Qoratov makonlari - Aristandi va Burultoy (Jan. Qozogʻiston) daryolari oraligʻidagi Ushbos-Koʻktol vodiysida, Qoratov (Tyanshanning shim.gʻarbi) tizmasi yon bagʻrida joylashgan quyi paleolit davriga oid makonlar majmui. Arxeolog X.A.Alpis-boyev tekshirgan. Qoratov makonlari ichida eng muhimlari — shell-ashel davrlariga oid Boʻriqazgʻan, Tangirqazgʻan yodgorliklari va ashelmustye davrlariga oid Toʻqali—1 va Toʻqali—5 yodgorliklari majmualaridir. Paleolit qatlamlari ayrim kichik doʻngliklar va togʻ yon bagʻridagi tekis platoda joylashgan. Qoratov makonlaridan tosh qirgʻichlar, qirgʻichsimon asboblar va boshqa topilgan.

Havolalar

tahrir