Aleksandr Vladimirovich Shishlyannikov (ruscha: Александр Владимирович Шишлянников; 1950-yil 3-noyabr — 2023-yil 15-sentyabr) — tojikistonlik harbiy zobit, General-mayor. Tojikistonning mudofaa vaziri (1993—1995-yillar).

Alexander Shishlyannikov
Александр Шишлянников
Tojikiston mudofaa vaziri
Mansab davri
1993-yil – 1995-yil 7-aprel
Prezident Emomali Rahmon
Oʻtmishdoshi Moʻminjon Mamajonov
Vorisi Sherali Xayrulloyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 3-noyabr 1950-yil
Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Vafoti 15-sentyabr 2023-yil(2023-09-15)
(72 yoshda)[1]
Toshkent, Oʻzbekiston
Xizmat yillari 1971-1995
Harbiy mansabi General-mayor
Xizmat joyi  Sovet armiyasi
 Tojikiston armiyasi
Janglar/Urushlar Sovet—Afgʻon urushi
Tojikiston fuqarolar urushi

Biografiyasi

tahrir

Sovet armiyasi

tahrir

Aleksandr Shishlyannikov 1950-yil 3-noyabrda Oʻzbekiston SSR poytaxti Toshkent shahrida tugʻilgan. 1971-yilda Chirchiqdagi Toshkent oliy tank qoʻmondonlik bilim yurtini, oradan 10 yil oʻtib Moskvada joylashgan Malinovskiy nomidagi harbiy zirhli kuchlar akademiyasini tamomlagan. 1980-yillarda Shishlyannikov Markaziy va Turkiston harbiy okrugida (qozoq va oʻzbek poytaxtlari Olmaota va Toshkentda joylashgan), shuningdek Sharqiy Germaniyadagi Gʻarbiy kuchlar guruhida xizmat qilgan. Bu vaqt ichida Sovet-Afgʻon urushining dastlabki bosqichlaridayoq Sovet 40-Armiyasi bilan Afgʻonistonga safarbar qilingan[2]. Sovet Ittifoqi parchalanib, mustaqil davlatlar vujudga kelgach, Oʻzbekiston Mudofaa vazirligida ofitser boʻlib xizmat qilgan[3].

Tojikiston

tahrir

1993-yil yanvar oyida polkovnik Shishlyannikov Tojikistonning birinchi mudofaa vaziri etib tayinlandi[4]. Shishlyannikov Emomali Rahmon buyrugʻi bilan Oʻzbekistondan keltirilgan 200 nafar ofitser tarkibida edi[5][6]. Bir oy oʻtib, 23-fevral kuni Shishlyannikov Tojikiston Qurolli kuchlari tashkil topgan kunga bagʻishlangan tantanalarga boshchilik qilgan. Shishlyannikov vaqtincha lavozimda boʻlishi va oxir-oqibat oʻrniga koʻplab elita doiralari orasida tarafdorlari boʻlgan oʻrinbosari polkovnik Ramazon Rajabov kelishi kutilgan edi[7]. Shishlyannikov Tojikiston fuqarolar urushining dastlabki bosqichlarida muhim rol oʻynagan. Oʻsha yilning iyul oyi oxirida Rossiya mudofaa vaziri Pavel Grachevni qabul qildi. Uchrashuvda MDH Birlashgan Qurolli Kuchlari qoʻmondonligining respublikaga tinchlikparvar kuchlarni kiritish boʻyicha takliflari bajarilmagani uchun „MDH davlatlarining alohida rahbarlari“ pozitsiyasini tanqid qildi[8].

1995-yil 7-aprelda lavozimidan ozod etiladi. Uning oʻrniga mudofaa vaziri etib Sherali Xayrulloyev tayinlanadi[9][10].

Manbalar

tahrir