Anda Šafranska
Anda Šafranska (1960-yil 2-dekabrda Rigada tugʻilgan) — Latviyada tugʻilgan ayol shaxmatchi. U ayol grossmeyster unvoniga ega. Anda Šafranska koʻp yillar davomida Latviyadagi eng yaxshi ayol shaxmatchilaridan biri boʻlib kelgan. U sakkiz marta ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Latviya chempionatida gʻolib boʻladi, jumladan: 1982, 1984, 1990, 1991, 1993, 1994, 1996 va 1997-yillarda muvaffaqiyatli ishtirok etadi.
Shaxmatdagi faoliyati
tahrirAnda Šafranska | |
---|---|
Mamlakat | Latviya |
Tugʻilishi |
2-dekabr 1960-yil Riga, Latviya |
Saravha | Ayol grossmeyster |
FIDE reyting | [1] (fevral 2024) 2026 (yanvar 2022-yil) |
Yuqori reytingi | 2367 (yanvar 2000-yil) |
Šafranska Latviya terma jamoasi safida shaxmat olimpiadalarida qatnashgan:[1]
- 1992-yilda Maniladagi 30-shaxmat Olimpiadasida ikkinchi taxtada (+6, =0, −6);
- 1994-yilda Moskvadagi 31-shaxmat olimpiadasida birinchi taxtada (+3, =3, −5);
- 1996-yilda Yerevanda boʻlib oʻtgan 32-shaxmat Olimpiadasida birinchi taxtada (+6, =4, −4);
- 2006-yilda Turindagi 37-shaxmat Olimpiadasida qatnashib uchinchi oʻrinni egalladi (+1, =1, −4).
U Latviya terma jamoasi safida shaxmat boʻyicha Yevropa jamoalar chempionatida oʻynagan:[2]
- 1992-yilda Debrecendagi ikkinchi taxtada (+2, =2, −3);
- 1994-yilda Pulada birinchi taxtada (+3, =1, −3).
2000-yildan beri Safranska Fransiyaning Léon shahrida yashaydi va hozirda u Fransiya terma jamoasi safida oʻynaydi.[3] Shu yili u oʻzining eng yuqori balli darajasiga erishgan (2367 ball).
Safranska Fransiya terma jamoasi bilan birga shaxmat boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etgan:[4]
Safranskaya shaxmatning rapid va blits turlarida ham bir qator yuqori natijalarga erishgan. FIDE reytingidagi uning koʻrsatkichi 2102 ball rapid uchun va 2022 ball blits yoʻnalishi boʻyicha. 2014-yildan buyon u FIDE murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda. Safranskaya Anna oʻzining soʻnggi oʻyinini 2022-yilning iyun oyida oʻtkazib oʻz hisobiga 8.2 ball yozdirib qoʻydi.[6] U hozirga qadar qora donalarda oʻynab 295 ta gʻoliblik, 138 ta durang va 155 ta magʻlubiyatli oʻyinlarni oʻtkazgan. Oq donalar bilan boʻlgan oʻyinlardagi natijasi ham qoralarnikidan u qadar farqlanmaydi, jumladan, 287 ta gʻoliblik, 179 ta magʻlubiyat hamda 128 ta durang oʻyinlari.
Shaxsiy hayoti
tahrirFransiyalik shaxmat boʻyicha grossmeyster Vladimir Lazarev bilan turmush qurgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Women's Chess Olympiads: Anda Šafranska“. OlimpBase.org. Qaraldi: 20-sentabr 2011-yil.
- ↑ „European Women's Team Chess Championship: Anda Šafranska“. OlimpBase.org. Qaraldi: 20-sentabr 2011-yil.
- ↑ „FIDE Transfers in 2010“. FIDE.com. Qaraldi: 20-sentabr 2011-yil.
- ↑ „World Women's Team Chess Championship :: Anda Safranska“. OlimpBase.org. Qaraldi: 14-mart 2013-yil.
- ↑ „FIDE Women's World Chess Team Championship - Astana, Kazakhstan, 2-13-mart 2013-yil“. Astana2013.FIDE.com. 7-mart 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-mart 2013-yil.
- ↑ https://ratings.fide.com/profile/11600209