Baland daroza- Agra yaqinidagi Fotihpursikri shaharchasidagi saroy masjidining darvozasi. Akbarshoh davri (1556 – 1605) meʼmorligining mahobatli yodgorliklaridan biri. Baland darvoza Gujarot viloyatining olinishi sharafiga, eski darvoza oʻrniga qizil toshdan qurilgan (1602), zinalari oq marmardan. Darvozaxonaning kengligi 43 m, balandligi 46 m, gumbazli yoʻlak balandligi 41 m. Arabiy xatlar bilan bezatilgan baland peshtoqning yon devorlari qirrali. Peshtoq ustidagi nafis gumbazchalar tizmasi Baland darvoza ni dabdabali va ulugʻvor qilib koʻrsatadi. Devorlardagi arab yozuvlari, oʻyma naqshlar, ravoq va ravoqchalar, nozik guldastalar Baland darvoza ni Sharq meʼmorligining ajoyib yodgorliklaridan biriga aylantirgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil