Boltayutar – yirtqich qushlar turkumining qarchigʻaysimonlar oilasiga mansub qush. Oʻzbekistonda uchraydigan yirtqich qushlarning eng yirigi. Uzunligi 1,1 m gacha, qanoti yoyilganda 2,7 m ga boradi. Boshi va tanasining qorin tomoni oqish yoki sargʻish, orqa tomoni qoramtir. Tumshugi ostida qattiq qilsimon patlardan hosil boʻlgan bir tutam kokili bor. Boltayutar Markaziy Osiyo, Arabiston, Janubiy Yevropa va Afrikaning shimoli sharqida tarqalgan, Oʻzbekistonda togʻlarning qoyali joylarida yashaydi. Nurota togʻlaridek past togʻlarda ham, Pomir va Tyanshan kabi baland togʻlarda ham uchraydi. Uyasini qoyalar orasiga quradi. Dekabryanvarda 1–2 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini erkagi bilan urgʻochisi galma-gal bosadi, lekin urgʻochisi koʻproq oʻtiradi. 55–60 kunda bola ochadi, bolasi 4 oyda uchirma boʻladi. Boltayutar odamga va yirik sut emizuvchilarga hujum qilmaydi. Oʻlimtiklar va suyaklar bilan oziqlanadi. Qanoti katta va keng boʻlib, oʻlimtiklar axtarib uzoqqa uchishga moslashgan. Baʼzan kaklik, quyon, sugʻurlarga hujum qiladi. Kopetdogʻ etagida toshbaqalar bilan oziqlanishi aniqlangan. Boltayutar toshbaqa kosasini kuchli tumshugʻi bilan sindira oladi. Suyaklarni ham hazm qiladi. Tirnoqlari toʻmtoq, barmoklari kaltaligidan tirik hayvonlarni tutib oʻldira olmaydi, lekin oʻljasini panjalari bilan changallab ucha oladi. Boltayutar koʻpchilik mamlakatlar Qizil kitobiga kiritilgan.

Boltayutar
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Urugʻ: Gypaetus
Tur: barbatus
Distribution of Gypaetus barbatus      Resident      Non-breeding      Probably extinct     Extinct      Possibly extant (resident)      Extant & reintroduced (resident)
Distribution of Gypaetus barbatus      Resident      Non-breeding      Probably extinct     Extinct      Possibly extant (resident)      Extant & reintroduced (resident)
Kenja turlari
  • G. b. barbatus – (Linnaeus, 1758)
  • G. b. meridionalis – Keyserling & Blasius, JH, 1840
Sinonimlari
  • Vultur barbatus Linnaeus, 1758

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  1. BirdLife International (2021). "Gypaetus barbatus". IUCN Red List of Threatened Species 2021: e.T22695174A154813652. doi:10.2305/IUCN.UK.2021-3.RLTS.T22695174A154813652.en. https://www.iucnredlist.org/species/22695174/154813652. Qaraldi: 19 November 2021. Boltayutar]]