Chalabiyni taʼqib qilgan. Iznik shahrini egallab, boy oʻlja bilan bobosining oldiga qaytib kelgan[2].

1403-yilda taxt vorisi vafotidan keyin Muhammad Sulton Bagʻdod hukmdori boʻldi. Oʻsha yili u Qoraqoʻyunlular boshligʻi Qora Yusufni magʻlub etdi, uning ukasi Qora Ali jangda halok boʻldi va Qora Yusufning barcha mollari gʻoliblar tomon oʻtdi. Gʻalabadan soʻng Abubakr 1401-yilda vayron boʻlgan Bagʻdodni va Iroqning iqtisodiy holatini tiklashga kirishib, Qora Yusuf bosqinlari chogʻida vayron boʻlgan hududni tiklashga harakat qildi.

1405-yilda bobosi vafotidan soʻng, u xutba oʻqitib, otasining nomi yozilgan tangalar zarb qilgan. Samarqand taxtini egallagan Xalil Sultonning taklifiga binoan u otasi bilan Samarqandga keladi. Bir muddat Samarqandda yashagan. Keyinchalik ukasi Umar Mirzo isyon koʻtaradi[3].

Abubakr otasining oldiga qaytib keladi va ukasi Umar Mirzoga qarshi urush boshladi, Umar va uning tarafdorlariga tegishli bir qancha qal’alarni egallaydi.

1406-yil aprelda amakivachchalari Rustam Mirzo, Pir Muhammad Mirzo va Iskandar Sulton Mirzo Umar Mirzo bilan ittifoq tuzib, unga qarshi urush boshladilar, ammo Abubakr qoʻshinlari tomonidan magʻlubiyatga uchratiladi.

1408-yil aprelda u otasi bilan birgalikda Qora Yusufga qarshi yurish qildi, ammo ularning qoʻshini magʻlubiyatga uchradi va Miranshoh jangda vafot etdi. Abubakr Kirmonga chekinadi. Seyistonda vafot etadi[4].

Manbalar

tahrir
  1. Turg`un Fayziyev. Temuriylar shajarasi. Xazina, 1995 — 184-bet. Qaraldi: 24-sentabr 2023-yil. 
  2. „Книга побед амира Тимура“. 2019-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-aprel.
  3. Клавихо Дневник путешествия в Самарканд ко двору Тимура
  4. Фасих Хавафи Фасихов свод