Bahoiy taʼlimotlari, Bahoiy Eʼtiqodi asoschisi Bahaʼulloh tomonidan joriy etilib, uning ketma-ket rahbar vorislari: Abdul-Baho, Bahoullohning o'g'li va Abdul-Bahoning nabirasi Shavqiy Effendilar tomonidan aniqlik kiritilgan koʻplab teologik, axloqiy, ijtimoiy va ruhiy gʻoyalarni ifodalaydi. Bu ta'limotlar turli Bahoiy Bitiklarida yozilgan.[1] Bahoiy E'tiqodining taʼlimotlari oʻtmishdagi qator dinlarning (zardushtiylik, hinduizm, iudaizm, buddizm, nasroniylik va islom) asl taʼlimotlari bilan birgalikda, Bahoiylar tomonidan Xudo tomonidan nozil qilingan deb hisoblanadi[1].

Bahoiy ta'limotlari Xudo, Uning payg'ambarlari/elchilari va insoniyat haqidagi teologik bayonotlarni, shuningdek axloqiy-ijtimoiy ta'limotlarni ham o'z ichiga oladiki, ular jumlasiga jinsi, irqi, millati, rangi va ijtimoiy tabaqasidan qat'i nazar, barcha insonlarning tengligi, ilm-fan va dinning uyg'unligi, gender tengligi, majburiy ta'lim va haddan ortiq boylik va qashshoqlikka barham berish kabilar kiradi[1][2].

Xulosa

tahrir

Bahoiy ta'limotiga oid bo'lgan eng ahamiyatli va o'ziga xos tamoyillardan, mehr-muhabbat va birdamlik bo'lib, u Oltin qoida misolida keltiriladi, shuningdek ko'plab boshqa ijtimoiy tamoyillar bor. [2] [3]

1921–1957-yillarda din rahbari etib tayinlangan Shogʻiy Effendi, Bahoulloh taʼlimotining oʻziga xos tamoyillari haqidagi o'z xulosasida, ular qonunlari va farmoyishlardan iborat bo'lmish Kitobi-Aqdas bilan birgalikda Bahoiy E'tiqodining tamal toshini tashkil etishini yozgan:

Xurofot yoki urf-odatlar bilan cheklanmasdan, haqiqatni mustaqil izlash; E'tiqodning asosiy tamoyili va negiz doktrinasi bo'lmish butuninson naslining birligi; barcha dinlarning o'z asosidagi birligi; diniy, irqiy, sinfiy yoki milliy bo'lishidan qat'i nazar, xurofotning barcha shakllariga barham berish; din va fan o'rtasida mavjud bo'lishi kerak bo'lgan hamohanglik; erkak va ayollar tengligi, insoniyat qushining parvozidagi ikki qanot; majburiy ta'limni joriy etish; universal yordamchi tilni qabul qilish; boylik va qashshoqlikning haddan ortiqligini yo'qotish; davlatlar o'rtasidagi nizolarni murosaga keltiruvchi jahon tribunalining ta'sis etilishi; xizmat ruhida bajarilgan ishning, ibodat darajasiga ko'tarilishi; adolatni insoniyat jamiyatining hukmron tamoyili, dinni esa barcha xalqlar va millatlar himoyasi uchun tayanch sifatida ulug‘lash; hamda butun insoniyatning oliy maqsadi sifatida, barqaror va umumbashariy tinchlikni o'rnatish - [Bahoulloh e'lon qilgan] muhim elementlar sifatida mana shular ajralib turadi.[4]

Birlik

tahrir

Din ta'limotida ba'zan "uch birlik" deb ataladigan Bahoiy e'tiqodining uchta asosiy ta'kidi markaziy o'rinni egallaydi. Ularga Ollohning Yagonaligi, Dinning Yagonaligi va Insoniyatning Yagonaligi kiradi.[5] Ular, shuningdek, Xudoning birligi, dinning birligi va insoniyat birligi deb ham yuritiladi. Bahoiy bitiklarida yagona, qudratli Xudo borligi aytiladi, u o'z xabarini yagona ilohiy dinni ochib berguvchi qator izchil ilohiy elchilar yoki murabbiylar orqali insoniyatga, ya'ni barchasi idrokli ruhga ega bo'lgan va bir-biridan faqat rangi va madaniyati bilan farq qiladigan yagona insoniyatga ochib beradi. Bu gʻoya nafaqat Bahoiylikdagi tamoyillarini tushuntirish uchun, balki bahoiylarning boshqa dinlarga boʻlgan munosabatini tushuntirishda ham muhim, zero ular barcha dinlarni ilohiy ilhomlantirilgan deb biladilar. Dunyodagi har bir irq va madaniyatning qabul qilinishi Bahoiy demografiyasining xilma-xilligini keltirib chiqarib, uni dunyodagi ikkinchi eng keng tarqalgan e'tiqodga aylantirdi [6] va Bahoiy adabiyoti 800 dan ortiq tillarga tarjima qilindi[7].

Xudoning yagonaligi

tahrir

Asosiy maqol: Xudo (Bahoiylik)

Bahoiylarning Xudo haqidagi qarashlari mohiyatan monoteistikdir. Xudo butun mavjudlikning manbai bo'lgan zavol bilmas, yaratilmagan Zotdir.[6] [8] U "shaxsan Xudo, anglab bo'lmas, erishib bo'lmas, barcha Zuhurlarning manbai, abadiy, hamma narsani biluvchi, hamma joyda mavjud va hammadan qudratli" deya ta'riflangan.[9] [10] Garchi transsendent va bevosita erishib bo'lmaydigan bo'lsa-da, uning siyrati uning yaralmishida aks etadi. Yaratilmishning yaratilishdan maqsadi, o‘z yaratuvchisini anglash va sevish qobiliyatiga ega bo‘lishdir[11].

Bahoiy e'tiqodida, garchi Xudo va Uning tabiati haqidagi tushunchalar insonlarning madaniyati va dinlaridan kelib chiqqan holda farq qilsa-da, garchi Xudoga nisbatan murojaat turlicha bo'lsada, ular bari bir Zotga tegishlidir. Bu farqlarga bir-birini istisno qiladigan madaniy tuzilmalarning murosasizligi sifatida emas, balki ilohiy xabar nozil qilingan jamiyatlarning turli ehtiyojlarini maqsadli ravishda qondirishni aks ettiradi, deb qaraladi[12].

Bahoiy ta'limotida aytilishicha, odamlar Xudo to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'lishi uchun, U haddan tashqari buyukdir. Bahoiylik tushunchasiga binoan, Xudoni Qudratli va Mehribon deb atab, unga bu sifatlarni berish, insonning kuch va sevgi haqidagi cheklangan tajribasidan kelib chiqadi. Bahoulloh, Xudo haqidagi bilim biz uchun faqatgina o'zimizga ma'lum bo'lgan sifat va xislatlar bilan chegaralanishini va shu sabab biz Xudoni to'g'ridan-to'g'ri anglay olmasligimizni o'rgatadi. Bundan tashqari, Bahoulloh Ollohning sifatlari haqidagi bilim insoniyatga Uning elchilari orqali nozil bo'lishini aytadi[13][14].

Bizning narsalar, hatto yaratilgan va cheklangan narsalar haqidagi bilimimiz ularning mohiyatini emas, balki sifatlarini bilish ekan, o'z mohiyatida cheksiz bo'lgan Ilohiy Reallikni qanday qilib anglashimiz mumkin? . . . Demak, Ollohni bilish Uning haqiqiy voqe'ligini emas, balki sifatlarini anglash va bilishdir. Bu sifatlarni bilish ham insonning qobiliyati va qudratiga mutanosibdir; bu mutlaq emas[15][16].

Bahoiy bitiklari shaxsiyatli Xudo, ya'ni Xudoning shaxsiyatli (jumladan, idrok va sevgi qobiliyatiga ega) Zot ekanligini o'rgatsa-da , bu Uning insoniy yoki jismoniy shaklda ekanligini anglatmaydi, deya aniq ta'kidlaydi[9]. Bahoiy ta'limotida aytilishicha, ibodat, meditatsiya, muqaddas bitiklarni o'rganish va xizmat qilish orqali Xudoga yaqinlashish mumkin[6].

Insoniyatning yagonaligi

tahrir
 
Bahoiy yozuvlaridan iqtibos

Asosiy maqol: Bahoiylik va insoniyatning yagonaligi

Bahoiy bitiklarida insoniyatning yagonaligi va barcha odamlarning Xudo oldida teng ekanligi ta'kidlanadi. Bahoiy dini irq, millat, jins, tabaqa va ijtimoiy sinfning barcha bo'linmalaridan ustun turadigan insoniyat birligini ta'kidlaydi va uning xilma-xilligini nishonlaydi.[5] Abdul-Bahoning ta'kidlashicha, insoniyatning birlashishi, hozirgi "dunyoda diniy va siyosiy sharoitidagi eng dolzarb masala va savoldir".[6] Bahoiy bitiklari insoniyatning biologik, siyosiy va ruhiy birligini tasdiqlaydi. Bahoulloh shunday yozadi:

Sizlar bir daraxtning mevalari-yu, bir novdaning yaproqlarisiz. Bir-biringizga mutlaq mehr-muhabbat va hamjihatlik, do'stu-birodarlik ruhida munosabatda bo'ling.[17] [18]

Bahoiy bitiklariga binoan, biologik birlikka kelganda, turli irq, millat va etnik guruhlar o'rtasidagi farqlar yoki yuzaki qarash (teri rangiga qarab), yoxud insonlarning farqli kelib chiqishi, olgan ta'lim-tarbiyasining natijasidir. [19] Bahoiy ta'limotining asosiy tamoyili xurofotning barcha shakllarini yo'q qilishdir, bu nafaqat irqiy xurofotni, balki gender diskriminatziyasi kabi boshqa noto'g'ri qarashlarga ham barham berishni nazarda tutadi. [20]

Bahoiy ta'limotida aytilishicha, etnik va madaniy xilma-xillik mavjud bo'lsa-da, insoniyatning birinchi sodiqligi irq, millat yoki etnik guruh kabi har qanday yordamchi guruh emas, balki inson nasliga nisbatan bo'lishi kerak. Shunda, nafaqat urushlar, balki guruhlararo raqobat ham tugaydi.

Bahoiy bitiklari dunyo va uning xalqlarining birligi haqida gapirsa-da, birlik bir xillikka tenglashtirilmaydi, aksincha, Bahoiy bitiklari madaniy, milliy va individual xilma-xillikning qadr-qimmatini “ Xilma-xillikdagi birlik ” tamoyili orqali tasdiqlab, ionsoniyatning birligini tan olgan holda, madaniy xilma-xillikni olqishlash kerak deydi. [5] Xilma-xillikdagi birlik Bahoiy bitiklarida odatda, bir bog'dagi gullarga qiyos orqali tasvirlangan, bu yerda gullarning turli xil ranglari bog'ning go'zalligiga joziba qo'shadi. [21]

U [E'tiqod] dunyo xalqlari va millatlarini bir-biridan ajratib turuvchi etnik kelib chiqishi, iqlimi, tarixi, tili va an'analari, tafakkuri va odatlarining xilma-xilligini e'tibordan chetda qoldirmaydi va ularni bostirishga urinmaydi. . . Uning negizi - xilma-xillikdagi birlikdir. . . [22] [23]

Dinning yagonaligi

tahrir

Asosiy maqol: Bahoiylik va dinning yagonaligi

Bahoiy ta'limotida aytilishicha, insoniyatning yetukligi va uning tushunish qobiliyati o'sib borishiga qarab, Xudoning payg'ambarlari/elchilari orqali insoniyatga bosqichma-bosqich nozil bo'lib boradigan yagona din mavjud. [5] [6] Bahoiy bitiklarida aytilishicha, dinlardagi tashqi tafovutlar din nozil bo'lgan vaqt va joyning zarurati bilan bog'liq. [6] Bahoulloh ta'kid etadiki, U Iso, Budda, Muhammad kabi ilohiy murabbiylar qatorida eng so'nggisi bo'lib, valekin oxirgisi emasdir. [5] [6]

Bahoiy bitiklarida aytilishicha, elchilarning mohiyati ikki xil: ular bir vaqtning o'zida insoniy va ilohiydir. Ularning ilohiyligi shundaki, ularning barchasi yagona xudodan kelgan bo'lib, uning ta'limotini yetkazadilar va binobarin, ularni mana shunday nur ostida ko'rish kerak, lekin ayni paytda, ular turli nomlar bilan tanilib, o'zlariga ishonib topshirilgan aniq vazifalarni bajargan va maxsus Zuhur ila taqdirlangan alohida shaxslardir.[6] Bahoulloh koʻp oʻrinlarda Ollohning biron-bir paygʻambarini inkor etish ularning hammasini va Ollohning oʻzini inkor qilish bilan barobar ekanligini taʼkidlagan. Bahoiylar “Xudoning Mazharlari” deb ataydigan bu murabbiylarning oʻzaro munosabatlari haqida Bahoulloh shunday yozadi:

Olloh buyuradiki, ushbu muqaddas Zotlarni bilish Uning O'z Zotini bilish bilan teng. Kimki Ularni e'tirof etsa, Ollohni e'tirof etdi demak. Kimki ularning da'vatiga quloq solsa, Ollohning Ovoziga quloq solgan bo'ladi va kimki ular Zuhurining haqiqatiga guvohlik bergan bo'lsa, Ollohning O'zining haqiqatiga guvohlik bergan bo'ladi. Kimki ulardan yuz o'girsa, Ollohdan yuz o'girganlardan va kimki ularga kufr keltirsa, Allohga kofir bo'lganlardandir... . Ular Ollohning insonlar orasidagi Zuhurlari, Uning Haqlqatining dalillari va Uning sharafining nishonalaridir. [24] [25]

Progressiv zuhur

tahrir

Asosiy maqol: Progressiv zuhur

Bahoiylar ishonadilarki, Xudo O'z irodasini insoniyatga umuman olganda, muntazam va davriy ravishda Xudoning Mazharlari deyilmish elchilar/payg'ambarlar orqali ochib beradi. Har bir elchi o'z navbatida, ahd bog'lab, dinga asos soladi. Ushbu zuhurning nozil bo'lish jarayoni ham, Bahoiy bitiklariga ko'ra,[26] hech qachon to'xtamaydi, bu o'z payg'ambari/elchisining yakuniyligiga ishonadigan boshqa ko'plab e'tiqod tizimlaridan farq qiladi. Olloh Mazharlari tomonidan asos solingan ketma-ket va uzluksiz dinlarning umumiy mavzusi shundaki, evolyutsiya tendentsiyasi mavjud bo'lib, Xudoning har bir Mazhari insoniyatga avvalgisidan ko'ra ko'proq miqyosdagi Zuhurni (yoki dinni) olib keladi.[27] Ollohning Mazharlari keltirgan Zuhurdagi tafovutlar, Mazharning xususiyatlariga xos bo'lmay, balki turli dunyoviy, ijtimoiy va insoniy omillarga bog‘liq deb hisoblanadi;[27] bu tafovutlar zamonaning “zayli” va turli “talab-ehtiyojlari”dan, hamda insoniyatning “ma’naviy salohiyati”ga mutanosib ravishda kelib chiqadi.[27] Bu tafovutlar zarur deb qaraladi, chunki insoniy jamiyat asta-sekin va bosqichma-bosqich ravishda, oiladan qabilaga, keyin esa, xalqqa aylanib, birlashishishning yuqori bosqichlarini bosib o'tib kelgan.[27]

Demak, diniy haqiqat mutlaq emas, balki qabul qiluvchilarga nisbatan nisbiydir; Payg'ambarlar har bir elchi tomonidan yangilanadigan abadiy axloqiy va ma'naviy haqiqatlarni e'lon qilish bilan birga, elchi paydo bo'lgan paytdagi insoniyatning o'ziga xos ma'naviy va moddiy evolyutsiyasini aks ettirish uchun o'z xabarlarini o'zgartirdilar.[26] Bahoiy nuqtai nazariga ko'ra, insoniyatning ma'naviy qobiliyati va qabul qilish qobiliyati vaqt o'tishi bilan ortib borgani sababli, bu ruhiy haqiqatlarni tushuntirish darajasi o'zgaradi.[27]

Baho'ullohning ta'kidlashicha, elchilarning birin-ketin paydo bo'lishi avvalgi elchining ta'limotlarini e'tiborsiz qoldirgan dunyoga yangi hayot olib keladigan har yili bahor kelishiga o'xshaydi.[26] Shuningdek, u dunyoni inson tanasi sifatida, vahiyni esa “adolat va hikmat” libosi sifatida o‘xshatishni qo‘llagan.

Bahoulloh “Kitobi-Iqon” da Xudo tomonidan “Xudoning Shahri” taxminan har ming yilda yangilashini eslatib oʻtgan va Bahoʼulloh xabarining 1000 yilligi ichida Xudoning yangi Mazhari paydo boʻlmasligini alohida taʼkidlab o'tgan.[28]

Din maktab sifatida

tahrir

Dinning eng qadimgi shakllari, ko'pgina Bahoiy bitiklarida boshlang'ich maktabga o'xshatiladi.[29] Shu nuqtai nazardan, insoniyat, xuddi bola kabi, yillar o'tib, maktabni tugatib, murakkab g'oyalarni idrok etish qobiliyatiga ega bo'ladi. Har safar ilohiy elchi paydo bo'lganida, xabar insoniyatning kamolot darajasiga mos keladigan darajada berilgan.[29] Bu nuqtai nazarga ko'ra, har bir dinda haqiqat ta'limotni oluvchilarning ehtiyojlariga qarab turlicha tushuntirilgan bo'lishi mumkin.

Asosiy maqol: Bahoullohning Ahdi

Bahoiy dinidagi ahd Xudo va inson o'rtasidagi ikkita alohida majburiy shartnomani anglatadi.[30] Xudodan kelgan har bir elchi va uning izdoshlari o'rtasida keyingi davr haqida tuzilgan Katta Ahd va Payg'ambar vafot etganidan keyin dinda hokimiyatning vorisligi bilan bog'liq bo'lgan Kichik Ahd o'rtasida farq bor.[30]

Katta ahd Xudodan kelgan har bir elchi o'rtasida tuzilgan ahdga ishora qiladi, buni Bahoiy E'tiqodi adabiyotida Xudoning Mazharlari va uning izdoshlari uchun Xudodan keyingi keladigan Mazhar haqidagi ahd deyiladi. [30] Bahoullohning so'zlariga ko'ra, Xudo insoniyatga hidoyat ko'rsatish uchun ketma-ket izchillikda elchilar yuborishini va'da qilgan. [31] Bahoiylik e'tiqodida, bu ahd har bir dinning diniy kitobidagi bashoratlarda ifodalangan ko'rinadi va Ibrohim, Muso, Iso, Muhammad, Bob va Bahoulloh kabi Xudoning har bir Mazhari, o'zidan keyingi Mazharni bashorat qilganlar. Binobarin, har bir dinning izdosi navbatdagi Mazharning da'volarini tadqiq etish majburiyatiga ega. [30]

Kichik ahd - bu, elchini tan olish, uning ta'limotlarini qabul qilish va dindagi hokimiyatning vorisligiga oid qonunlarni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan ahd. [30] Bahoiylik e'tiqodida, Bahoulloh Ahdining aniq-ravon bayon qilinish uslubi, dinning asosiy belgilovchi xususiyati bo'lib, Bahoiy E'tiqodi va uning izdoshlari orasidagi birlikning kuchli himoyachisi sifatida qaraladi. [30]

Ijtimoiy printsiplar

tahrir

Quyidagi tamoyillar, ko'pincha, Bahoiy ta'limotining qisqacha xulosasi sifatida keltiriladi. Ular Abdul-Bahoning 1912-yilda Yevropa va Shimoliy Amerika bo‘ylab safari chog‘ida qilgan nutqlari stenogrammasidan olingan.[2] Ro'yxat vakolatli emas va bunga o'xshash boshqal ro'yxatlar ham uchrab turadi.[32] [33]

Ayollar va erkaklar tengligi

tahrir

Asosiy maqol: Bahoiylik va gender tengligi

Bahoiy dini gender tengligini tasdiqlaydi; ya'ni erkaklar va ayollarning tengligi. Bahoulloh erkaklar va ayollarning ruhiy mavqelarida hech qanday farq yo'qligini ta'kidladi. [34] Abdul-Baho fazilat va aql-zakovat bobida, ham erkaklarning, ham ayollarning salohiyati bir xil deb yozgan va ikki jinsni tsivilizatsiya taraqqiyoti qushning ikki qanoti bilan taqqoslagan, bunda parvoz uchun har bir qanot hissa qo'shadi. [35] Bu ma'noda, jinslar tengligi Bahoiylar tomonidan sayyoramizni birlashtiruvchi va dunyo tartibotini rivojlantiruvchi muhim ma'naviy va axloqiy me'yor sifatida qaraladi va bu tamoyilni shaxs, oila va jamiyatda amalga oshirish muhimligi inobatga olinadi.

Din va fan hamohangligi

tahrir

Asosiy maqol: Bahoiylik va fan

Fan va dinning uyg'unligi Bahoiy ta'limotining asosiy tamoyilidir. [36] Bu tamoyilda haqiqat bir, shuning uchun ham haqiqiy ilm va haqiqiy din uyg‘un bo‘lishi kerakligi, shu bilan ilm va din bir-biriga zid, degan qarashni rad etishi ta’kidlanadi. [37] Abdul-Bahoning taʼkidlashicha, dinsiz ilm materializmga, ilmsiz din esa xurofotga olib boradi; [37] u, shuningdek, din haqiqatlarini tushunish uchun tafakkurning kuchi kerakligini tasdiqladi. [36] Abdul-Baho faqatgina moddiy tushuncha va ishonchlarga asoslangan sivilizatsiyalarni qoralab, uning axloqiy muammolarni keltirib chiqarishini aytadi. [36]

Umumjahon majburiy ta'lim

tahrir

Asosiy maqol: Bahoiylik va ta'lim

Bahoiy dinida ta'lim mavzusiga juda katta e'tibor berilgan. Uning adabiyotida umumiy yoki majburiy ta'lim tamoyili beriladi. [38] Bahoiy taʼlimoti sanʼat, hunar, fan va kasblardan tashqari, axloqiy va maʼnaviy tarbiyani targʻib qilishga qaratilgan. Baho'ulloh har bir shaxsning ma'naviy imkoniyatlariga ma'naviy tarbiyasiz erishib bo'lmaydi, shuning uchun bolalar erta bosqichdanoq ma'naviy/diniy ta'limga ega bo'lishlari kerakligini yozgan. Shuningdek, u insonning mehnati va kasbi ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligida dunyoviy ta’limning muhimligini ta’kidlaydi. Bahoiy ta'limoti ota-onalarning farzandlarining ta'lim olishini ta'minlash majburiyati va qizlarning ta'lim olishiga alohida e'tibor berish kerakligini ta'kidlaydi. [38]

Umumjahon yordamchi til

tahrir

Asosiy maqol: Bahoiylik va yordamchi til

Insoniyat birligiga e'tibor qaratishning bir qismi sifatida [39] Bahoiy ta'limoti butun dunyodagi xalqlar o'rtasidagi aloqani yaxshilashni dunyo birligi va tinchligining muhim qismi deb biladi. [40] Bahoiy ta'limotlari hozirgi ko'p tillarni birlikka to'sqinlik qiladigan asosiy to'siq sifatida ko'radi, chunki juda ko'p tillarning mavjudligi ma'lumotlarning erkin oqimini to'xtatadi va o'rtacha odamning dunyo voqealariga universal nuqtai nazarga ega bo'lishini qiyinlashtiradi. [41]

Bahoulloh umumiy tilning yo'qligi dunyo birligiga asosiy to'siqdir, chunki turli tillardagi xalqlar o'rtasidagi muloqot tilni noto'g'ri tushunish tufayli dunyo tinchligi yo'lidagi sa'y-harakatlarga putur etkazadi; u insoniyatni maktablarda o‘z ona tilidan tashqari, odamlar bir-birini tushunishi uchun o‘qitiladigan yordamchi tilni tanlashga chaqirdi. [42] Uning ta'kidlashicha, yordamchi til qabul qilinmaguncha, dunyoning turli qismlari o'rtasidagi to'liq birlik amalga oshmay qolaveradi. [43]

Vaholanki, Bahoullohning ta'kidlashicha, yordamchi til mavjud tabiiy tillarni bostirmasligi kerak va tillarga nisbatan ham xilma-xillikdagi birlik tushunchasini qoʻllash zarur. [41] Bahoiy ta'limotida madaniy xilma-xillik birdamlikka mos kelishi va insoniyatning hozirgi tarixiy paytida, birdamlik haqidagi Bahoiy ta'limoti madaniy xilma-xillikni qamrashni talab qilinadi deya ta'kidlaydi, zero insoniyat butun dunyodagi turli madaniyatlarga boydir. [39] Shuningdek, Bahoiy taʼlimotida, xalqaro yordamchi tilga ega boʻlishlik, koʻpchilikka oid til guruhlarining tabiiy ravishda boshqa tillar ustidagi bosimiga barham beradi va shu tariqa, ozchilikka tegishli tillarini saqlab qoladi deb hisoblaydi, zotan har bir kishi oʻz ona tilini va shu tariqa ozchilik bo'lgan madaniyatlarni saqlab qoladi. [41]

Boylik va qashshoqlikning haddan tashqari ko'payishiga barham berish

tahrir

Bahoiy dinining ta'limotida, haddan tashqari oshib ketgan boylik va qashshoqlikka barham berish zarurligi ta'kidlanadi. [44] ʻAbdu'l-Bahoning ta'kidlashicha, muruvvatly jamiyatda haddan tashqari boylik va qasshoqlik, ya'ni bularning har ikkisiga ham izn berilmasligi kerak, chunki qashshoqlik odamlarni ruhiy tushkunlikka soladi, haddan ko'p boylik esa, odamlarga ortiqcha yukdir. [45] Baho'ulloh boylar kambag'allarga g'amxo'rlik qilishlari kerakligini yozgan, chunki kambag'allar ilohiy omonatdir. [44] Bahoiy ta'limotida haddan oshgan boylik va qashshoqlikni hal qilishning ko'plab usullari, jumladan Huququlloh kabi institutsional vositalar taklif etiladi, shuningdek o'zaro g'amxo'rlik hissini yaratish kerakligi ta'kidlanadi. [45]

Bahoiy ta'limotlari haddan tashqari boylik va qashshoqlikni barham qilishda yordam bersa-da, ular kommunizmni targ'ib qilmaydi, aksincha, shaxsiy mulkni qonuniylashtiradi. [45] ʻAbdu'l-Baho yana shuni ta'kidlaydiki, boylik o'z-o'zidan yomon emas va uni yaxshilikka ishlatish mumkin. [44]

Haqiqatni mustaqil tadqiq qilish

tahrir

Bahoulloh har bir inson haqiqatni o'zi uchun mustaqil izlashi, boshqalarning aqidalariga ko'r-ko'rona ergashmasligi yoki bilim manbai sifatida xurofot va an'analarga tayanmasligi kerakligini o'rgatgan. Bu tamoyil asosiy majburiyatdir. [46] Bahoiy bitiklarida aytilishicha, haqiqatni chinakam tadqiq qilish uchun biz o'z noto'g'ri qarashlarimizdan voz kechishimiz kerak va voqe'likning neqizi bo'lmish Haqiqatning mohiyati yagona bo'lganligi sabab, mustaqil tadqiqot ham insoniyatning birligi sari kuchli bir qadam bo'ladi. [47]

Haqiqatni mustaqil tadqiq qilishda aqldan foydalanishning to'g'ri yoki noto'g'ri vosita ekanligi haqida Bahoiy olimi, Ian Kluge, din " ratsionalizmning mo'tadil" shaklini belgilaydi deya munozara yuritadi. U oʻzining Bahoiy taʼlimotlari haqidagi talqinini taʼriflab, “Aql bizga baʼzi narsalarni aytib berishi mumkin, boshqa bir narsalarni esa aytib berolmaydi, u maʼlum darajada bilim berish qobiliyatiga ega, lekin uning ham chegaralari bor” deb yozadi. U buni "aql zarur, ammo yetarli emas" iborasi bilan umumlashtiradi. Abdu'l Bahoning yozishicha, aql va zakovat kuchlari fakat "Muqaddas Ruhning nuri" bilan birlashganda "haqiqiy xulosalar va mukammal bilim shaklida mustahkamlanadi". [48]

Bahoiylar har kuni Bahoiy bitiklari [49] ustida mushohada va mulohaza yuritishga rag'batlantiriladiki, buni haqiqatni izlashning "abadiy yoki tugamas jarayoni" deb ataydilar.[50] Shog‘iy Effendining ta'kidlashicha, Bahoulloh “bizdan Unga ko‘r-ko‘rona ergashishimizni so‘ramaydi” va bahoiylarni “Uning so‘zlarini o‘qish, ta’limotlarini ko‘zda tutish va ularning qiymatini zamonaviy muammolar nuqtai nazardan o‘lchashga” undaydi. [51] Abdul-Baho yana shunday ta'kidlaydi: "Xudo bizni jamiyki narsalarning mohiyatiga singish, haqiqatni topishimiz uchun aql-idrok bilan siylagan". [52]

Volfgang Klebel Bahoiy taʼlimotini talqin qilishda aql va yurak uygʻunligini taʼkidlab, “Bizga har ikkisi ham kerak, sof yurak va tiniq aql” va agar yurak pok boʻlmasa, u “mantiqiy idrokni ifloslantirishi va hattoki uni buzishi mumkin”, deb yozadi." [53] Bahoiy bitiklarining yuragi bo'lmish, mustaqil tadqiq etishiga oid bitiklarda, qalbga alohida urgʻu berilgan. Bahoiy bitiklarida haqiqatni izlovchidan "Buni o'z yuragingizda o'ylab ko'ring" deb ahoy-ahyonda so'raladi va Abdu'l Baho shunday yozadi: "Qalblaringiz Haqiqat Quyoshining to'liq ulug'vorligini aks ettira oladigan sayqallangan oynalar kabi tiniq va pok bo'lsin". [48] Yurak ham zohiriy ziddiyatlar barham topadigan maydon sifatida qaraladi. Bob yozadi: “Ushbu ikki haddan oshihshlikdan xoli boʻlgani, yaʼni Oʻrta yoʻl bo'lmish... qalbdan boshqa hech narsa anglay oʻlmaydi. Xudo qalbni O'zining birligi va transsendensiyasini anglash uchun yaratdi va bu faqatgina yurak orqalidirki, amal darajasida Ilohiy Birlikka guvoh bo'lish mumkin. [54] Ba'zilar yurak va aql yoki iymon va aql o'rtasida qarama-qarshilik bor deb taxmin qilsalar-da, bahoiylar buni iymon va aqlning noadekvat tavsifiga asoslangan yolg'on dixotomiyalardan deb hisoblashadi. Jumladan, Bahoulloh “Iymonning asli so‘zning kamligi va amalning ko‘pligidir” [55] deya iymonga qayta ta’rif beradi va Abdu’l Baho yana “ixlos iymonning poydevoridir”, deb sharhlaydi. Ya’ni, dindor shaxs o‘zining shaxsiy xohish-istaklariga e’tibor bermay, jamoa manfaatiga chin dildan xizmat qilish uchun har qanday yo‘l bilan harakat qilishi kerak” [56] . Abdu'l Baho yana shunday yozadi: “Agar din aql va ilmga zid bo'lsa, iymon imkonsizdir; Qalbda ilohiy dinga bo‘lgan e’tiqod va ishonch zohir bo‘lmasa, ruhiy yutuq ham bo‘lmaydi”. [57]

O'n besh yoshga kirganida, Bahoiy oilasida tarbiy topgan bolalar turli ruhiy an'analarni tadqiq etishga kirishadi va ular bahoiy bo'lib qolish yoki qolmaslikni tanlashda erkindirlar. Bahoiylarga Ahdni buzuvchilar bilan muloqot qilish taqiqlangan va ularning adabiyotlarini o'qish tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari, agar biron Bahoiy {Bahoiylikka oid} mustaqil ilmiy ishni nashr etmoqchi bo'lsa, Bahoiy maʼmuriyatiga binoan “ Bahoyi tekshiruvi ” uchun oʻz qo'lyozmasini taqdim etishi talab qilinadi [58], bu nashrdan oldin Bahoiy maʼmurchiligi nuqtai-nazaridan ishning ishonchliligini taʼminlash uchun amalga oshiriladi, qaysikim Xuan Koul tomonidan tanqid qilingan amaliyot. [59]

Ruhiy ta'limotlar

tahrir

Bahoiy bitiklarida shaxslarning rivojlantirishga intilishi kerak bo'lgan ruhiy fazilatlar va qadriyatlar haqida ko'plab havolalar mavjud. Aql va ilm bilan muvozanatlashgan ishonchlilik, [60] rostgo'ylik, [61] sodiqlik, samimiyat, niyat pokligi, xizmat, adolat, me'yor, poklik, oriyat va g'iybatdan saqlanish kabilar yaxshi xulqqa oid unsurlardir. [62] [63]

Bahoiy bitiklarida Xudo yagona, shaxsiyatly, erishib bo'lmaydigan, hamma narsani biluvchi, hamma joyda mavjud, mahv bo'lmas va qudratli Xudo sifatida, koinotdagi butun borliqning yaratuvchisi deb tasvirlanadi. [64] Xudo va koinot abadiy bo'lib, ibtidosi va intihosi yo'q deb hisoblanadi. [65] Bahoiy taʼlimotida aytilishicha, Xudo insonlar uni toʻliq anglashi uchun yoki uning haqida toʻliq va toʻgʻri tasvirini yaratishi uchun juda buyukdir. Demak, insonning Xudoni anglashi Uning zuhur-vahiylari, Mazharlar orqali erishiladi. [66] [67] Bahoiy dinida Xudo ko'pincha unvonlar va sifatlar bilan ataladi (masalan, Qudratli yoki hamma narsani sevuvchi) va monoteizmga jiddiy urg'u beriladi. Bahoiy ta'limotida aytilishicha, Xudoga nisbatan qo'llaniladigan sifatlar xudojo'ylikni insoniy atamalarga tarjima qilish va shuningdek, odamlarga Xudoga topinishda o'z fazilatlariga diqqatni jamlashga yordam berish uchun o'zlarining ruhiy yo'llarida o'z imkoniyatlarini rivojlantirish uchun ishlatiladi. [66] [67] Bahoiy ta'limotiga ko'ra, insonning maqsadi ibodat, fikr yuritish va insoniyatga xizmat qilish kabi usullar orqali Xudoni bilish va sevishni o'rganishdir. [66]

Bahoiy bitiklarida aytilishicha, odamlarda "oqilona ruh" bor va bu hol, inson turiga Xudoning mavqeini va insoniyatning yaratuvchisi bilan munosabatlarini tan olishdek noyob qobiliyatni ato etadi. Har bir insonga Xudoni Elchilari orqali tanib, ularning ta'limotiga rioya qilish burchiga ega deb qaraladi. [68] Tan olish va itoatkorlik, insoniyatga xizmat qilish va muntazam ibodat va ruhiy amaliyot orqali Bahoiy bitiklariga binoan, ruh Xudoga yaqinroq bo'ladi va bu, Bahoiylik e'tiqodidagi ruhiy idealdir. Inson vafot etgandan so'ng, ruh keyingi dunyoga o'tadi, u yerda uning jismoniy dunyodagi ruhiy rivojlanishi ruhiy dunyoda yuksalishi va hukm surishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Bahoiylar reinkarnatsyga emas, balki ruhning abadiy hayotiga ishonishadi. Jannat va do'zax, o'limdan keyin erishiladigan mukofot va jazoning jismoniy joydan iborat emasligi, balki bu dunyo va keyingi dunyodagi munosabatlarni tasvirlaydigan Xudoga yaqinlik yoki uzoqlikdan iborat ruhiy holat ekanligini o'rgatiladi. [69]

Taassisot

tahrir

Asosiy maqol: Bahoiy ma'muriyati

"Bahoiy ma'muriyati" yoki "Bahoiy ma'muriy tartibi" - bu dinning ma'muriy tizimi bo'lib, uning markaziy arboblari, xususan, Bahoullah va Abdul-Baho tomonidan yozilgan din ta'limotiga bevosita tayanadi. [70] U saylangan va tayinlangan ikki qismdan iborat. Bahoiy dinining oliy boshqaruv muassasasi Isroilning Hayfa shahrida joylashgan Umumjahon Adolat Uyidir.

Bahoiy maʼmuriyatining bitiklardan iborat toʻrt yozma nizom hujjati mavjud [71]

  • Kitobi-Aqdas
  • Ilohiy rejaning lavhlari
  • Karmal lavhi
  • Abdul-Bahoning vasiyatnomasi

Konsultatsiya kelishmovchiliklarni hal qilish jarayoni sifatida

tahrir

Bahoiy tashkiloti funktsiyasining kaliti maslahatlashuv tamoyilidir. Bu Bahoiy bitiklarida tasvirlangan va Bahoiy maʼmuriyatining barcha darajalarida qoʻllaniladigan qarama-qarshiliksiz muhokama qilish va qaror qabul qilish usuliga ishora qiladi. Maslahatlashuv ko'pchilik nuqtai nazarini qabul qiladigan qaror qabul qilish jarayonidan tashqariga, universal ishtirok va intizomli hamkorlik orqali haqiqatni kashf etishga qaratilgan jarayonga o'tishga intiladi.

Shuningdek qarang

tahrir

Iqtiboslar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Cole, Juan (30 December 2012) [15 December 1988]. "BAHAISM i. The Faith". Encyclopædia Iranica. III/4. New York: Columbia University. 438–446 b. Archived from the original on 23 January 2013. https://web.archive.org/web/20130123112620/https://iranicaonline.org/articles/bahaism-i. Qaraldi: 5 January 2021. 
  2. 2,0 2,1 2,2 Smith 2008, ss. 52–53
  3. Smith 2008, ss. 166
  4. Effendi 1944, s. 281
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 Hutter 2005, ss. 737–740
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 6,6 6,7 Britannica 1988
  7. The National Spiritual Assembly of the Baha'is of the United States. „Baháʼí scripture“. bahai.us (2006). 2006-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 3-avgust.
  8. Hatcher & Martin 1985, s. 74
  9. 9,0 9,1 Smith 2008, s. 106
  10. Effendi 1944, s. 139
  11. Smith 2008, s. 111
  12. Britannica 2005, s. 797
  13. Adamson 2007, ss. 186–188
  14. Smith 2008, ss. 107–108
  15. Hatcher 1980, s. 32
  16. ʻAbdu'l-Bahá 2014, ss. 220–21
  17. Hatcher & Martin 1985, s. 78
  18. Baháʼu'lláh 1976, s. 288
  19. Hatcher & Martin 1998, ss. 75–76
  20. Danesh & Fazel 2004, s. 35
  21. Hatcher & Martin 1998, s. 79
  22. Lepard 2003, s. 50
  23. Effendi 1938, s. 41
  24. Baháʼu'lláh 1976, s. 346
  25. Momen 2012, s. 117
  26. 26,0 26,1 26,2 Smith 2000, ss. 276–277
  27. 27,0 27,1 27,2 27,3 27,4 Lundberg 1996
  28. McMullen 2000, s. 7
  29. 29,0 29,1 Fisher 1996, ss. 417–418
  30. 30,0 30,1 30,2 30,3 30,4 30,5 Smith 2000, ss. 267–268
  31. Hatcher & Martin 1998, ss. 127–130
  32. "Bahais". Encyclopaedia of Islam Online. Archived from the original on 7 May 2007. https://web.archive.org/web/20070507043610/http://www.brillonline.nl/public/demo#islam. Qaraldi: 2007-05-03. 
  33. Cole 1989
  34. Smith 2008, s. 143
  35. Smith 2008, s. 144
  36. 36,0 36,1 36,2 Smith 2000, ss. 306–307
  37. 37,0 37,1 Smith 2000, ss. 290–91
  38. 38,0 38,1 Smith 2000, ss. 130–31
  39. 39,0 39,1 Meyjes 2006, s. 27
  40. Smith 2008, s. 139
  41. 41,0 41,1 41,2 Hatcher & Martin 1998, ss. 96–97
  42. Stockman 2000, s. 9
  43. Esslemont 1980, s. 164
  44. 44,0 44,1 44,2 Smith 2000, ss. 128–29
  45. 45,0 45,1 45,2 Smith 2008, ss. 142–43
  46. Gandhimohan 2000
  47. Smith 2000, s. 195
  48. 48,0 48,1 Kluge 2013.
  49. Schaefer, Udo (1992). "Challenges to Bahá'í Studies". Baháʼí Studies Review 2:!. 
  50. Lambden, Stephen (1982). "Dr. MacEoin's "Problems of Scholarship...": Some Thoughts". Bahá'í Studies Bulletin 1 (3): 69–80. https://bahai-library.com/lambden_thoughts_problems_scholarship. 
  51. Effendi. „Compilation on Scholarship“.
  52. Chamberlain, Isabel Fraser. Abdul Baha on Divine Philosophy. Tudor Press, 1918. 
  53. Klebel 2016.
  54. Saiedi, Nader. Gate of the Heart: Understanding the Writings of the Báb. Canada: Wilfrid Laurier University Press, 2008. ISBN 978-1-55458-056-9.  Page 212
  55. Schaefer, Udo. "Some Aspects of Bahá'í Ethics". The 20th Hasan M. Balyuzi Memorial Lecture: 4. 
  56. Baha, Abdu'l. The Secret of Divine Civilization. US Bahá’í Publishing Trust — 96-bet. 
  57. Kluge, Ian. "Postmodernism and the Bahá'í Writings". Lights of Irfan: 118. 
  58. Moojan Momen (2007). "Marginality and Apostasy in the Bahá'í Community". Religion 37 (3): 187–209. doi:10.1016/j.religion.2007.06.008. ISSN 0048-721X. OCLC 4926459513. http://bahai-library.com/momen_marginality_apostasy. Qaraldi: April 1, 2021. Bahoiy taʼlimotlari]]
  59. Juan R. I. Cole (May 1999). "The Baha'i Faith in America as Panopticon, 1963-1997". The Journal for the Scientific Study of Religion 37 (2): 234–248. ISSN 0021-8294. OCLC 7789869572. http://www-personal.umich.edu/~jrcole/bahai/1999/jssr/bhjssr.htm. Qaraldi: April 1, 2021. Bahoiy taʼlimotlari]]
  60. Smith 2000, s. 342
  61. Smith 2000, ss. 342–343
  62. Smith 2000, ss. 327–328
  63. Smith 2000, ss. 326–327
  64. Smith 2008, s. 106
  65. Britannica 1992
  66. 66,0 66,1 66,2 Hatcher 2005, ss. 1–38
  67. 67,0 67,1 Cole 1982, ss. 1–38
  68. McMullen 2000, ss. 57–58
  69. Masumian 1995
  70. Smith 2000, ss. 24–29
  71. [1]