Beshorol qoʻriqxonasi

Qirgʻizistonda joylashgan qoʻriqxona

Xato: blok «Qoʻshimcha» andoza Geokarda yoʻq.

Beshorol qoʻriqxonasi
qirgʻizcha: Беш-арал мамлекеттик коругу
MamlakatQirgʻiziston Qirgʻiziston
Maydon1120.18 km²
Tashkil topgan sanasi1979
Beshorol qoʻriqxonasi (Qirgʻiziston)

Beshorol qoʻriqhonasi (qirgʻizcha: Беш-арал мамлекеттик коругу) — Jalolobod viloyatining Chotqol tumanida joylashgan. Ushbu qoʻriqxona Qirgʻiziston Respublikasi Tabiiy resurslar, ekologiya va texnika nazorati vazirligiga qarashli. Qoʻriqxonaning maʼmuriy markazi Yangibozor qishlogʻida joylashgan, tuman markazidan 25 km, viloyat markazidan 340 km, respublika markazidan 940 km olislikda joylashgan. Janub tomondan Piskom togʻ tizmalari orqali oʻtib, sharqdan Oq-Tosh togʻidan boshlab(3461 m.), Qozon-Buloq (3366 m.), Alyam (1995 m.), Komarova (2410 m.) togʻlaridan oʻtadi, Choʻq-Qamish (2680 m.), 1-may (2330 m.) dovonlari orqali Qazanek-Soyning shimoli-sharqidagi togʻ tizmasi boʻylab Chotqol daryosiga tushadi. Gʻarbdan Chotqol daryosi bilan Oʻzbekiston Respublikasining Oq-Buloq daryosining qoʻshilish joyi bilan chegaradosh. Huddi shu yer Imonxan deb atalib, mana shu joyda Besh-Orol davlat qoʻriqxonasi kordoni bor. Janub tomondan Chotqol tizmasining chekkasi bilan Oq-Tosh va Qiziltosh togʻlari orqali Muz-Toʻr dovonigacha boradi. Janubi-gʻarbdan Qora-Soy, Taka-Tosh, Zlay, Shabrez dovonlari orqali Imonxon kordoniga tushadi. Sharqda Chotqol tumani bilan tutashgan. Qoʻriqxona egallagan hudud shimoldan janubga 48 km, sharqdan gʻarbga 75 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi dengiz sathidan 3760 m, eng past nuqtasi 940 metrni tashkil qiladi. Qoʻriqxona 112463,3 ga maydonni egallaydi. Keng-Bulun (34447 ga), Barqirak (30661,7 ga), Arab (21639,3 ga) va Sandalash (25715,3 ga) deb nomlangan toʻrtta qoʻriqxona hududlaridan iborat.


1979-yilda tashkil etilgan. Maydoni 16,7 ming ga. Archazor va yongʻoqzorlar bor. Menzbir sugʻuri, qor qoploni va boshqa, qushlardan sapsan, burgut va boshqa yashaydi.


Tarixi

tahrir

1978-yilda hozirda qoʻriqxona hisoblangan Chotqol vodiysi maydonini oʻlchanib, uning butun tabiati va hayvonlarini oʻrganilgan va bir oy davomida maʼlumotlar toʻplandi. Chotqoldagi oʻsimlik va hayvonot dunyosiga alohida eʼtibor berilib, hujjatlarda suvsarning alohida turi (Menzbir marten) mavjudligi va bu tur Jahon Qizil kitobiga kiritilganligi, oʻsimliklarning noyob turlari, alohida turlari borligini taʼkidlandi. Bu maʼlumotlar asosida Oʻsh oblasti ijroiya qoʻmitasi Besh-Orol davlat qoʻriqxonasini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilib, Qirgʻiziston SSR Vazirlar Sovetiga yubordi[1]. Shuningdek bu qarorda Oʻzbekiston SSR chorvadorlarining Chotqol vodiysida chorva mollarini keng boqishi, yaylovlar, jumladan, qimmatbaho subalp va alp oʻsimliklari, togʻ oʻtloqlari vayron boʻlgani ham sabab qilib koʻrsatilgan. Ularning yoʻq qilinishi vodiyda endemik jonivorlar sonining keskin kamayishiga olib kelishi, ularni muhofaza qilish va ilmiy ishlarni olib borish maqsadi ham qoʻriqxonani tashkil etishga sabab boʻlgani koʻrsatilgan[2].

Qirgʻiziston SSR Vazirlar Kengashining 1979-yil 21-martdagi 140-sonli qaroriga asosan Besh-Orol davlat qoʻriqxonasi 116,7 ming ga maydon bilan tashkil etildi [3].

1994-yilda vodiyda Chotqol oʻrmon xoʻjaligi tashkil etilishi maqsadida Chotqol vodiysining gʻarbiy tomonida 63,2 ming gektar maydoni bilan Besh-Orol davlat qoʻriqxonasi qayta tashkil etildi [4].

2002-yildagi Oʻrmon xoʻjaligi va ovchilik boshqarmasining faoliyati asosida Qirgʻiziston Respublikasi Hukumatining 499-sonli qarori asosida Menzbir suvsarining tarqalish hududi boʻlgan Qirchindi vodiysidan 18,4 ming gektar maydon, bundan tashqari, Chotqol oʻrmon xoʻjaligining 49, 51-kvartallari 486 ga maydoni qoʻriqxonaga oʻtkazildi, natijada qoʻriqxona maydoni 86748 gektarga oʻzgartirilgan.

2006-yilning 24-apreldagi Qirgʻiziston Respublikasi Hukumatining 291-son qaroriga asosan 25270 ga yer maydoniga ega „Sandalash“ uchastkasi Besh-Orol davlat qoʻriqxonasi tarkibiga oʻtkazilib qoʻriqxona maydoni 112 018 gani tashkil qilgan.

2011-yilning 31-martdagi Qirgʻiziston Respublikasi Hukumatining 130-son qarori bilan Sandalash qoʻriqxona boʻlimi toʻgʻrisidagi qarorga oʻzgartirishlar kiritilib, qayta yangi 25715,3 ga maydonda tashkil etilgan. Hozirgi vaqtda qoʻriqxonaning umumiy maydoni 112463,3 gani tashkil qiladi.

Iqlimi

tahrir

Iqlimi kontinental, qishi sovuq, yozi issiq. Iyul oyining oʻrtacha havo harorati +22, +25, yanvarda esa −32, −37 darajaga yetadi. Doimiy oʻrtacha qor qatlami 1,5 m, 1,7 m boʻladi. Shamolning oʻrtacha tezligi sekundiga 3-5 metrni tashkil qiladi.

Flora va faunasi

tahrir

Qoʻriqxona O‘zbekiston Respublikasining Chotqol qo‘riqxonasiga tutash bo‘lishi ushbu hududdagi ekologik vaziyatni yaxshilash, qo‘riqxonani boshqarishda yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. Qoʻriqxona Gʻarbiy Tyan-Shanning qimmatli tarkibiy qismi boʻlib, Markaziy Osiyo ekotizimining oʻzagini tashkil etadi. Bu bioxilma-xillikning yuqori togʻli alp, subalp va o'rta togʻli alp guruhlaridan iborat. Qo'riqxonada Tyan-Shan ekotizimining 12 sinfidan iborat bo'lgan, boshqa hududlarda yo'qolib ketish xavfi ostida turgan va kam uchraydigan noyob turlari mavjud 1000 metrdan 4000 metr balandlikdagi tog'li adirlar, o'tloqlar va archa, yong'oq-mevali o'rmonlar joylashgan.

Besh-Orol qoʻriqxonasida biologik xilma-xillik nisbatan yuqori darajaga ega. Qo'riqxonada 1500 turdagi yuqori tuzilishdagi o'simliklar, 46 turdagi sutemizuvchilar, 150 turdagi qushlarni uchratish mumkin. Bulardan Kaufman va Greig lolalari, Korolkov shalfagi, Nedzvetskiy olmasi, Oʻrta Osiyo, Korjinskiy noki, Pettunikov bodomi oʻsadi. Noyob hayvonlardan Gʻarbiy Tyan-Shanga jaydari boʻlgan Menzbir suvsari, kalta burunli koʻrshapalaklar, oq panjali qoʻngʻir ayiq, suvsar, olakoʻzan, qunduz, leopard, arhar, bugʻu. jayron, Turkiston silovsisi, burgut, jannat qushi, ilon va boshqalar turli xil hayvonlar bor [5] Qo'riqxona faunasi boshqa qo'riqxonalar faunasidan jaydari Menzbir suvsarining mavjudligi bilan farq qiladi. (Qo‘riqxonani tashkil etish sabablaridan biri shu Menzbir suvsari bilan bog‘liq). Menzbir suvsari – Xalqaro Tabiatni muhofaza qilish ittifoqinig, sobiq SSSR va Qirgʻiziston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Yer yuzidagi juda kam uchraydigan va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan, Gʻarbiy Tyan-Shanga uchun jaydari boʻlgan xos jonivor. Shuningdek, qo'riqxonada beda o'ti va ko'plab mahalliy o'simliklar mavjud. Ulardan 17 tasi Qirg‘iziston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Oʻsimliklarning 20% ​​Gʻarbiy Tyan-Shanga, 80% Oʻrta Osiyoga endemik boʻlib hisoblanadi. 160 umurtqali hayvonlarning 20 foizi Oʻrta Osiyoga endemigi, 2 turi qadim zamonlardan buyon mavjud boʻlgan, 3 turi Xalqaro tabiatni muhofaza qilish tashkilotining Qizil kitobiga kiritilgan. G‘arbiy Tyan-Shandagi bioxilma-xillikni muhofaza qilish va asrab-avaylashda qo‘riqxonaning hissasi Markaziy Osiyo mintaqasida ham katta ahamiyatga ega. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha maxsus assotsiatsiyasi sifatida tanilgan UNESCOning jahon merosi ro‘yxatiga ilk bor Qirg‘iziston zaminining tabiiy ob’ektlari kiritilgan[6]. 2016-yilning 17-iyuliga qadar Turkiyaning Istanbul shahrida Jahon merosi bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasining 40-sessiyasi bo‘lib o‘tib, Besh-Orol davlat qo‘riqxonasi tashkilotning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

tahrir