Burhoniddin Rabboniy
Burhoniddin Rabboniy (1940-yil 20-sentyabr — 2011-yil 20-sentyabr) — 1992-yildan 2001-yilgacha Afgʻoniston prezidenti. Tolibon harakati tufayli 1996-yil 27-sentyabrdan 2001-yil 13-noyabrgacha uning vakolatlari mamlakatning aksariyat hududlariga, jumladan, poytaxtga taalluqli boʻlmagan, ammo u xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishida davom etgan. Afgʻonistonning qonuniy rahbari. Afgʻoniston Oliy Tinchlik Kengashining raisi.
Burxoniddin Rabboniy | |
---|---|
برهانالدین ربانی | |
Rabboniy. 2010-yil. | |
Afg'onistonning 3-prezidenti | |
Mansab davri 1992-yil 28-iyun – 1992-yil 28-iyun - 2001-yil 22-dekabr Mulla Umar bilan baravar (Islom Amirligi rahbari sifatida) 1996-yil 27-sentyabr dan - 2001-yil 13-noyabrgacha | |
Vitse-prezident |
|
Bosh vazir | |
Oʻtmishdoshi | Mohammad Najibullah |
Vorisi | Hamid Karzai |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1940-yil 20-sentyabr Badaxshon, Afg'oniston |
Vafoti |
2011-yil 20-sentyabr Kobul, Afg'oniston |
Oʻlim sababi | Suiqasd |
Bolalari | 4, vorisi Salohiddin |
Alma mater |
Kobul universiteti (BA) Al-Azhar universiteti (magistratura, PhD) |
Mukofotlari |
Ismoil Somoniy ordeni |
Yoshligi
tahrirBurhoniddin Rabboniy 1940-yili Afg‘onistonning shimoli-sharqidagi Badaxshon viloyatining Fayzobod shahrida chorvador tojik[1] forszabon oilasida tug‘ilgan. U Abu Hanifiya diniy maktabida, keyin Kobul universitetining ilohiyot fakultetida tahsil olgan, Misrda Al-Azhar universitetida islom falsafasi bo‘yicha oʻqigan. 1963-yildan Kobul universiteti professori boʻlib, u yerda islom huquqidan dars bergan[2].
Faoliyati
tahrir1973-yilda shahzoda Dovud davlat toʻntarishidan soʻng Pokistonning Peshovar shahriga hijrat qildi. 1978-yilning apreligacha Rabboniy eng yirik gilam eksportchilari va ishlab chiqaruvchilaridan biri edi[3]. 1979-1989-yillardagi afgʻon urushida jangovar harakatlarda qatnashgan. U afgʻon mujohidlarining qoʻmondonlaridan biri boʻlib, uning jangchilari soni 20 ming kishidan oshgan[4]. 1985-yilda u Badaber lageridagi qoʻzgʻolonni bostirishga shaxsan rahbarlik qilgan.
1989-yildagi maʼlumotlarga koʻra, u Pokistonda parrandachilik fermasi, gilam va mato ishlab chiqaradigan korxonalarga ega boʻlib, yiliga 20 million rupiygacha foyda oladi; uning daromadining yana bir manbai Eron va Pokistonda olib borilgan kontrabanda tovarlari va giyohvand moddalar savdosi edi — Tolibon hokimiyat tepasiga kelguniga qadar u musulmon mamlakatlariga afyun va geroin yetkazib beruvchi yirik tadbirkorlardan biri boʻlgan; Badaxshondan lapis lazuli va Panjshirdan zumrad qazib olishda ham qatnashgan[3].
1992-yil may oyining boshida u Kobulga qaytib keldi va 28-iyunda Peshovar kelishuviga binoan Afgʻoniston Islomiy Davlatining muvaqqat prezidenti lavozimini egalladi. 1992-yil 30-dekabrda, asosan, Rabboniy tarafdorlari bo‘lgan Sho‘ro majlisi uni keyingi 2 yilga prezident etib sayladi. 1994-yilda Oliy sud Rabboniyning prezidentlik muddatini uzaytirdi.
1996-yildan beri Shimoliy Alyans yetakchilaridan biri. 2001 -yil 22-dekabrda Rabboniy prezidentlikdan rasman isteʼfoga chiqdi. Demokratik Afg‘onistonda Afg‘oniston Islom jamiyati partiyasining yetakchisi bo‘lib qoldi.
U 2011-yil 20-sentyabrda Kobulning Vazir Akbar Xon tumanidagi o‘z uyida Tolibon harakatining ikki vakili bilan uchrashuvda xudkush-terrorchining sallasiga yashirilgan bombadan halok bo‘lgan[5][6] .
Oʻgʻli Salohiddin - Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri, otasi vafotidan keyin u partiyani boshqargan.
Xorijiy davlatlarning mukofotlari
tahrir2021-yil 2-sentyabrda Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon 1993-1996-yillarda tojikistonliklar oʻrtasidagi muzokaralarga koʻmaklashgani va vositachilik qilgani hamda bu boradagi muzokaralarni tiklash jarayoniga qoʻshgan ulkan hissasi uchun Burhoniddin Rabboniyni I darajali „Ismoili Somoniy“ ordeni bilan taqdirladi[7] .
Manbalar
tahrir- ↑ David B. Edwards. Before Taliban: Genealogies of the Afghan Jihad. University of California Press, 2002 — 7—-bet. ISBN 978-0-520-22861-0.
- ↑ Слинкин М. Ф.. Народно-демократическая партия Афганистана у власти. Время Тараки-Амина (1978—1979 гг.). Симферополь: Изд-во Симферопольского гос. ун-та, 1999 — 275-bet. ISBN 966-7404-16-1. „Архивированная копия“. 2013-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-iyun.
- ↑ 3,0 3,1 Svidetelstvo A. A. Lyaxovskogo
- ↑ „Раббани, Бурхануддин | Ensiklopediya Krugosvet“. 2017-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Убит бывший президент Афганистана Бурхануддин Раббани“. 2011-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Бывшего президента Афганистана убил смертник с бомбой в тюрбане“. 2011-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Эмомали Рахмон наградил Бурхануддина Раббани и Ахмада Шаха Масуда орденом Исмоила Сомони“ (ru). asiaplustj.info. 2021-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.