Biljana Dekic
Biljana Dekić (Sobiq Yugoslaviyaning Belgrad shahrida tugʻilgan) — avstraliyalik shaxmatchi. U xalqaro ayol shaxmat ustasi unvoniga ega. U oʻn bitta shaxmat olimpiadasida Avstraliya nufuzini himoya qilgan[2][3].
Biljana Dekic | |
---|---|
Mamlakat | Avstraliya |
Tugʻilishi | Belgrad, Yugoslaviya |
Saravha | Grossmeyster |
FIDE reyting | [1] (fevral 2024) |
Yuqori reytingi | 2160 (1990-yil)[1] |
Reyting | 1949 (aprel 2021-yil) |
Faoliyati
tahrirDekić shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi xalqaro turnirlarda Yugoslaviya sharafini himoya qilgan, shaxmat boʻyicha ayollar terma jamoasi aʼzolaridan biri edi. Erishgan natijalari sababli, Dekić Yugoslaviya milliy shaxmat ustasi unvoniga sazovor boʻlgan.
1988-yilda Dekić eri va 2 farzandi bilan Avstraliyaga koʻchib oʻtadi va oʻsha paytdagi Avstraliyadagi eng kuchli shaxmatchi ayolga aylandi va keyinchalik Avstraliya fuqaroligini ham oldi.
Biljana 1990-yil, 1992-yil, 1994-yil, 1996-yil, 1998-yil, 2000-yil, 2002-yil, 2008-yil, 2010-yil, 2012-yil, 2014-yil va 2016-yillarda jami 12 ta ayollar shaxmat olimpiadalarida Avstraliya sharafini himoya qilgan. Uning eng yaxshi natijalari 1992-yilda Manilada boʻlib oʻtgan, 30-shaxmat Olimpiadasida birinchi taxtada 8/14 ball toʻplagan vaqtida va 2012-yilda Istanbulda oʻtkazilgan 40-shaxmat Olimpiadasida zaxira taxtasida 6/9 ball toʻplaganida boʻlgan edi. Biljana Dekić Avstraliya shaxmat ayollar jamoasida tay-breyk va blits-shaxmatda teng oʻynovchi shaxmatchi boʻlgan[3].
Dekić umumiy hisobda toʻrtta mintaqaviy chempionatda Avstraliya nufuzini himoya qildi[4]. 1990-yilda Dekić Malayziyaning Shah Alam shahrida boʻlib oʻtgan, ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Osiyo chempionatida, boʻlajak ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionati gʻolibi Xie Jun va Zhaoqin Pengdan keyingi uchinchi oʻrinni egalladi. U ushbu natijasidan soʻng, xalqaro ayol shaxmat ustasi unvoniga ham sazovor boʻldi[2]. Dekić 1991-yili Kuala-Lumpurda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan hududlararo Osiyo chempionatida ikkinchi, 1993-yilda Jakartada oʻtkazilgan musobaqada esa beshinchi oʻrinni egallagan. 2011-yilda u Yangi Zelandiyaning Rotorua shahrida boʻlib oʻtgan, Okeaniya ayollar mintaqaviy shaxmat chempionatida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Dekić 2005-yilda Italiyaning Lignano Sabbiadoro shahrida oʻtkazilgan, shaxmat boʻyicha kattalar oʻrtasidagi 15-jahon chempionatida 5/9 ball toʻpladi va musobaqa yakuniy natijalariga koʻra sakkizinchi oʻrinni egalladi[4].
U 2008-yil oktyabr oyida Xitoyning Pekin shahrida boʻlib oʻtgan, 1-Jahon aql sporti oʻyinlarida Avstraliya ayollar shaxmat jamoasi safida dona surgan.
Dekić 2000-yilda Shimoliy Sidney shaxmat klubining Lightning chempionatida gʻolib boʻlgan birinchi ayol boʻldi va oʻz muvaffaqiyatli oʻyinlarini yana bir bor takrorladi. 2005-yilda esa chempionlikni qoʻlga kiritdi.
2002-yildan 2006-yilgacha Dekić butun dunyo boʻylab ayollar shaxmatini targʻib qilish va rivojlantirish bilan shugʻullangan va FIDE Ayollar shaxmati qoʻmitasi vitse-prezidenti boʻlgan.
Shaxsiy hayoti
tahrirDekić Belgrad universitetining elektrotexnika fakultetida elektrotexnika va kompyuter fanlari boʻyicha ikki tomonlama diplom olgan. U oʻz faoliyatini axborot texnologiyalari sohasida boshlagan va Belgraddagi Yugoslaviya qurilish korporatsiyasi „RAD“ning bosh axborot direktori lavozimini egallagan. Dekić davlat va xususiy sektorda qator boshqaruv lavozimlarida ham ishlagan, bank, hukumat, taʼlim, transport, poʻlat sanoati, qurilish va qurilish muhandisligi singari bir qator sohalar shular jumlasidandir.
Manbalar
tahrir- ↑ Biljana N. Dekic FIDE Rating History, www.olimpbase.org
- ↑ 2,0 2,1 Biljana N Dekic FIDE Player Profile, www.fide.com
- ↑ 3,0 3,1 Biljana Novakovic-Dekic Olympiad Results, www.olimpbase.org
- ↑ 4,0 4,1 Big Database 2013, ChessBase GmbH