Basappa Danappa Jatti (1912-yil 10-sentyabr – 2002-yil 7-iyun)[1] – Hindistonning beshinchi vitse-prezidenti, 1974-yildan 1979-yilga qadar ushbu lavozimda faoliyat olib borgan. 1977-yilning 11-fevralidan 25-iyuligacha Hindiston prezidenti vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan. Jatti, shuningdek, Karnataka bosh vaziri boʻlib faoliyat yuritgan[2]. Deyarli oʻn yillik siyosiy faoliyati davomida munitsipalitet aʼzoligidan Hindistonning ikkinchi eng yuqori idorasiga koʻtarilgan.

B. D. Jatti
Hindiston prezidenti
Mansab davri
11-fevral, 1977 – 25-iyul, 1977
Bosh vazir Indira Gandi
Morarji Desai
Oʻtmishdoshi Faxruddin Ali Ahmad
Vorisi Neelam Sanjiva Reddy
5-Hindiston Vitse-prezidenti
Mansab davri
31-avgust, 1974 – 30-avgust, 1979
Oʻtmishdoshi Gopal Swarup Pathak
Vorisi Mohammad Hidayatullah
Odishaning 9-gubernatori
Mansab davri
8-noyabr, 1972 – 20-avgust, 1974
Oʻtmishdoshi Gatikrishna Mishra
Vorisi Gatikrishna Mishra
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Basappa Danappa Jatti

10-sentyabr 1912-yil
Savalagi, Jamakhandi, Bombay prezidentligi, Britaniya Hindistoni
Karnataka, Hindiston
Vafoti 7-iyun 2002-yil(2002-06-07)
(89 yoshda)
Bangalor, Karnataka, Hindiston
Siyosiy partiyasi Hindiston milliy kongressi
Alma mater Rajaram kolleji
Kasbi siyosatchi

Hayoti

tahrir

Jatti 1912-yil 10-sentyabrda hozirgi Karnataka shtatida joylashgan Bijapur tumani Savalgi kichik shaharchasida kannada tilida soʻzlashuvchi lingayat oilasida tugʻilgan[3]. Otasi Dasappa Jatti, onasi esa Sangamma boʻlgan. Jatti Jamxandi oʻrta maktabda tahsil olgan. Rajaram kollejida sanʼat yoʻnalishida bakalavr, Kolhapurdagi Sykes yuridik kollejida huquqshunoslik darajasini olgan[4]. Jatti Jamxandi shtat qonun chiqaruvchi organida vazir, keyinchalik bosh vazir lavozimlarida faoliyat yuritgan[5][6].

Faoliyat yuritgan davlat idoralari

tahrir
  • 1945–1948-yillar – Jamxandida taʼlim vaziri;
  • 1948-yil – Jamxandi bosh vaziri (devon);
  • 1948–1952 – Mumbay shahridagi BG Kher hukumatida parlament kotibi;
  • 1953–1956 – Mumbaydagi Morarji Desay hukumatida sogʻliqni saqlash va mehnat vaziri oʻrinbosari;
  • 1958–1962 – Maysor shtati bosh vaziri;
  • 1962–1968 – Maysor hukumati Vazirlar mahkamasi vaziri;
  • 1968–1972 – Pondicherry leytenant gubernatori;
  • 1972–1974 – Odisha gubernatori;
  • 1974–1979 – Hindiston vitse-prezidenti;
  • 1977-yilda olti oy davomida prezident vazifasini bajaruvchi boʻlib xizmat qilgan[7].

Shaxsiy hayoti va oilasi

tahrir

Basappa Danappa Jattining nevarasi Dhruv Jatti Hindiston Milliy Kongressi partiyasining vakili va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan notijorat tashkilot hisoblangan Hindiston Talabalar Jamiyatining asoschisi hisoblanadi.

Manbalar

tahrir
  1. „B.D. Jatti | Chief Minister of Karnataka | Personalities“ (en-US). Karnataka.com (2013-yil 8-may). Qaraldi: 2020-yil 10-oktyabr.
  2. Special Correspondent. „B.D. Jatti birth centenary on Monday“. The Hindu (2012-yil 8-sentyabr).
  3. Basava Samiti. „.::basavasamithi.in::.“ (2013-yil 9-may). 2013-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  4. "Shri B.D. Jatti". Orissa Reference Annual 2004: 174. https://magazines.odisha.gov.in/orissaannualreference/ORA-2004/pdf/biodata_governer_orissa.pdf. Qaraldi: 7 May 2022. Basappa Danappa Jatti]]
  5. „About Shri B.D. Jatti“. Basava Samiti (2013-yil 3-iyun). 2013-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-may.
  6. "Shri B.D. Jatti". Orissa Reference Annual 2004: 174. https://magazines.odisha.gov.in/orissaannualreference/ORA-2004/pdf/biodata_governer_orissa.pdf. Qaraldi: 7 May 2022. Basappa Danappa Jatti]]
  7. „Former vice presidents bio-profiles“. Vice President of India. 2009-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan.