Umid Ahmadjonov

O‘zbekiston futbol federatsiyasi sobiq prezidenti

Umid Muhammadjonovich Ahmadjonov (oʻzbekcha: Умид Муҳаммаджонович Аҳмаджонов; 16-may, 1977-yil, Toshkent) — Oʻzbekiston davlat va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Markaziy Osiyo va Oʻzbekiston futbol federatsiyalarining sobiq prezidenti[1][2].

Umid Muhammadjonovich Ahmadjonov
oʻzbekcha: Умид Муҳаммаджонович Аҳмаджонов
Markaziy Osiyo futbol federatsiyasi prezidenti
Mansab davri
2018-yil 28-yanvardan – 2019-yil 24-aprelgacha
Oʻtmishdoshi Mirabror Usmonov
Vorisi Rustam Emomali
 Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti
Mansab davri
2018-yil 10-yanvardan – 2019-yil 24-maygacha
Oʻtmishdoshi Alisher Sultonov
Vorisi Rustam Shoabdurahmonov
 Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti
Mansab davri
2017-yil 12-sentyabrdan – 2018-yil 10-yanvargacha
Oʻtmishdoshi Mirabror Usmonov
Vorisi Ochilboy Ramatov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 16-may 1977-yil (1977-05-16) (47 yosh)
Toshkent
Mukofotlari

Hayoti

tahrir

1977-yilning 16-may kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati – oʻzbek. Maʼlumoti – oliy. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini imtiyoz bilan tugatgan. Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashining deputati. Mehnat faoliyatini 1995-yil „Zenit“ firmasida oddiy ishchi sifatida boshlagan. 1995—2001-yillar davomida „Ilmu Ziyod“ xususiy korxonasida ishchi, keyinroq 26-sonli qurilish boshqarmasida operator boʻlib ishladi. 1998—2002-yillarda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi boʻlgan. 2001—2002-yillarda „Olimpiya“ jamiyatida avtosanoat boʻlimi rahbari sifatida faoliyat olib bordi. 2002-yil Oʻzbekiston nogironlar sport federatsiyasi bosh kotibi lavozimiga tayinlandi. 2007-yilga kelib, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi va bir vaqtning oʻzida tashkilot raisining oʻrinbosari boʻldi. 2007-yilda Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti lavozimida ham faoliyat yuritgan. Bir vaqtning oʻzida "Paxtakor" klubida avvaliga bosh direktor, keyinroq vitse-prezident sifatida ham faoliyat olib bordi. 2017-yilning 12-sentyabridan 2018-yil 10-yanvargacha Oʻzbekiston futbol federatsiyasi prezidenti. 2018-yil 10-yanvardan 2019-yil 25-maygacha – Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti va Oʻzbekiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti[3][4]. 2018-yil 28-yanvardan 2019-yil 24-aprelgacha Markaziy Osiyo futbol federatsiyasi prezidenti. 2019—2020-yillarda – Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti boʻlgan. 2011-yilda „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar

tahrir
  1. „OʻFF prezidenti Umid Ahmadjonov 40 yoshda. U bungacha qanday sohalarda faoliyat olib borgan?“. 27-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-aprel 2018-yil.
  2. Biografiyasi, 28-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 26-aprel 2018-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  3. „НОК возглавил Умид Ахмаджонов“.
  4. „Федерацию футбола возглавил Умид Ахмаджонов“.