Bahodir Sayyidkamolov
Bahodir Sayyidkamolov (ruscha: Сейткамалов, Баходыр; 1975-yil 27-oktyabrda tugʻilgan) – Oʻzbekistonlik nafaqadagi futbolchi, Oʻzbekiston Superligasida Toshkentning „Paxtakor“, Namanganning „Navbahor“ klubida va Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan[1]. Maydonda yarim himoyachi pozitsiyasida harakat qilgan[2].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Bahodir Sayyidkamolov | ||
Tavallud sanasi | 27-oktyabr 1975-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR | ||
Boʻyi | 177 cm (5 ft 9 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Vazni | 70 kg | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlagan | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1997 | Chilonzor | 27 | (2) |
1998 | Metallurg | 9 | (3) |
1999—2000 | Navbahor | 62 | (7) |
2001—2002 | Paxtakor | 33 | (3) |
2003 | Navbahor | 2 | (0) |
2006—2007 | Dinamo Samarqand | 12 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2000—2002 | Oʻzbekiston | 6 | (3) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Futbolchilik faoliyati
tahrirKlub faoliyati
tahrirBahodir Toshkent futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Professional faoliyatini 1997-yil Chilonzor klubi tarkibida boshlagan. 1998-yilgi mavsumda Bekobodning „Metallurg“ jamoasi safida oʻtkazgan. 1999-yilgi mavsumda faoliaytini Namanganga yoʻnaltirdu va „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Ikki mavsum davomida „Navbahor lochinlari“ klubida oʻynagan.
2001-yilgi mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va ikki mavsum poytaxt klubi tarkibida oʻynagan[3]. 2002-yilgi mavsumda faoliyatida ilk bor Oʻzbekiston Superligasi chempioni va Oʻzbekiston Kubogi sohibi boʻlgan[4].
2003-yilgi mavsumda „Paxtakor“ klubi tarkibidagi raqobat sababli jamoani tark etgan va sobiq jamoasi „Navabhor“ klubi tarkibiga qaytgan. 2006-yilgi mavsumda Samarqandning „Dinamo“ jamoasiga oʻtgan va 2007-yilgi mavsumda faoliyatini yakunlagan.
Terma jamoadagi faoliyati
tahrirBahodir Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida 9 ta oʻyin oʻtkazgan. 2001-yil Merdeka Kubogida Bahrayn terma jamoasiga qarshi oʻyinda 2 ta gol urgan[5][6].
Terma jamoa uchun gollar
tahrir- Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan[7].
№ | Sana | Stadion | Raqib | Hisob | Natija | Musoboqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2001-yil 24-iyun | Malayziya | 3–0[8] | 4–1 | Merdeka Kubogi 2001 | |
2. | 2001-yil 28-iyun | Bahrayn | 1–0 | 2–0 | ||
3. | 2–0[9] | 2–0 |
Yutuqlar
tahrirKlub
tahrir- Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2002
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2002[10]
Terma jamoa
tahrir- Merdeka Kubogi gʻolibi: 2001[11]
Manbalar
tahrir- ↑ „bakhodyr-seytkamalov“.
- ↑ „Сейткамалов Баходыр - ИГРОВАЯ КАРЬЕРА“. Footballfacts.
- ↑ „ПРЕВЬЮ. "Пахтакор" - "Насаф". Йил ўйинида чемпион аниқланадими?“ (2023-yil 2-noyabr).
- ↑ „"Пахтакор" - "Нефтчи" 6:3. 2002 йилги Ўзбекистон Кубоги финали“ (2021-yil 23-mart).
- ↑ „Ўзбекистон – Баҳрайн учрашувига оид 20 факт“ (2016-yil 29-mart).
- ↑ „- «Мердека кубоги»дан қандай хотиралар қолган?“ (2019-yil 23-may).
- ↑ „Bahodir Sayyidkamolov - Century of International Appareances“.
- ↑ „Статистика предсказывала победу Узбекистана“ (16-iyul 2007-yil).
- ↑ „Кубок Мердека по футболу“.
- ↑ „ТАРИХИЙ ЎЙИНЛАР: 2002 ЙИЛ, ЎЗБЕКИСТОН КУБОГИНИНГ ДАҲШАТЛИ ФИНАЛИ. "ПАХТАКОР"НИНГ ҚЎШИМЧА БЎЛИМЛАРДАГИ ҒАЛАБАСИ“. Paxtakor rasmiy sayti.
- ↑ „Бир ўйин тарихи. 2001 йилги “Мердека” кубоги, Ҳамидуллаевнинг олтин голи, Сейткамоловнинг порлаши“ (2020-yil 1-aprel).
Havolalar
tahrir- Bahodir Sayyidkamolov Transfermarkt saytida futbolchi profili
- Bahodir Sayyidkamolov Footballfactsru saytida futbolchi profili
- Bahodir Sayyidkamolov Teams saytida futbolchi profili