Afgʻoniston davlati rahbarlari roʻyxati

Ushbu maqolada birinchi zamonaviy afgʻon davlati – 1709-yilda tashkil etilgan Gilzoyi hokimligi davridan beri Afgʻonistonga rahbarlik qilganlar roʻyxati keltirilgan.

Tarixi

tahrir

Gilzoyi hokimligi yoki Xotakiylar davlati Mir Vays Xotakiy va qandahorlik boshqa afgʻon qabila sardorlari tomonidan Boburiylar hamda Safaviylar davlatiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolondan soʻng tashkil topdi[1][2][3].

Uzoq davom etgan urushlardan soʻng, Xotakiylar davlatini 1747-yilda Ahmadshoh Durroniy boshchiligidagi Durroniylar afgʻon imperiyasi almashtirdi[4][5] .

1823-yilda Durroniylar davlati parchalanganidan keyin barakzoi sulolasi Kobul amirligiga asos soldi. Bu davlat keyinchalik Afgʻoniston amirligi deb atalgan. Birinchi ingliz-afgʻon urushi mobaynida, 1839-yilda Britaniya homiyligidagi sobiq shoh Shujo ul-Mulk taxtni egallagach, Durroniylar xonadoni hokimyati tiklandi. 1842-yilda inglizlarning chekinishi ortidan shoh Shujo oʻldirildi. Shundan soʻng barakzoi sulolasi hokimyatni tortib oldi, oxir-oqibat 1926-yilda amirlik Afg‘oniston Qirolligiga aylantirildi va oxirgi shoh Zohirshoh Muhammad 1973-yilda amakivachchasi Muhammad Dovud Xon tomonidan davlat toʻntarishi natijasida taxtdan agʻdarilgunga qadar mamlakatni (1929-yilda tanaffus bilan) boshqardi. Dovudxon barakzoi xonadonidan boʻlishiga qaramay, anʼanalardan voz kechdi, oʻzini shoh deb eʼlon qilmadi va monarxiyani tugatib, oʻzi prezidenti boʻlgan Afgʻoniston Respublikasini tuzdi[6][7]. Respublika davri 1978-yildagi Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi boshchiligidagi Savr inqilobiga qadar davom etdi[8].

1978-yildan beri Afgʻoniston davomli fuqarolar urushi va xorijiy bosqinlar holatida qoldi.

Prezident Hamid Karzay 2004-yil 7-dekabrda Afgʻonistonda demokratik yoʻl bilan saylangan birinchi davlat rahbari boʻldi. Uning vorisi, 2014-yil 29-sentabrdan 2021-yil 15-avgustigacha hokimiyat tepasida boʻlgan, Ashraf Gʻani 2021-yildagi Tolibonning keng koʻlamli hujumi mobaynida Kobulning qulashi ortidan mamlakatni tark etdi[9].

Kobulni qaytarib olishi bilan Tolibon Afgʻoniston Islom Amirligini tikladi va 2016-yildan beri uning oliy rahbari, islom olimi Haybatulloh Oxundzoda amalda Gʻani oʻrniga davlat rahbariga aylandi[10].

Davlat rahbarlari roʻyxati

tahrir

(Yotiq matn bilan yozilgan sanalar amalda faoliyatning davom etishini bildiradi)

Monarxlari

tahrir

Xotakiylar davlati (1709–1738)

NomiHayot davomiyligiHukmronlik boshlanishiHukmronlik tugashiEslatmalarOilaTasvir
Mir Vays Xotakiy
  • Mirvays bobo
1673–171517091715Qandahorda Xotakiylar davlatiga asos soldi.Xotakiy 
Abdulaziz Xotakiy1717-yilda vafot etgan17151717Mir Vays Xotakiyning ukasiXotakiy 
Mahmud Xotakiy1697 – 1725-yil 22-aprel17171725-yil 22-aprelMir Vays Xotakiyning oʻgʻliXotakiy 
Ashraf Xotakiy1730-yilda vafot etgan1725-yil 22-aprel1730Mir Vays Xotakiyning jiyaniXotakiy 
Husayn Xotakiy1738-yilda vafot etgan17301738-yil 24-mart
(taxtdan agʻdarilgan)
Mir Vays Xotakiyning oʻgʻli
Qandahor qamalida Nodirshoh tomonidan agʻdarilgan
Xotakiy 

Durroniylar davlati (1747–1823)

NomiHayot davomiyligiHukmronlik boshlanishiHukmronlik tugashiEslatmalarOilaTasvir
Ahmadshoh Durroniy
  • Millat otasi
1720/1722 – 1772-yil 4-iyun1747-yil iyun1772-yil 4-iyunDurroniylar sulolasi va Durroniylar davlatiga asos solgan; Zamonaviy Afgʻonistonning asoschisi hisoblanadiDurroniy 
Temurshoh Durroniy1746-yil dekabr – 1793-yil 20-may1772-yil noyabr1793-yil 20-mayAhmadshohning oʻgʻli
1772-yildagi fuqarolar urushi va koʻplab qoʻzgʻolonlardan soʻng otasi vafotidan keyin Durroniy imperiyasini saqlab qoldi
Durroniy 
Zamonshoh1770–18441793-yil 20-may1801-yil 25-iyul
(taxtdan agʻdarilgan)
Temurshohning oʻgʻli
Otasi vafotidan keyin akalari bilan fuqarolar urushida qatnashgan, keyinchalik taxtdan agʻdarilgan
Durroniy 
Mahmudshoh Durroniy
(1-marta)
  • Shoh Mahmud
1769 – 1829-yil 18-aprel1801-yil 25-iyul1803-yil 13-iyul
(taxtdan agʻdarilgan)
Temurshohning oʻgʻli
Otasi vafotidan keyin akalari bilan fuqarolar urushida qatnashgan, keyinchalik taxtdan agʻdarilgan
Durroniy 
Shoh Shujo Durroniy
(1-marta)
  • Inoyatillohi, Shujo ul-Mulk, Muhammad Bahodur
1785-yil 4-noyabr – 1842-yil 5-aprel1803-yil 13-iyul1809-yil 3-may
(taxtdan agʻdarilgan)
Temurshohning oʻgʻli
Otasi vafotidan keyin akalari bilan fuqarolar urushida qatnashgan, keyinchalik taxtdan agʻdarilgan va taxtni qaytarib olishga bir necha bor uringan
Durroniy 
Mahmudshoh Durroniy
(2-marta)
  • Shoh Mahmud
1769 – 1829-yil 18-aprel1809-yil 3-may1818
(taxtdan agʻdarilgan)
Temurshohning oʻgʻli
Ikkinchi hukmronligi davrida hukmronligidan keyin Hirotga surgun qilingan
Durroniy 
Alishoh Durroniy1818/1819-yilda vafot etgan18181819
(taxtdan agʻdarilgan)
Temurshohning oʻgʻliDurroniy 
Ayubshoh Durroniy1837-yil 1-oktyabrda vafot etgan18191823
(taxtdan agʻdarilgan)
Temurshohning oʻgʻliDurroniy 

Kobul amirligi / Afgʻoniston amirligi (1823–1926)

NomiHayot davomiyligiHukmronlik boshlanishiHukmronlik tugashiEslatmalarOilaTasvir
Sulton Muhammadxon
  • Muhammadxon taloyi
1792–183418231826
(taxtdan agʻdarilgan)
Barakzoi sulolasining birinchi hukmdori; Sardor Poyandaxonning oʻgʻli, Doʻstmuhammadxonning ukasiBarakzoi 
Doʻstmuhammadxon
(1st reign)
  • Amir al-moʻminin, Amiri kabir
1792-yil 23-ekabr – 1863-yil 9-iyun1826-yil yozi1839-yil 6-avgust
(taxtdan agʻdarilgan)
Sardor Poyandaxonning oʻgʻli
Temurshoh Durroniy oʻgʻillari oʻrtasidagi ichki urushlar tufayli boʻlingan Afgʻonistonni qayta birlashtirish uchun tashkillashtirilgan kampaniyalar. Oʻz hukmdorligi davomida 1839—1842-yillarda Shoh Shujo Durroniy bilan Birinchi ingliz-afgʻon urushi mobaynida bahslashdi.
Barakzoi 
Shoh Shujo Durroniy
(2-marta)
  • Inoyatillohi, Shujo ul-Mulk, Muhammad Bahodur
1785-yil 4-noyabr – 1842-yil 5-aprel1839-yil 7-avgust1842-yil 5-aprelTemurshoh Durroniyning oʻgʻli
Birinchi ingliz-afgʻon urushida Britaniya yordami bilan taxtga qaytgan, Kobuldan chekinish natijasida oʻldirilgan.
Durroniy 
Akbarxon
  • Amir Akbarxon, Muhammad Akbarxon
1816–18471842-yil may1843Doʻstmuhammadxonning oʻgʻliBarakzoi 
Doʻstmuhammadxon
(2-marta)
  • Amir al-moʻminin, Amiri kabir
1792-yil 23-dekabr – 1863-yil 9-iyun18431863-yil 9-iyunSardor Poyandaxonning oʻgʻli
Birinchi ingliz-afgʻon urushida inglizlar va Shoh Shujo magʻlubiyatga uchragach, taxtga qaytgan. Inglizlar bilan ittifoq tuzgandan keyin „Afgʻoniston“ atamasi paydo boʻldi. Afgʻoniston ichida qolgan kuchlarni magʻlub etishda davom etdi, 70 yil davom etgan shafqatsiz fuqarolar urushidan soʻng mamlakatni 1793—1863-yillarda vafotigacha birlashtirgan.
Barakzoi 
Sheralixon
(1st reign)
1825 – 1879-yil 21-fevral9 June 1863-yil 9-iyunMay 1866
(taxtdan agʻdarilgan)
Doʻstmuhammadxonning oʻgʻliBarakzoi 
Muhammad Afzalxon1815 – 1867-yil 7-oktyabr1866-yil may1867-yil 7-oktyabrDoʻstmuhammadxonning oʻgʻliBarakzoi 
Muhammad Aʼzamxon1820–18701867-yil 7-oktyabr1868-yil 21-avgustDoʻstmuhammadxonning oʻgʻliBarakzoi 
Sheralixon
(2-marta)
1825 – 1879-yil 21-fevral1868-yil 9-sentyabr1879-yil 21-fevralDoʻstmuhammadxonning oʻgʻliBarakzoi 
Muhammad Yoqubxon1849 – 1923-yil 15-fevral1879-yil 21-fevral1879-yil 12-oktyabr
(taxtdan agʻdarilgan)
Sheralixonning oʻgʻli
Ikkinchi ingliz-afgʻon urushida taxtdan agʻdarilgan
Barakzoi 
Muhammad Ayubxon
  • Mayvand gʻozisi
    afgʻon shahzoda Charlisi
1857 – 1914-yil 7-aprel1879-yil 12-oktyabr1880-yil 31-may
(taxtdan agʻdarilgan)
Sheralixonning oʻgʻli
Qandahor jangida magʻlubiyatga uchragan va ikkinchi ingliz-afgʻon urushi oxirida surgun qilingan.
Barakzoi 
Abdurahmon
  • Temir amir
1840/44 – 1901-yil 1-oktyabr1880-yil 31-may1901-yil 1-oktyabrMuhammad Afzalxonning oʻgʻliBarakzoi 
Habibullo1872-yil 3-iyun – 1919-yil 20-fevral1901-yil 1-oktyabr1919-yil 20-fevralAbdurahmonxonning oʻgʻliBarakzoi 
Nasrullaxon1874–19201919-yil 20-fevral1919-yil 28-fevral
(taxtdan agʻdarilgan)
Abdurahmonxonning oʻgʻliBarakzoi 
Omonullaxon1892-yil 1-iyun – 1960-yil 25-aprel1919-yil 28-fevral1926-yil 9-iyunHabibulloxonning oʻgʻliBarakzoi 

Afg‘oniston Qirolligi (1926–1929)

NomiHayot davomiyligiHukmronlik boshlanishiHukmronlik tugashiEslatmalarOilaTasvir
Omonullaxon1892-yil 1-iyun – 1960-yil 25-aprel1926-yil 9-iyun1929-yil 14-yanvar
(abdicated)
Habibulloxonning oʻgʻliBarakzoi 
Inoyatullaxon1888-yil 20-oktyabr – 1946-yil 12-avgust1929-yil 14-yanvar1929-yil 17-yanvar
(taxtdan agʻdarilgan)
Habibulloxonning oʻgʻliBarakzoi 

Saqqovistlar amirligi va 1928–1929-yillardagi fuqarolar urushi

NomiHayot davomiyligiHukmronlik boshlanishiHukmronlik tugashiEslatmalarOilaTasvir
Habibullo Kalakoniy
  • Bachai Saqo
1891-yil 19-yanvar – 1929-yil 3-noyabr1929-yil 17-yanvar[note 1]1929-yil 13-oktyabrShoh va amir sifatida tasvirlangan [note 2]; 1928-29 yillardagi fuqarolar urushi davrida taxtga daʼvogarlik qilgan[16]; taxtda agʻdarilgan va qatl qilingan[17]sulolasiz 
Ali Ahmadxon1883 – 1929-yil 11-iyul1929-yil 17-yanvar1929-yil 9-fevralQirol sifatida tasvirlangan; 1928—1929-yillardagi fuqarolar urushi davrida Kalakoniyga qarshi koʻtarilgan; qoʻlga olingan va qatl etilganBarakzoi 
Omonullaxon1892-yil 1-iyun – 1960-yil 25-aprel1929-yil mart1929-yil 23-mayHabibulloxonning oʻgʻli
Sobiq qirol; 1928—1929-yillardagi fuqarolar urushi davrida taxtga daʼvogarlik qilish uchun Afgʻonistonga qaytgan; oxir-oqibat Britaniya Hindistoniga qaytgan[18]
Barakzoi 

Afg‘oniston Qirolligi (qayta tiklangan; 1929–1973)

NomiHayot davomiyligiHukmronlik boshlanishiHukmronlik tugashiEslatmalarOilaTasvir
Nodirshoh Muhammad1883-yil 9-aprel – 1933-yil 8-noyabr1929-yil 15-oktyabr[19]1933-yil 8-noyabrDoʻstmuhammadxonning nevara jiyani
Abdulxoliq Hazora tomonidan oʻldirilgan[20]
Barakzoi 
Zohirshoh Muhammad
1914-yil 15-oktyabr – 2007-yil 23-iyul1933-yil 8-noyabr1973-yil 17-iyul
(taxtdan agʻdarilgan)
Nodirshoh Muhammadning oʻgʻli
Birinchi amakivachchasi Muhammad Dovud Xon tomonidan 1973-yilgi davlat toʻntarishi natijasida taxtdan agʻdarilgan[6]
Barakzoi 

Mahalliy monarxlar

tahrir

Ayrim hukmdorlar Afgʻonistondagi ichki ziddiyatlardan foydalanib, taxtga daʼvogarlik qilishga urindilar. Biroq, ularning hukmronligi faqat maʼlum hududlar bilan chegaralangan.

NomiHayot davomiyligiHukmronlik boshlanishiHukmronlik tugashiEslatmalarOilaTasvir
Jahondodxon1914-yil vafot etgan1912-yil may1912-yil may
(taxtdan agʻdarilgan)
Amir sifatida tasvirlangan; 1912-yilgi qoʻzgʻolon davrida faqat Xostda hukmronlik qilgan.Sulolasiz 
Abdulkarim1897 – 1927-yil 18-fevral1924-yil iyul1925-yil 30-yanvar
(taxtdan agʻdarilgan)
Muhammad Yoqubxonning oʻgʻli
Amir sifatida tasvirlangan; 1924—1925-yillardagi qoʻzgʻolon davrida hokimyati Janubiy viloyat bilan chegaralangan
Barakzoi 
Salemaitax. 1944tax. 1946
(taxtdan agʻdarilgan)
Qirol sifatida tasvirlangan; hukmronligi 1944—1947-yillardagi qabila qoʻzgʻolonlari mobaynida Sharqiy viloyat bilan chegaralangan.sulolasiz 

Monarx boʻlmaganlar

tahrir
Ismi Tasviri Hayot davomiyligi Rahbarlik muddati Siyosiy mansubligi
Rahbarlikka kelgan vaqti Rahbarlikdan ketgan vaqti Rahbarlik muddati
Afgʻoniston Respublikasi (1973—1978)
Muhammad Dovud Xon   1909–1978 1973-yil 17-iyul 1978-yil 28-aprel 4 yil, 285 kun Mustaqil
(1974-yilgacha)
Milliy inqilob partiyasi
Prezident; Barakzoi xonadonidan (Zohirshoh Muhammadning birinchi amakivachchasi; Savr inqilobi davrida oilasining aksar aʼzolari bilan birga qatl etilgan[21]; Goʻyoki yangi hokimiyatga taslim boʻlishdan bosh tortgani uchun oʻldirilgan[22][8][23].
Afgʻoniston Demokratik Respublikasi (1978–1992)
Polkovnik
Abdulqodir
  1944–2014 1978-yil 28-aprel 1978-yil 30-aprel 2 kun Xalq demokratik partiyasi
(Xalq fraksiyasi)
Harbiy Inqilobiy Kengash Prezidiumi raisi.
Nurmuhammad Taraqqiy   1917–1979 1978-yil 30-aprel 1979-yil 14-sentyabr 1 yil, 137 kun Xalq demokratik partiyasi
(Xalq fraksiyasi)
Harbiy Inqilobiy Kengash Prezidiumi raisi; Chairman of the Presidium of the Revolutionary Council; Hafizullo Amin buyrugʻi bilan oʻldirilgan.
Hafizullo Amin   1929–1979 1979-yil 14-sentyabr 1979-yil 27-dekabr 104 kun Xalq demokratik partiyasi
(Xalq fraksiyasi)
Inqilobiy kengash Prezidiumi raisi; Shtorm-333 operatsiyasida Sovet maxsus kuchlari tomonidan oʻldirilgan[24].
Babrak Karmal   1929–1996 1979-yil 27-dekabr 1986-yil 24-noyabr 6 yil, 332 kun Xalq demokratik partiyasi
(Parcham fraksiyasi)
Inqilobiy Kengash Prezidiumi raisi; Rad etilgan.
Hoji Muhammad Chamkoniy   1947–2012 1986-yil 24-noyabr 1987-yil 30-sentyabr 310 kun Mustaqil
Inqilobiy Kengash Prezidiumi raisi; Milliy yarashuv jarayonining bir qismi natijasida tayinlangan.
Muhammad Najibullo   1947–1996 1987-yil 30-sentyabr 1992-yil 16-aprel 4 yil, 199 kun Xalq demokratik partiyasi
(Parcham fraksiyasi)
(1990-yilgacha)
Vatan partiyasi
Prezident (1987-yil 30-noyabrgacha Inqilobiy Kengash Prezidiumining raisi); Isteʼfoga chiqqan.
Abdulrahim Hatif   1926–2013 1992-yil 16-aprel 1992-yil 28-aprel 12 kun Vatan partiyasi
Prezident vazifasini bajaruvchi, hokimyatdan agʻdarilgan.
Afgʻoniston Islom Davlati (1992–2002-yillar)
Sibgʻatullo Mujaddidiy   1926–2019 1992-yil 28-aprel 1992-yil 28-iyun 61 kun Afgʻoniston Milliy ozodlik fronti
Prezident vazifasini bajaruvchi, hokimyatdan agʻdarilgan.
Burhoniddin Rabboniy   1940–2011 1992-yil 28-iyun 2001-yil 22-dekabr 9 yil, 177 kun Jamiyati islomiy
Prezident; 1996-yil 27-sentyabrda Tolibon tomonidan Kobul egallanishi natijasida qochib ketgan[25]; oʻz lavozimiga toʻliq tiklangunga qadar 1996—2001-yillardagi fuqarolar urushi davrida Shimoliy ittifoq nazorati ostida boʻlgan hududlarda 2001-yil 13-noyabrda Kobul qayta qoʻlga kiritilguncha prezidentlik faoliyatini davom ettirdi; 1996—2001-yillar oraligʻida „Islomiy davlat“ Afgʻoniston hududining atigi 10 foizini nazorat qilganiga qaramay, xalqaro tan olingan hukumat boʻlib qoldi.
Hamid Karzay   1957-yilda tugʻilgan 2001-yil 22-dekabr 2002-yil 13-iyul 203 kun Mustaqil
Afgʻoniston Muvaqqat maʼmuriyati raisi; 2001-yilgi Bonn konferensiyasi tomonidan tayinlangan[26].
Afgʻoniston Islom Amirligi (1996–2001)
Mulla
Muhammad Umar
  2013-yilda vafot etgan 1996-yil 27-sentyabr 2001-yil 13-noyabr 5 yil, 47 kun Tolibon
Oliy rahbar; Kobulning qulashi ortidan hokimyatdan agʻdarilgan[27] va 2001-yil 7-dekabrda Qandahorning qulashidan keyin yashiringan[28][29]; 2013-yil 23-aprelda vafot etguniga qadar Tolibon isyoni davridagi mavqega daʼvo qilishni davom ettirgan; 1996-yildan 2001-yilgacha Islom Amirligi mamlakat hududining qariyb 90 foizini nazorat qilishiga qaramay, hech qachon xalqaro miqyosda tan olinmagan.
Muvaqqat Afgʻoniston Islomiy Davlati (2002–2004)
Hamid Karzay   1957-yilda tugʻilgan 2002-yil 13-iyul 2004-yil 7-dekabr 2 yil, 147 kun Mustaqil
Muvaqqat prezident, 2002-yilgi loya jirgʻa tomonidan saylangan.
Afgʻoniston islom respublikasi (2004–2021)
Hamid Karzay   1957-yilda tugʻilgan 2004-yil 7-dekabr 2014-yil 29-sentyabr 9 yil, 296 kun Mustaqil
Prezident; Mamlakatning demokratik saylangan ilk davlat rahbari; 2004-yilgi saylovda saylangan va 2009-yilgi saylovda qayta saylangan.
Ashraf Gʻani   1949-yilda tugʻilgan 2014-yil 29-sentyabr 2021-yil 15-avgust 6 yil, 320 kun Mustaqil
Prezident; Hokimiyatning birinchi tinch yoʻl bilan almashishi; 2014-yilda saylangan va 2019-yilda qayta saylangan; Kobulning qulashi paytida hokimyatdan agʻdarilgan.
Afgʻoniston islom amirligi (2021–hozirgi kungacha)
Mulla
Mavlavi
Haybatulloh Oxundzoda
  Tugʻilgan sanasi nomaʼlum 15 August 2021[10] Amaldagi 3 yil, 81 kun Tolibon
Oliy rahbar; 2016-yil 25-maydan Kobul qayta qo‘lga kiritilgunga qadar Tolibon qo‘zg‘oloni davridagi isyondagi mavqega da’vo qilgan. Islom amirligi butun Afgʻoniston hududini nazorat qilishiga qaramay, hozirda xalqaro miqyosda tan olinmagan[30].

Davlat rahbarlarining shtandartlari

tahrir

Yana qarang

tahrir

Afg'on (etnonimi)

Manbalar

tahrir
Eslatmalar
  1. Aksariyat manbalarda 1929-yilning 17-yanvari, ya’ni Kalakoniy Kobulni egallagan kun uning hukmronligi boshlangan sana sifatida ko‘rsatilgan[11][12]. Biroq u 1928-yil 14-dekabrdan buyon rasman amir unvoniga daʼvogarlik qilgan[13].
  2. Kalakoniy oʻzini ham „qirol“[14], ham „amir“ deb atagan[15]
  3. "Soʻnggi qirol etnik chegaralarni kesib oʻtgan holda, barcha afgʻonlar tomonidan „Boboyi millat“ yoki „Millat otasi“ deb atalgan, bu maqom Tolibon hokimyati qulaganidan taxminan ikki yil oʻtib, 2004-yil yanvarda eʼlon qilingan Konstitutsiya bilan mustahkamlangan. Uning oʻlimidan keyin „Millat otasi“ unvoni ham bekor qilingan." „Last King of Afghanistan dies at 92“. 2007-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
Manbalar
  1. „An Outline Of The History Of Persia During The Last Two Centuries (A.D. 1722-1922)“. Edward Granville Browne. London: Packard Humanities Institute. Qaraldi: 2010-yil 24-sentyabr.
  2. Otfinoski, Steven. Afghanistan. Infobase Publishing, 2004 — 7-bet. ISBN 0-8160-5056-2. Qaraldi: 2010-yil 27-sentyabr. 
  3. Malleson, George Bruce. History of Afghanistan, from the Earliest Period to the Outbreak of the War of 1878. London: Elibron.com, 1878 — 227-bet. ISBN 1-4021-7278-8. Qaraldi: 2010-yil 27-sentyabr. 
  4. „Afghanistan“. The World Factbook. Central Intelligence Agency. — „Ahmad Shah DURRANI unified the Pashtun tribes and founded Afghanistan in 1747.“. 2009-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 23-oktyabr.
  5. "Last Afghan empire". Louis Dupree, Nancy Hatch Dupree and others. Encyclopædia Britannica Online Version. https://www.britannica.com/EBchecked/topic/7798/Afghanistan/21392/Last-Afghan-empire. <!--->
  6. 6,0 6,1 „Afghan King Overthrown; A Republic Is Proclaimed“. The New York Times (1973-yil 18-iyul). Qaraldi: 2020-yil 3-may.
  7. Barfield, Thomas. Afghanistan: A Cultural and Political History (Princeton Studies in Muslim Politics). Princeton University Press, 25 March 2012. ISBN 978-0691154411. 
  8. 8,0 8,1 William Borders. „Coup Is Reported in Afghanistan“. The New York Times (1978-yil 28-aprel). Qaraldi: 2021-yil 3-avgust.
  9. „Ashraf G‘ani Afg‘onistonni tark etdi. Toliblar mamlakatda Islom amirligini tuzmoqchi“ (uz). Gazeta.uz. Afisha Media (2021-yil 16-avgust). Qaraldi: 2024-yil 11-fevral.
  10. 10,0 10,1
  11. Qassem, Dr Ahmad Shayeq. Afghanistan's Political Stability: A Dream Unrealised (en). Ashgate Publishing, Ltd., 2013-03-28 — 175-bet. ISBN 9781409499428. 
  12. Wazir, Azmatullah Khan. The immediate solution of Afghan crisis (en). A.K. Wazir, 2002 — 8-bet. 
  13. Muḥammad, Fayz̤; McChesney, R. D.. Kabul under siege: Fayz Muhammad's account of the 1929 Uprising (en). Markus Wiener Publishers, 1999 — 37-bet. ISBN 9781558761544. 
  14. „ExecutedToday.com » 1929: Habibullah Kalakani, Tajik bandit-king“ (en) (2016-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 14-noyabr.
  15. Muḥammad, Fayz̤; Hazārah, Fayz̤ Muḥammad Kātib; Muḥammad, Faiḍ. Kabul Under Siege: Fayz Muhammad's Account of the 1929 Uprising (en). Markus Wiener Publishers, 1999 — 1-bet. ISBN 978-1-55876-155-1. 
  16. „Rebel Becomes King in Afghanistan“. The New York Times (1929-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 3-avgust.
  17. „Afghan Usurper Yields to New King“. The New York Times (1929-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 3-avgust.
  18. „Amanullah Hungry in Flight to India“. The New York Times (1929-yil 26-may). Qaraldi: 2021-yil 3-avgust.
  19. „Nadir Khan is Elected Amir of Afghanistan“. The New York Times (1929-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 3-avgust.
  20. „King of Afghanistan Is Slain at Kabul; Stable Boy Won Throne by Military Skill“. The New York Times (1933-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 3-avgust.
  21. "There was, therefore, little to hinder the assault mounted by the rebel 4th Armored Brigade, led by Major Mohammad Aslam Watanjar, who had also been prominent in Daoud's own coup five years before. Watanjar first secured the airport, where the other coup leader, Colonel Abdul Qadir, left by helicopter for the Bagram air base. There he took charge and organized air strikes on the presidential palace, where Daoud and the presidential guard were conducting a desperate defense. Fighting continued the whole day and into the night, when the defenders were finally overwhelmed. Daoud and almost all of his family members, including women and children, died in the fighting. Altogether there were possibly as many as two thousand fatalities, both military and civilian." p. 88 of Ewans, Martin (2002) Afghanistan: A Short History of Its People and Politics HarperCollins, New York, Page 88 ISBN 0-06-050507-9
  22. „1978: Afghan coup rebels claim victory“ (1978-yil 29-aprel).
  23. Ghaus, Abdul Samad. The fall of Afghanistan: an insider's account. Washington: Pergamon-Brassey's Intern. Defense Publ, 1988 — 200-bet. ISBN 978-0-08-034701-1. 
  24. „How Soviet troops stormed Kabul palace“. BBC (2009-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 3-avgust.
  25. „Afghan Fundamentalists Sweep Into Kabul“. The New York Times (1996-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 30-mart.
  26. „Bonn Agreement“. United Nations Department of Political and Peacebuilding Affairs (2001-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
  27. David S. Rohde with Dexter Filkins. „Taliban Troops Abandon Capital Without a Fight“. The New York Times (2001-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 30-mart.
  28. David S. Rohde with Norimitsu Onishi. „TALIBAN ABANDON LAST STRONGHOLD; OMAR IS NOT FOUND“. The New York Times (2001-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 4-noyabr.
  29. Dam, Bette „The Secret Life of Mullah Omar“. Zomia Center (2019). 2022-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-iyun.
  30. Trofimov, Yaroslav. „As Taliban Seek International Acceptance, Countries Seek to Engage—but Stop Short of Recognition“ (en-US). Wall Street Journal (2021-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 20-sentyabr.

Havolalar

tahrir