Ashel madaniyati
Ashel madaniyati – quyi paleolit davri madaniyati. Shu davrga oid tosh choʻqmor, bir yoki ikki tomoni uchirilib, oʻtkir qilingan turli shakddagi chaqmoq toshlardan iborat qurollar dastlab Fransiyaning Amen shahri yakunidagi Sent-Ashelda topilgan va bu madaniyat shu joy nomi bilan atalgan. Ashel madaniyati davri odamlari ibtidoiy jamiyat tuzumining quyi bosqichida gʻorlarda, daryo boʻylaridagi pana yerlarda toʻdalashib yashab, ovchilik bilan hayot kechirgan. Olovdan foydalangan. Ashel madaniyati Gʻarbiy vaSharqiy Yevropada, Kavkaz, Old Osiyo, Afrikada tarqalgan. Oʻrta Osiyoda Ashel madaniyatiga oid qarorgohlar Janubiy Qozogʻistonda (Qoratov), Toshkent viloyati (Koʻlbuloq), Fargʻona vodiysida (Selungur) va boshqa joylarda uchraydi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |