Bandi kushod masjidi
Bandi kushod masjidi — Qashqadaryo viloyati Koson tumanida joylashgan meʼmoriy yodgorlik (taxminan XVI-XVII asr).
Masjid | |
Bandi Kushod masjidi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Qashqadaryo |
Mahalla | Sherbek MFY |
Mulkdor | Davlat mulki |
Tuzilishi
tahrirMasjid paxsadan qurilgan, toʻgʻri toʻrtburchak tarhli boʻlib, umumiy maydoni 15,1 x 12,4 m ni tashkil qiladi. Inshoot tomi 6 gumbazdan iborat, ularning diametri 2,5 — 2,9 metrga teng. Sharqiy tomonga qaragan bosh qismi oddiy, ayvonli tarzda bunyod etilgan.
Masjidda maydoni 15 x 9 metrga teng boʻlgan ikki ustunli, bezaksiz xonaqoh bor. Bu yerning markazida oq marmardan qilingan ramziy qabr joylashtirilgan. Shuningdek, ziyoratchilar oʻtirib Qur’on tilovat qilishi uchun oʻrindiq ham oʻrnatilgan. Xonaqohning ikki yon tomonida biri kattaroq, ikkinchisi nisbatan kichik boʻlgan deraza uchun ochiq oʻyiq deraza mavjud. Devori ichkari va tashqaridan somonli loy bilan suvalgan.
Tarixi
tahrirMasjid oʻrta asrlardagi qishloq madaniyatiga xos bino namunasi sifatida muhim ahamiyatga ega. Bir necha marotaba taʼmir qilingan, dastlabki bezaklari saqlab qolinmagan[1].
Oʻxshash nomlar
tahrirOʻzbekistonda Kushod nomli bir nechta masjidlar mavjud. Shundaylardan biri Buxoro viloyati Peshkoʻ tumanidada joylashgan Xoʻjam Bandi Kushod (Said po Bandi Kusho) jom’e masjid hisoblanadi[2]. Mazkur inshoort ham davlat muhofazasiga olingan. Yana biri Fargʻona viloyati Buvayda tumanidagi Kushod masjididir.
Muhofazaga olinishi
tahrir2019-yil 4-oktyabrdagi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Bandi kushod masjidi Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asnosida davlat mulkiga aaylantirilgan va davlat muhofazasiga olingan[3]. Shundan soʻng masjid hududi taʼmirlanib, yon-atrofidagi hududga daraxtlar va koʻp yillik oʻsimliklar ekilgan. Ziyoratchilar uchun maxsus oʻrindiqlar oʻrnatilgan.
Adabiyotlar
tahrir- „Bandi kushod masjidi“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 1-jild (A — Beshbaliq). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000 — 736-bet.
Manbalar
tahrir- ↑ "Bandi kushod masjidi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „O'zbekiston masjidlari“. masjid.uz. Qaraldi: 08-2023.
- ↑ „MODDIY MADANIY MEROSNING KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Qaraldi: 08-2023.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |