Arlot
Arlot (Arlat, Allot) — oʻzbek urugʻlaridan biri.
Abulgʻoziy Bahodirxonning „Shajarayi turk“ asarida arlot maʼnosi haqida quyidagi misralar bor: "Arlatning maʼnosi otaning sevar oʻgʻli temak boʻlur. Arlat bir kishining oti turur. Ani otasi koʻp sevar erdi. Aning uchun arlat tedilar. Barcha arlat eli aning nayeli tururlar". Manbalarga koʻra, Chingizxon tomonidan Chigʻatoy ulusini boshqarish uchun ajratilgan 4000 kishilik qoʻshin boshliqlaridan biri ham arlot urugʻidan (qolgani jaloyir, barlos, qavchin) boʻlgan. Arlotlar Amudaryodan janubda, Janubiy Turkiston hududiga oʻrnashganlar. Keyingi asrlarda hozirgi Oʻzbekistonning janubiy viloyatlari, shuningdek Xorazmga koʻchib oʻtganlar. Bu nom hozirgi vaqtda etnonim va baʼzan toponim sifatida Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida koʻproq uchraydi. Buxoro viloyatidagi Olot shahrining nomi ham arlot soʻzining fonetik oʻzgarganidir.
Adabiyotlar
tahrir- Abulgʻoziy, Shajarayi turk, T., 1992.
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |